buvi – ota yoki onaning onasi sanaladi. Qarindoshlar oilaga qondoshlik nuqtai
nazaridan birlashadi. Qarindoshlik – bir avlod-ajdodga mansub bo’lib, bir necha
kishidan iborat guruhni qondoshlik asosida muayyan oilaga birlashishini
ifodalovchi biologik-ijtimoiy hodisa.
“Pedagogika” (yun. “παιδαγωγική”; “πα
ῖς” (“pais”) – bola, “ἄγω” (“agogos”)
– etaklayman) tushunchasi esa “shaxsni shakllantirishga qaratilib, muayyan tizim
asosida tashkil etiladigan faoliyat, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va
vositalari haqidagi fan”
11
ma’nosini anglatadi. Oddiyroq qilib aytganda,
“pedagogika” tushuncha sifatida shaxsni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim
hamda tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va vositalari to’g’risida ma’lumot
beradigan fan (fanlar turkumi)ni yoritadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda o’quv fani sifatida “oila
pedagogikasi” tushunchasini shunday ta’riflash mumkin:
9
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Мирий – Пархиш / 6-том. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2003. – 469-бет.
10
(Тарбия / Ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Аминов. Масъул муҳаррир
А.Мажидов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010. – 306-бет)
2.1
11
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. –
Наманган: Наманган давлат университети, 2014. – 149-бет.
“Оила педагогикаси” – оилада фарзанд(лар)ни камолга етказиш,
тарбиялашда ота-оналар ёки кекса авлод вакиллари (бува ва бувилар)
томонидан ташкил этиладиган тарбия мазмуни, жараёни, тамойил, етакчи
ғоя, шакл, метод ва воситалари ҳақида маълумот берадиган ўқув фанидир.
9
Ma’lumki, har bir fan, shu jumladan, o’quv fani oldiga muayyan maqsad
qo’yiladi. Odatda o’quv fanlari (har qanday fan)ning maqsadi uning mohiyatini
umumiy nuqtai nazardan yoritishga xizmat qiladi.
“Inson ijtimoiy biologik jonzot sifatida o’zining yashashi uchun zarur bo’lgan
ovqat eyish, nafas olish, uxlash, jinsiy hayot, issiq-sovuqdan himoyalanish va shu
kai biologik ehtiyojlarini, insonlar bilan o’zaro muloqot, jamiyada o’z o’rni va
mavqeiga ega bo’lish, farzandlar tarbiyasi, o’zining yashashi va ijod qilishi,
salomatligini saqlashi, uy-joy, kiyim-kechakka bo’lgan ehtiyojlarini, shuningdek,
farovon turmush kechirishi uchun zarur boshqa sharoitlarni yaratish kabilardan
iborat bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlarini, moddiy ehtiyojlarini qondirish, o’z-o’zini va
atrof-borliqni anglash, qadriyatlarni bilib olish, hayotning mazmunini tushunish
orqali o’z yo’lini topib olish kabi ma’naviy ehtiyojlarini oilaviy sharoitda amalga
oshiradi. Inson o’zining yuqorida sanab o’tilgan asosiy ehtiyojlarini faqat
oiladagina to’la qondira oladi”
12
.
Yuqorida bildirilgan fikrlar “Oila pedagogikasi” o’quv fanining predmeti
nimadan iborat” degan savolga javob topish imkonini beradi.
12
Тарбия / Ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Аминов. Масъул муҳаррир
А.Мажидов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010. – 323-324-
бетлар.
Dostları ilə paylaş: |