Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə50/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

оила турлари 
(
М.А.Галагузова

Барбод бўлиш хавфига
эга оилалар
Асоциал
оилалар

69
3. Notinch, baxtsiz oilalar. Bunday oilalar ijtimoiy nuqtai nazardan hayotiy


faoliyatning muayyan sohasi bo’yicha past darajaga ega bo’lib, zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi. Ota-onalar hamda farzandlarning ijtimoiy
moslashuv imkoniyatlari nihoyatda past. Shu sababli bunday oilalarda bolalarni
tarbiyalash jarayoni juda qiyinchilik bilan sekin boradi, ustiga ustak kam holatlarda
kutilgan natijaga erishiladi. Notinch, baxtsiz oilalar doimiy ravishda ijtimoiy
pedagogning faol, davomiy ko’magiga ehtiyoj sezadi. Bu kabi oilalar ega bo’lgan
muammolarning xarakteridan kelib chiqib, ijtimoiy pedagogning ularga uzoq
muddatli ta’limiy va psixologik yordam ko’rsatishi maqsadga muvofiqdir.
4. Asotsial oilalar. Bu turdagi oilalarning ijtimoiy holati ularni tubdan isloh
qilishni talab etadi. Mazkur oilalarda ota-onalar amoral, g’ayriqonuniy hayot
kechirishadi. Ularning yashash sharoitlari eng oddiy sanitariya-gigienik talablarga
ham javob bermaydi. Tabiiy ravishda bolalarning tarbiyasi bilan hech kim
shug’ullanmaydi. Shu sababli bolalar nazoratsiz qolishgan. Ular doimiy ravishda
yarim och holda yurishgani uchun jismoniy rivojlanishda ortda qolishgan. Ijtimoiy
pedagog ushbu oilalar bilan ish olib borganda huquqni muhofaza qilish, vasiylik va
homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o’rnatishi zarur.
Oilalar turining xilma-xilligi ularning u yoki bu jihatni asos qilib olganligini
tasdiqlaydi. Bu esa turli oilalarda farzandlar tarbiyasini tashkil etish jarayonining
murakkabligidan dalolat beradi.
Har bir oilaning hayoti ko’p jihatli, ya’ni, ijtimoiy-biologik, xo’jalik-iqtisodiy,
axloqiy va psixologik munosabatlarga asoslanishi bilan tavsiflanadi. Shunga ko’ra
oilaning rivoji muayyan bosqichda ma’lum vazifaning bajarilishi, yangi vazifaning
o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, oila a’zolari ijtimoiy faoliyati ko’lamining
kengayishi, faollik darajasining ortib borishiga bog’liq.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin