Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Pedagogik konsilium metodiga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə23/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Pedagogik konsilium metodiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Pedagogik konsilium metodi hamda unda ishtirok etadigan ekspertlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:


  1. pedagogik konsilium metodidan foydalanish maqsadi, obyekti, predmetining va qo‘llanilish sohasining aniqligi. Ekspertlar tomonidan diagnostika qilinadiganlarning ijtimoiy muhiti, etnopedagogik xususiyatlari, ularning umumiy soni, yoshi, ma’lumoti, jinsi, kasbiy bilim sohasi kabi omillar hisobga olinishi zarur. Olinadigan natijalardan foydalanishdan ko‘zlanayotgan maqsadning belgilangan bo‘lishi bilan birga, yuqori darajada aniq va obyektiv ma’lumot olish uchun ekspertlarning umumiy soni hamda malaka darajasiga qo‘yiladigan talablarni belgilanishi;



  2. pedagogik konsilium metodini qo‘llash yo‘riqnomasining maxsus sinovdan o‘tgan bo‘lishi va ekspertlar tomonidan yo‘riqnoma bandlarining so‘zsiz bajarilishi;



  3. ekspertlar shaxs xislatlari yoki fan sohasi bo‘yicha bilimlarini aniqlash va turli darajalarda baholashlarining obyektiv bo‘lishi. Shaxs xislatlari yoki fan sohasi bo‘yicha bilimlarini aniqlash va natijalarni turli darajalarda baholashning obyektiv mezonlarini ishlangan bo‘lishi; mazkur mezonlar asosida boshqa ekspertlar ham xuddi shunday diagnostik xulosalar bera olishlari;



  4. ekspertlarning obyektiv mezonlarini davriy ravishda tekshirib turilishi8.



Ekspert sifatida ishtirok etayotgan mutaxassis pedagog-o‘qituvchilarning fikrlarida yakdillik bo‘lmasligi ayrim hollarda juda muhim va qimmatli ma’lumotlarni ham berishi mumkin bo‘lib, bu hol o‘rganilayotgan o‘quvchiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir o‘tkazishning o‘ta nozik jihatlarini aniqlashga yordam beradi.
Pedagogik konsilium metodi o‘quvchilarning xulq-atvori, qadriyatli-motivatsion sohalari, ehtiyojlari, individual xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklar, ma’naviy-axloqiy hamda ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarning shakllanganlik darajalarini diagnostika qilish bilan birga, ularda o‘rganilayotgan sifatlarning yaqin istiqboldagi rivojlanish dinamikasi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar berishi mumkin.
Shunday qilib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar bilan yagona maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishda pedagogik diagnostika metodlaridan samarali foydalanish mumkin. Вuning uchun pedagoglar mazkur diagnostika metodlaridan o‘rinli hamda majmuaviy foydalanishlari va olingan natijalardan ta’lim-tarbiya , jarayonini maqsadli tashkil qilishlari kutiladigan natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin