Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish.
Oila muhitida jismoniy 
tarbiyani tashkil etish ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar tomonidan 
farzandlarda jismoniy madaniyat sifatlarining tarbiyalanishiga e’tibor qaratilishi 
ularning komil inson bo’lib shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 
“Bolalarning sog’lom bo’lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal 
qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari 
bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat 
berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va 
mustahkamlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha 
yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi. 
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga 
tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug’ullanishga 
ko’niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, 
intizomga ham o’rgatib boradi. 
Ovqatlanishning to’g’ri tashkil etilishi ham bolaning sog’lom bo’lib o’sishining 
asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan 
soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo’lni yuvish, ovqatdan keyin og’izni 
chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, 
haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho’milish, qo’l va oyoq 
tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu 
holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi”
82

Bolalarning jismonan etuk bo’lib voyaga etishlarida ota-onalar, yana 
shuningdek, quyidagi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratishlari zarur: 
farzandlarning kun tartibiga ega bo’lishlariga hamda irodalarini chiniqtirishga 
81
Ўша манба. – 302-бет. 
82
Ўша манба. – 301-бет. 


98 
erishish, asab tizimi mustahkam bo’lishi uchun uyquning me’yorida bo’lishi uchun 
sharoit yaratish, ularda doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan muntazam 
shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish, bo’sh vaqtni ko’nglilli o’tkazilishini 
ta’minlash.
Oila tarbiyasining muhim yo’nalishlaridan yana biri – oilada 
jinsiy tarbiya
ni 
to’g’ri, samarali tashkil etish sanaladi. “Jinsiy tarbiya – bolalar, o’smirlar va 
yoshlarda jinsiy masalalariga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga 
qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi”
83
sanaladi. Oilaning jinsiy tarbiyani 
tashkil etishdagi roli mohiyatiga ko’ra kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv 
vazifasini ifodalaydi. Kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv vazifasi yuzasidan 
esa yuqorida batafsil so’z yuritildi. Ayni o’rinda shuni qo’shimcha qilish mumkin, 
jinsiy tarbiya yoki oilaning reproduktiv vazifasi shakllarida ifodalanishdan qat’iy 
nazar ota-onalar o’g’il va qiz bolalarning jinsiy jihatdan rivojlanishiga xos 
xususiyatlar, bosqichlar, shuningdek, tabiiy va g’ayritabiiy (lot. “akseleratsiya” – 
tezlashuv, ya’ni, individning ruhiy va fiziologik jihatdan rivojlanishining sun’iy 
ravishda tezlashishi) jinsiy etilish mohiyati, oilada jinsiy tarbiyani to’g’ri tashkil 
etish yo’llaridan xabardor bo’lishlari zarur.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin