ota-ona, farzand (farzandlar), keksa avlod (buva, buvi), oila tarbiyasi kabi
tushunchalari yotadi.
Oila har bir shaxs hayotida o’ta muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir shaxs
oilada dunyoda keladi, unda qaror topgan muhitda yashaydi, kamolotga erishadi,
tarbiyalanadi. Shaxsning ruhiyati, irsiy, etnik hamda mental xususiyatlari, axloqiy,
jismoniy, irodaviy sifatlari va dunyoqarashining shakllanishida ham oila “yadro”
bo’lib xizmat qiladi.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da “oila” atamasi arab tilidan tarjima qilinganda
“bola-chaqa”, “xonadon”, “urug’”, “avlod” ma’nolarini anglatilishi aytilib, u
bevosita shaxsga dahldorlik nuqtai nazaridan tushuncha sifatida shunday
ta’riflanadi: “Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan
iborat birga yashovchi kishilar majmui”
8
. “O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi”da
7
Иномова М. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоқий тарбияси – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 1999.
– 20-21-бетлар.
8
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Н – Тартибли / 5 жилдли. Учинчи жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007. – 97-бет.
8
esa oilaning nikoh yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh
9
ekanligi
ta’kidlanadi.
Demak, oila – o’zaro rozilikka asoslangan nikoh va qon-qarindoshlik rishtalari
asosida birlashgan kishilar majmui. Oilaning shakllanishi va mavjud bo’lishi
negizida ikki jins – er va xotin o’rtasida tuzilgan nikoh yotadi. Nikoh – oila qurish,
farzand ko’rish va ularni tarbiyalash maqsadida ikki jins vakillarining o’zaro
roziligi asosida tuzilgan, huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan ittifoqi
10
Rasmiy nikoh unga kirishayotgan ikki jins vakili – erkak va ayolga birgalikda
kechiriladigan turmushda, shuningdek, tug’iladigan farzandlar oldida ma’lum
majburiyat (burch) va huquqlarga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga
oila shakllantirilgandan so’ng farzandlarning tug’ilishi o’z-o’zidan nikohlangan ikki
jins vakili – erkak va ayolning ota hamda ona maqomiga ega bo’lishini
ta’minlaydi. Ota va ona biologik jihatdan farzandlarga ega bo’lib, ularga ijtimoiy-
huquqiy jihatdan vasiylik qilish, keksaygan chog’larida esa ularning
g’amxo’rliklariga munosib bo’lgan erkak va ayol. Farzand (farzandlar) – bitta
ota-onadan dunyoga kelgan o’g’il yoki qiz (lar).
Oila ota-ona va farzandlardangina iborat bo’lmay, balki keksa avlod (buva, buvi)
hamda qarindoshlarni ham o’z ichiga oladi. Buva – ota yoki onaning otasi bo’lsa,