3. “Yumaloqlangan qor” strategiyasini qo’llash asosida zamonaviy oilalarning
turlari va ularning mohiyatini tahliliy o’rganishda akademik guruh talabalarini 5 ta
kichik guruhga ajratish lozim. Kichik guruhlarning har biriga alohida topshiriq
beriladi. Har bir kichik guruh quyidagi topshiriqlarni bajaradi:
Guruhlar Topshiriqlarning mohiyati 1-guruh Nikohning holatiga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning tavsifi
2-guruh Oiladagi bolalarning soniga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning
Турлари Матриархал оила
Моногам оила
Патриархал оила
Нуклеар оила
Тавсифи
71
tavsifi
3-guruh Oilaning tarkibiga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning tavsifi
4-guruh Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatning xarakteriga ko’ra zamonaviy
oila turlari va ularning tavsifi
5-guruh Oilaning ijtimoiy holatiga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning
tavsifi
OILANING VAZIFALARI 1. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari.
2. Oilaning rekreativ, felitsitologik, regulyativ va relaksatsiya vazifalari.
3. Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarini bajarishdagi ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:oilaning vazifalari, oilaning iqtisodiy vazifasi,
oilaning reproduktiv vazifasi, oilaning tarbiyaviy vazifasi, oilaning kommunikativ
vazifasi, oilaning rekreativ vazifasi, oilaning felitsitologik vazifasi, oilaning regulyativ
vazifasi, oilaning relaksatsiya vazifasi.
Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari. Har qanday zamon va makonda ham oilaning zimmasiga shaxs kamolotini
ta’minlash borasida muayyan vazifalar yuklatiladi. Oila zimmasiga muayyan
vazifalarning yuklatilishida jamiyat taraqqiyoti, u tomonidan shaxs kamolotiga
qo’yiladigan talablar, aholining ijtimoiy turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar
mazmuni, davlat siyosati hamda milliy rivojlanish maqsadlari inobatga olinadi.
Zamonaviy sharoitda oilalarning hayoti va faoliyati quyidagi vazifalarni ijobiy
hal qilishga yo’naltiriladi:
- iqtisodiy;
- reproduktiv;
- tarbiyaviy;
- rekreativ;
- kommunikativ;
- regulyativ;
- feliotsitologik;
- relaksatsiya
57
.
Quyida zamonaviy oilalar tomonidan shaxs kamolotini ta’minlash borasida hal
qilinadigan vazifalarning mohiyati yuzasidan batafsil so’z yuritiladi.