Оила тарбияси методлари
Қўлланилишига кўра
Ижобий характерага эга методлар
Салбий характерга эга методлар
Мазмунига кўра
Таъсир даражасига кўра
Фаол қўлланиладиган методлар
Кам қўлланиладиган методлар
102
Ijobiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati.
Quyida ijobiy
mazmunga ega metodlardan namunalar keltirilib, ularning mohiyati yoritiladi.
Iltimos
metodi oilada bevosita talabning eng ta’sirchan va tez-tez ishlatiladigan
shakllaridan biri. U ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi samimiy munosabatlarga tayanadi
va ularning hamkorligiga erishish vositasi hisoblanadi.
Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, faoliyatni
tashkil etishda bola mustaqil harakat qiladi. Iltimos shunday ohangda bayon etilishi
kerak-ki, bola so’ralayotgan harakatni majburan emas, balki o’z ixtiyori bilan
bajarishi lozimligini anglasin. Shuni ham qayd etish zarurki, iltimos o’rtoqlarcha
o’zaro yordam ko’rsatishga turtki beradi.
Ishonch bilan talab qilish
– eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U bolaga o’zining
oilada muayyan o’rni borligini anglash hamda oila manfaatlari yo’lida mehnat
qilishi maqsadga muvofiq ekanligini his qilish, ularning ishonchini oqlashga
intilishga yordam beradi. Aksariyat holatlarda ishonch bilan talab qilish bolani
ancha murakkab, mas’uliyatli, ayrim vaziyatlarda faxrli topshiriqni bajarishga
yo’naltiriladi.
Bunda shuni eslatib o’tish kerakki, ishonch talabning faqat xususiy metodgina
emas, balki, eng avvalo, bolalarga bo’lgan munosabat mazmunini anglatuvchi
tamoyildir. Talabning mazkur ko’rinishini amalda qo’llashda me’yorga rioya
qilish, bolaga ishonchni ta’kidlayverish emas, balki u tomonidan topshiriqni ongli
amalga oshirilishi muhim ekanligini yodda tutish kerak.
Ma’qullash
– muayyan sharoitda bolalar faoliyatining kuchli omiliga aylanadi.
Bola tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan faoliyatni ma’qullash kelgusida
103
uning ijtimoiy faolligini oshirish ko’rsatkichlardan biri bo’ladi. Shuningdek,
farzandlar ota-onalarining fikrlarini qadrlasalar, ma’qullash yanada samarali ta’sir
ko’rsatadi.
Ba’zan o’smirlar ma’lum ishni bajarishda harakatlarining ota-onalari tomonidan
ma’qullanishiga nisbatan ehtiyoj sezadilar. Ma’qullash ularda o’z kuchiga ishonch
uyg’otib, bundan keyingi intilishlar manbai bo’lib xizmat qiladi. Ma’qullash bolani
quvontiradi, tabiiyki, u ana shu quvonchni o’z muvaffaqiyatlari bilan qiyoslab
ko’radi. Vaqt o’tishi bilan faoliyatda erishilgan muvaffaqiyatdan qoniqishning o’zi
amaliyotdagi eng kuchli omil bo’lib qoladi.
O’git
bolaga yo’l-yo’riq ko’rsatishdan iborat bo’lib, u yoki bu xatti-harakat,
amaliy vazifani ijobiy hal etish borasida bolaning mustaqil ravishda qaror qabul
qilishi uchun ota-onalar tomonidan ko’rsatilgan amaliy tavsiya sanaladi.
Iltimos singari
maslahat
ham boladan muayyan faoliyat yoki xatti-harakatni
amalga oshirishni majburiy ekanligini anglatmaydi, ushbu vaziyatda bola tanlash
huquqiga ega bo’ladi. Tarbiya jarayonida maslahat metodidan foydalanish bolada
ishga ongli munosabatni shakllantiradi. Bundan tashqari, ota-onalarni do’st sifatida
qabul qilishlariga imkon beradi. Ota-onaning obro’si atroflicha bilimlarga, katta
hayotiy tajribaga, mahoratga asoslanadi. Shu bilan birga maslahat – bu hamma
narsani ipidan ignasigacha tasvirlab beradigan yo’l-yo’riq emas, balki ko’pincha
echimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir.
Maslahat berish yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan vaziyatlarda,
ayniqsa,
ma’lum
qiyinchiliklar
yuzaga
kelganda
ota-onalari
bilan
maslahatlashishga o’rgatadi. Ota-onalar bolalarning bunday xatti-harakatlarini
qadrlar ekanlar, ularda kichik yoshdagi o’rtoqlariga yordam ko’rsatish
ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berishlari lozim.
Sha’ma qilish –
bolalarni muayyan xatti-harakatlarga rag’batlantirishning
yashirin shakli va eng nozik vositalardan biri. Sha’ma ilgari ishlatilgan, yaxshi
tanish bo’lgan, shuningdek, mohiyati ochib berilmaydigan talablarni o’ziga xos
shartli qisqartmalaridir. Tajribali ota-onalar sha’ma qilish
metodini qo’llaganlarida
aksariyat holatlarda ko’z tikib qarash, qoshlarini harakatlantirish, “sirli” savolni
berish bilan kifoyalanadilar. Bu o’rinda “O’tkan kunlar” romanida Yusufbek
Hojining o’g’li Otabekka: “Hamma narsaga etgan aqling shu narsaga qolganda
nega oqsaydi?”
87
, degan sha’masini keltirish mumkin. Muayyan sharoitda sha’ma
iltimos, talabning “yashirin” vazifasini bajaradi.
Shart metodi
shundan iboratki, bola uchun yoqimli bo’lgan biror faoliyat turi
yoqimsiz yoki qiyin faoliyat uchun rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon
bo’ladi. “Darslaringni qilsang – o’ynagani borasan” kabi murojaat so’z
yuritilayotgan metodning yorqin ko’rinishidir.
Shartdan foydalanilganda bajarilishi shart bo’lgan faoliyatni tashkil etishga
sarflangan kuch (jismoniy yoki aqliy) evaziga «mukofot» sifatida taklif etiluvchi
faoliyat o’rtasidagi aloqa ko’zga tashlanadi. Aks holda bolalarda shartdan o’z
manfaati yo’lida foydalanish istagi paydo bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda talab
87
Қодирий, А. Ўткан кунлар / XX аср ўзбек роман туркуми. Таҳрир ҳайъати И.Шоғуломов ва б. – Тошкент:
“Шарқ” нашриёт-матбаа концерни, 1995.
104
ota-onalar tomonidan emas, aksincha, bolalar tomonidan qo’yiladi, ya’ni, “Bizning
futbol o’ynashimizga ruxsat etsangiz, uyni yig’ishtirib chiqamiz” va h.k. tarzida.
Shart qo’yish bolalarning xulq-atvorlari, ularning qiziqish va mayllarini yaxshi
bilish, ularning individual qobiliyatlari va imkoniyatlari darajasini inobatga olishni
nazarda tutadi. Bu usulni ham boshqa metodlar kabi suiiste’mol qilmaslik kerak.
O’yin shaklidagi shart odatda bolalar uchun qiziqarli bo’lmagan, balki zerikarli
mashg’ulotlarni tashkil etishga to’g’ri kelganda, kichik yoshdagi bolalar bilan
ishlash jarayonida samaradorlikka erishish maqsadida qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |