Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Salbiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Salbiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati.
Quyida salbiy 
mazmunga ega metodlardan namunalar keltirilib, ularning mohiyati yoritiladi.
 
Bolaning u yoki bu harakatlariga salbiy baho berish, uning salbiy odatlarini bartaraf 
etish hamda zararli xatti-harakatlarining oldini olish maqsadida 
qoralash metodidan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Uning yordamida ijobiy xulq-atvor 
rag’batlantiriladi. Bunda xushmuomala murojaat qilish zarurdir. 
Qoralash metodini uzluksiz ishlatish, ayniqsa, muayyan bolaga nisbatan 
qo’llayvermaslik kerak. Zero, bunday holda bu metod o’zining ta’sirchanligini 
yo’qotishi yoki bolada o’z imkoniyatlariga ishonchsizlikning qaror topishi uchun 
zamin yaratishi mumkin. Pedagogik texnika talablariga muvofiq qoralash metodini 
yumshoqroq ohangda aytilgan ta’na va ginadan g’azab va jahlning paydo 
bo’lishiga qadar oraliqda qo’llash mumkin. 
Ishonchsizlik bildirish 
– bilvosita talab shakli bo’lib, boshqa, ta’sir kuchi 
kamroq metodlarni qo’llash ish bermagan vaziyatlarda qo’llaniladi. Agar ota-
onalar tomonidan bildirilayotgan ishonchiga qisman putur etgan, bola xulqida 
salbiy odatlar namoyon bo’layotgan bo’lsagina ushbu metodni ishga solish 
o’rinlidir. Shu bilan birga ishonchsizlik bildirish bolalar bilan tashkil etilayotgan 
munosabatlar mezoni darajasiga ko’tarilmasligi zarur. Aks holda ularning ota-
onalari bilan bo’lgan munosabatlarida to’g’rilab bo’lmas xatolar yuzaga keladi. 
Xususan, ovqat eyilib fotiha o’qilgach, dasturxon yig’ishtirilmay qoldi. Ertasiga 
onaning bolalar bilan suhbatda jiddiy tarzda: “O’zlaringizdan bilib hech narsa 
qilolmaysizlar. ... Men bo’lsam sizlarga ishonib o’tiribman-a!”, - deyishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Bilvosita talabning bu shakli hamisha bolalarga o’zlarini oqlash, ota-ona ularga 
ishonishi mumkinligini ish bilan isbotlash imkonini berishi lozim. Bordi-yu 
ishonchsizlik 
bildirish 
bolaning 
ijobiy 
harakatlari 
va 
muomalasini 
rag’batlantirmasa, uni tarbiya amaliyotida qo’llamagan ma’qul. 
Qo’rqitish
– tarbiya metodlaridan biri bo’lib, salbiy mazmunga ega. Undan 
foydalanishda bolalarning zarur harakatlarini rag’batlantiruvchi omil ularni 
yoqimli faoliyat turi bilan shug’ullanish, qandaydir huquqlardan mahrum qilish 
haqidagi ogohlantirishdir. Masalan, uyga berilgan topshiriqlarni bir necha marta 
bajarmay borgan bolaga ota: “Agar yana shunday qilsang, endi topshiriqni mening 
nazoratim ostida bajarasan” deydi. 
Qo’rqitish tarbiyaning eng oxirgi usullaridan biri bo’lib, undan keyin jazolash 
qo’llaniladi. Ushbu metoddan samarali foydalanishning muhim qoidasi ota-onalar 
harakatlarining izchilligidir. Agar talab bajarilmay qolsa, amalda qo’rqitishdan 


105 
foydalaniladi. Ishonchsizlik bildirish va qoralash bilan birga qo’rqitish pedagogik 
talabning shunday shakllariga mansubki, ularning kuchi va ta’siri o’zining 
qo’llanish tezligiga teskaridir. 
40 dan ortiq oila, ota-onalarning faoliyatini kuzatish ularning bolalar bilan 
munosabatlarni yo’lga qo’yishda ijobiy yoki salbiy metodlarning turli 
ko’rinishlaridan foydalanishlarini tasdiqladi. Oilalar hayoti, ota-onalarning 
tarbiyachi sifatidagi tajribasi bugungi kunda o’zbek oilalarida quyidagi metodlarga 
ko’proq murojaat etilayotganligini tasdiqladi: 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin