Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat tarixi qanchalik
turfa va murakkab bo’lishiga qaramay, ayniqsa, ushbu maskan o’z tizimi, tarkibi
va jamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarish nuqtai nazaridan asl mohiyatini
saqlanib qolgan ijtimoiy tuzilma sanaladi
Jamiyatning ajralmas bo’lagi bo’lgan oila nafaqat har bir shaxs, balki har bir
millat, elat taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi. Biror bir xalq, millat yoki
jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda
oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har
qanday jamiyatning rivoji, millatning taraqqiy etishida oilaning o’rni alohida
ekanligini ta’kidlar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
quyidagilarni bayon etadi: “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini
shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri
beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha
va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini,
tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik
6
va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”
2
.
Oila nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o’zaro axloqiy
javobgarligi va o’zaro yordamiga asoslangan qon-qarindoshlarning kichik guruhi
3
.
Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo’lgan oilaga quyidagicha
ta’rif mavjud: “Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’ini bo’lib, yuridik ma’noda
nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy
tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan
bog’langan shaxslar doirasidan iborat bo’lgan milliy mustaqillik mafkurasiga,
umuminsoniy
qadriyatlar
va
sharqona
an’analarga asoslangan oilaviy
munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan
iboratdir”
4
.
Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydilar. Oilani
tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug’chilik rishtalari bilan
bir-biriga bog’langan bo’lib, ular o’rtasidagi munosabatlarga xos bo’lgan muhim
jihatlar – bu o’zaro mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, mas’uliyatlilik va albatta, hayot,
turmush tarzidagi umumiylikdir
5
.
Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo’g’ini,
ijtimoiy tarbiya jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir
bo’layotgan o’zgarishlar albatta, oilada o’z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab
chiqarish, kasbiy, siyosiy-ijtimoiy birlashmalardan farqli ravishda oila to’g’ridan-
to’g’ri qayta qurishga uchramaydi. Oilaning axloqiy, psixologik jihatdan
yangilanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog’liq jarayondir.
Iqtisodiy o’zgarishlarga nisbatan yangi axloq me’yorlarga asoslangan ijtimoiy
munosabatlar oilada sekin sur’atlarda shakllanadi. Oilaviy o’zgarishlarning amalga
oshishida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari biologik, psixologik, demografik
omillar ham ishtirok etadi.
Psixologlarning qayd etishicha, shaxs hayotining birdan-bir to’g’ri yo’li – bu
oilaviy hayot sanaladi. Oilaviy hayotning samarasi unda sog’lom muhit qaror
topganligi bilan belgilanadi. Binobarin, “oila sog’lom ekan, jamiyat mustahkam,
jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir”
6
.
Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek,
oila muhim tarbiya o’chog’i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar,
momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o’tgan yaxshi
udum, odatlar mavjud. Pedagog olima M.Inomova oilaning quyidagi jihatlarini
alohida ajratib ko’rsatgan:
- oila o’ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega;
- oila bola uchun o’ziga xos “ko’zgu” bo’lib, ota-onaning shaxsiy namunasi,
ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi;
2
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 52-бет.
3
Педагогический энциклопедический словарь – Москва: Владос, 2002. – С.257.
4
Каримова О. Оила ҳуқуқи асослари – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2003.
5
Каримова В. Оилавий ҳаёт психологияси – Тошкент: Фан, 2006. – 10-бет.
6
Ўша асар. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 58-бет.
7
- oila o’ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo’lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy
his-tuyg’ular jamuljam bo’ladi;
- oila sharoitida bolalarda o’zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham
tarbiyalanadi;
- oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning
muhim omili sanaladi;
- oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biriga
bo’lgan muhabbati bolaga ta’sir ko’rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga
aylanishi mumkin
7
.
Demak, oila – tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning
vazifasini bajara olmaydi.
Oila hayoti ko’p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-
biologik, xo’jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir
funktsiyasining tugashi, boshqasining paydo bo’lishi, uning a’zolarining ijtimoiy
faoliyatining o’sib borish ko’lami va tavsifi bilan bog’liq. V.A.Slastenin, I.F.Isaev,
E.N.Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo’yicha muhim
ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajaradi.
Xo’sh, oliy ta’lim tizimida “Oila pedagogikasi”ning o’quv fani sifatida
o’qitilishi qanday nazariy va amaliy ahamiyatga ega? Ushbu o’quv fani doirasida
qanday masalalar o’rganiladi? Bo’lajak pedagog hamda psixolog sifatida talabalar
“Oila pedagogikasi” bo’yicha qanday bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtira
olishlari zarur?
“Oila pedagogikasi” fanining mohiyatini to’la anglab olish uchun yuqoridagi kabi
savollarga javob topish talab etiladi. Quyida ana shular to’g’risida so’z yuritiladi.
O’quv fanining umumiy mohiyatini anglab olishda har bir fan, o’quv fani
asoslarini o’zlashtirishda bo’lgani kabi tanya tushunchalar mazmunidan etarlicha
xabardor bo’lish talab etiladi.
“
Oila pedagogikasi” o’quv fanining markazida oila, nikoh, qon-qarindoshlik,
Dostları ilə paylaş: |