Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə48/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

3. Iqtisodiy yo’nalgan oilalar. Bu kabi oilalarda asosiy e’tibor oilaning
iqtisodiy ta’minlanganligiga qaratiladi. Bolalar yoshligidanoq hayotga amaliy
(pragmatik) yondashishga, barcha narsadan o’zlari uchun qulaylik yaratishga
o’rgatiladi. Farzandlar yaxshi o’qishga da’vat etiladi, biroq, asosiy maqsad – oliy
ta’lim muassasasiga kirishdangina iborat bo’lib qoladi. Ota-ona va bolalarning
ma’naviy dunyosi qashshoq. Oilaviy munosabatlarda bolalarning qiziqishlari
hisobga olinmaydi, faqat “foydali” tashabbuslari qo’llab-quvvatlanadi. Buni garchi
to’liq ma’noda ijtimoiylashish deb atab bo’lmasa-da, bolalar tengdoshlariga
nisbatan ertaroq “voyaga etadilar”.
Ota-onalar bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini anglashga intiladi. Farzandlar
ham buni tushunishsa-da, biroq, ba’zan ota-onalarning bu boradagi harakatlarini
qabul qilisha olmaydi. Buning asosiy sababi – ota-onalarning pedagogik
madaniyati nihoyatda past ekanligi bilan belgilanadi.
4. Adovatli oilalar. Farzandlar uchun oila – ular yoqtirmaydigan maskan. Ota-
onalar o’z farzandlariga ishonmaydi, ularga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi.
Bolalar tez-tez jismonan jazolanadi. Farzandlar bir-birlari bilan ahil emas, shu
bilan birga ota-onalariga yomon munosabatda bo’lishadi. Oilada farzandlar o’zaro
hamda tengdoshlari bilan hamjihat bo’la olishmaydi. Ta’lim muassasasiga nisbatan
salbiy munosabat shakllangan. Qolaversa, farzandlarning ba’zan oiladan qochib
ketish holatlari ham kuzatiladi. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar shunday
mexanizmga asoslangan: farzandlarning xulq-atvori, hayotiy qarashlari oilada

68
ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, munosabatlar jarayonida hamisha


ota-onalar haq bo’ladi. Buning sababi – ota-onalarning hayotiy tajribaga egaliklari,
yosh xususiyatlariga ko’ra farzandlar tomonidan ota-onalarning oila rivojidagi
o’rni, rolining to’g’ri baholay olinmasligi hisoblanadi. Ota-onalar ko’p holatlarda
farzandlarning hulq-atvoridan asosli ravishda xafa bo’lishadi. Biroq, aynan shu
holat, bir tomondan, farzandlarning o’qishlariga ziyon etkazsa, ikkinchi tomondan,
ularning amoral xulq-atvorga ega bo’lishlariga sabab bo’ladi. Ushbu vaziyatlardan
chiqish uchun ota-onalar farzandlarining xulq-atvor motivlarini etarli darajada
anglashga urinishlari, ular tomonidan ko’rsatilayotgan vaj (bahona) va dalillariga
alohida e’tibor qaratishlari talab etiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin