96
Mehnat shaxsning jismoniy jihatdan sog’lom, baquvvat, mustahkam xarakter va
qat’iy iroda egasi bo’lishi uchun sharoit yaratish bilan birga unda ma’naviy-
axloqiy, aqliy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Buning mohiyati shundaki, birinchidan,
shaxs o’zi mehnat qilgandagina o’zgalarning mehnatini, ular mehnati hisobidan
yaratilgan ne’matlarni qadrlaydi,
ikkinchidan, mehnat qilar ekan, u qanday yo’l
tutsa, vaqt sarfini qisqartish, ish sifatin oshirishga muvaffaq bo’lishni, mahsulot
tayyorlayotganda
esa uning shakli, rangini o’zgartirishga yangicha yondashishni,
atrofdagilarga chiroyli ko’rinishda taqdim etish haqida fikrlaydi. Fikrlash jarayoni
esa shaxsning “aqlini charxlaydi”, bolalarni “ishni rejali olib borish, vaqtdan
unumli foydalanish, tejamkor bo’lish”
79
ga o’rgatadi.
Ota-onalar mehnatning bola shaxsini shakllantirishdagi
ahamiyatini yuqori
baholash bilan birga oila muhitida ularni mehnatga jalb etishda muayyan shartlarni
ham yodda tutishlari zarur. “Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar
ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo’lmasligi, ularning tezda
toliqishlari yoki mayib bo’lishlariga sabab bo’lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga
ularning yoshi,
rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarning
taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishi va ularning sifatini kattalar
tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega
bo’lgan havasini oshiradi, unda o’z kuchiga bo’lgan ishonchni yuzaga keltiradi”
80
.
Oila muhiti farzandlarni
Dostları ilə paylaş: