Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
 
 
 
 
OILA TARBIYaSINING ShAKL METOD VA VOSITALARI 
 
1. Oila tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan asosiy metodlar.
2. Ijobiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati.
3. Salbiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati.
4. Talab va uning tarbiyaviy ta’sirchanligi.


101 
Tayanch tushunchalar:
metod, oila tarbiya, oila tarbiyasi metodlari, ijobiy 
xarakteraga ega metodlar, salbiy xarakterga ega metodlar. 
Oila tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan asosiy metodlar.
Oila 
tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan metodlar asrlar davomida shakllanib, 
takomillashib borgan. Ular bevosita ajdodlardan avlodlarga hayotiy faoliyat 
jarayonida vorisiylik tamoyiliga muvofiq uzatilib kelingan. Shu bilan birga ular 
avlodlar tomonidan to’plangan hayotiy tajribalar asosida boyitib borilgan. Oila 
tarbiyasini tashkil etishda samarali bo’lgan metodlar ijtimoiy munosabatlarining 
yo’nalishi, mazmuni va asosiy g’oyasiga muvofiq tanlab olinadi hamda pedagogik 
ta’sir ko’rsatish maqsadida foydalanadi. 
Oila tarbiyasi metodlari
– muayyan jamiyatda ijtimoiy maqsadni amalga 
oshirish jarayonida pedagogik faoliyatning samaradorligini ta’minlash maqsadida 
foydalaniladigan tarbiyaviy ta’sirlar tizimidan iborat. Bu metodlar shaxsiga 
yo’naltirilgan bo’lib, bolalarda ijobiy mazmundagi sifatlarni tarbiyalash, ularni har 
tomonlama, barkamol shaxs bo’lib kamolga etishlarini ta’minlashga xizmat qiladi 
Pedagogika fanida e’tirof etilgan qarashlarga muvofiq tarbiya metodlari o’sib 
kelayotgan avlod tarbiyasini tashkil etish, ularda ma’naviy-axloqiy, aqliy hamda 
irodaviy sifatlarni tarbiyalash maqsadda qo’llaniladi. Milliy xususiyatlarni 
namoyon etuvchi tarbiyaning muhim omillari bo’lgan tarbiya metodlari esa yosh 
avlodni muayyan jamiyatda tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga asoslanib 
tarbiyalashni nazarda tutadi.
Oila tarbiyasini tashkil etish chog’ida qo’llanilayotgan tarbiya metodlari 
o’zlarining yo’nalishi, mazmuni va asosiy g’oyasiga ko’ra rang-barangdir. Oila 
tarbiyasi metodlarini quyidagi tarzda guruhlash mumkin:
1.
Mazmuniga ko’ra. 
2.
Qo’llanilishiga ko’ra. 
3.
Ta’sir darajasiga ko’ra.
O’z navbatida oila tarbiyasida qo’llaniladigan metodlar guruhining har biri ham 
alohida guruhlarga ajratiladi. Ular: 
I. Mazmuniga ko’ra: 1) ijobiy xarakterga ega metodlar; 2) salbiy xarakterga ega 
metodlar. 
II. Qo’llanilishiga ko’ra: 1) faol qo’llaniladigan metodlar; 2) kam 
qo’llaniladigan metodlar. 
III. Ta’sir darajasiga ko’ra: 1) faoliyatdan norozilikni ifoda etuvchi metodlar; 2) 
faoliyatni rag’batlantiruvchi metodlar; 3) faoliyatning ta’qiqlanishiga olib keluvchi 
metodlar (9-rasm): 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin