95
6. Farzandlar o’rtasida musobaqa, o’zaro bellashuv, bahs-munozara shaklida
zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyaga oid bilimlarni o’zlashtirishni
rag’batlantirish orqali ularda ilmiy dunyoqarash shakllanishini ta’minlash.
Aqliy tarbiyani oila sharoitida tashkil etishda “dastlabki va muhim vazifa ota-
ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko’ra bilish asosida tasavvur,
idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi
mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo’nalishlar bo’yicha
bolada qiziqishni uyg’ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu
borada ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va
qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko’rsatilayotgan namuna muhim
tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatidan
tarbiyalab borishda konstruktorlik o’yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish,
kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini
kengaytirishga yordam beruvchi sport o’yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish,
turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr,
muzey va ko’rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya
taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o’zining ijobiy
samarasini beradi”
78
.
Dostları ilə paylaş: