Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Pedagogik testlarga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Pedagogik testlarga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Pedagogik amaliyotda va ilmiy-pedagogik tadqiqotlar jarayonida o‘quvchilarni pedagogik diagnostika qilish maqsadida tayyorlanadigan testlar samarali qo‘llanilishi uchun bir qator metodik talablarga javob berishi muhim hisoblanadi.
Testlarni tayyorlash va ularni pedagogik faoliyatda qo‘llash uchun bir qator metodik talablarga rioya qilish muhim o‘rin tutadi. Chunki bu shartlardan biron-birining bajarilmasligi test metodi yordamida olinadigan natijalarning xaqqoniylik va ishonchlilik darajasini keskin pasaytirib yuboradi.
Testlarda “taxminan”, “deyarli”, “ko‘p xollarda” kabi noaniq tushunchalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki har bir inson bunday iboralarni turlicha tushunishi mumkin.
Pedagogikada, asosan, o‘quvchilar bilimini o‘lchashga, ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishga tayyorlikni tekshirishga qaratlilgan didaktik testlar, kasbiy ta’limga tayyorlikni o‘lchashga qaratilgan intellekt testlari, diqqat va uni jamlashni o‘rganishga qaratilgan testlar hamda ijtimoiy testlardan foydalaniladi.
Testlarni tuzish uchun aniq ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar ifodalari, ularning toifalari asos bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida tarbiyachi va fan o‘qituvchilari tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan testlar diagnostik xususiyatiga ega bo‘lib, ularning natijalariga ko‘ra keyingi pedagogik jarayon rejalashtirilishi ko‘zda tutiladi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ish jarayonida testlardan muntazam ravishda foydalanish tarbiyaviy korreksion ishning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Test savolariga javob berish yoki test topshirig‘ini bajarish reglarnentlashtirilishi zarur. Masalan: Internet tarmoqidagi mavjud ma’lumotlarga qaraganda, testlashtirish jarayonida quyidagi o‘rtacha vaqt parametrlariga rioya qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanar ekan: matematika - 65 sek., tillar - 32 sek., ijtimoiy va tabiiy fanlar - 41 sek., terminlarni bilish - 20-25 sek., chizma va sxemalarni tushunish - 90 sek., turli shakllarni tushunish - 90-120 sek.
Pedagogik testlarning topshiriq va savollarida quyidagi talablar o‘z aksini topishi kerak:
a.
testni qo‘llanilishining maqsadi, obyekti, predmeti va qo‘llanilish sohasining aniqligi. Diagnostika qilinadiganlarning ijtimoiy muhiti, etnopedagogik xususiyatlari, ularning umumiy soni, yoshi, ma’lumoti, jinsi, kasbiy bilim sohasi kabi omillar hisobga olinishi zarur. Olinadigan natijalarni qo‘llanilishidan ko‘zlanayotgan maqsad aniq belgilangan bo‘lishi;
b.
testning qo‘llanilish tartibi aniq harakat algoritmlarida belgilangan bo‘lishi. Testning javob varaqalari va so‘rovnomalar pedagog tomonidan yig‘ib olingach maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kafedra (bo‘lim) laboranti tomonidan kompyuterga kiritilib yoki trafaretlarga solinib natijalarni tahlil qilishga tayyorlash imkonining mavjudligi;

v) javoblar (natijalar)ni hisoblash tartibining statistik jihatdan asoslangan usullarda amalga oshirilishi va ballarda yoki stendlarda baholanishi. Diagnostika natijasida qilinadigan xulosalar, pedagogik mushoxadalar va taxminlarning xaqqoniyligi ilmiy nuqtai-nazardan yoki tajribadan kelib chiqib asoslanishi;


g) o‘lchanayotgan xislat va uning tarkibiy qismlari diagnostika metodi shakllarining diagnostika qilinayotgan soha uchun reprezentativligi, ishonchliligi va oidligi nuqtai nazaridan tekshirilishi. Boshqa pedagog-tadqiqotchilar mazkur metodni o‘zlarining ilmiy- amaliy faoliyatlarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlari va zarur qo‘llarda, xususiy standartlarni ishlay olishlari;
d) testning topshiriq va savollarida diagnostika qilinayotgan respondent javoblarining xaqqoniyligini nazorat qilish vositalari. “Rostgo‘ylik”, “samimiylik” yoki “yolg‘on” shkalalarining mavjudligi olinadigan natijalarning obyektivligini ta’minlaydi. Shaxsda biron-bir xislatning shakllanganlik darajasini o‘lchashda “rostgo‘ylik”, “samimiylik” shkalalarining pastligi yoki “yolqon” shkalasining balandligi optant javoblarini interpretatsiya qilinmasligiga asos bo‘la oladi;
e) o‘lchash va baholash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik diagnostika metodlarining topshiriq va savollarining standart talablariga javob berishi davriy ravishda tekshirib turilishi3.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin