bilan yondashiladi, ularga mehr-muhabbat ko’rsatiladi. Ota-onalar farzandlarning
faoliyati bilan qiziqadilar, muammolari to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar.
Bolalarning fikrlarini hurmat qilgan holda hayotiy masalalarni hal qilishda amaliy
yordam ko’rsatishga urinadilar. Farzandlarning qiziqishlari rivojlantiriladi. Bu
farzandlarning tarbiyasi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu kabi oilalarda
bolalar tashabbuskor, mustaqil, ahil, inoq bo’lib voyaga etadilar, o’zlarini baxtli his
qilishadi. Ota-onalar ham, bolalar ham oila a’zolarining o’zaro muloqotidan
qoniqadilar. Oiladagi shaxslararo munosabatlarda a’zolarning umumiy axloqiy
qiyofalari aks etadi. Tartiblilik, ochiqlik, o’zaro ishonch, munosabatlardagi o’zaro
tenglik bu turdagi oila a’zolari uchun xos bo’lgan asosiy ma’naviy-axloqiy sifatlar
sanaladi.
2. Rahmdil oilalar. Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlar o’rtacha
darajada ijobiylik kasb etadi. Biroq, oila a’zolari o’rtasida ota-onalar ham, bolalar
ham o’tmaydigan aniq masofa mavjud. Bolalar oilada o’z o’rnilarni bilishadi, ota-
onasiga itoat etishadi. Bolalarga nima zarurligini ota-onalarning o’zlari hal qiladi.
Farzandlar gapga quloq soladigan, g’amxo’r, ahil, inoq bo’lib voyaga etishadi,
biroq, kamdan kam holatda tashabbuskor bo’lishadi. Ular ba’zan o’z fikriga ega
bo’lmaydi, boshqalarga tobe bo’lib qoladi. Ota-onalar farzandlarning qiziqish va
ehtiyojlaridan xabardor bo’lishadi. Shu bilan birga farzandlar o’zlarining
muammolarini ota-onalari bilan muhokama qilishadi. Bu turdagi oilalarda
namoyon bo’ladigan salbiy holat – ota-onalar tomonidan farzandlar rivojlanish
dinamikasining hisobga olmaganligi sanaladi. Shu sababli ota-onalarning o’z
farzandlariga yanada ko’proq g’amxo’rlik ko’rsatishlari talab etiladi.