Pedagogik testlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
2.2.Anketalashtirish metodi
Anketalashtirish (fransuzcha «tekshirish» ma’nosini bildiradi) - ma’lum bir ketma-ketlik asosida, maqsadli yo‘naltirilgan ravishda va ma’lum tartib asosida-qo‘yilgan savollar yoki tasdiqlar majmuasi bo‘lib, ular ochiq yopiq yoki aralash turlarga bo‘linadi. Agar javoblar variantlari oldindan berilgan bo‘lsa, bu yopiq anketa deyiladi. Javoblar variantlari berilmagan bo‘lib, respondent o‘zi erkin ravishda javob berishi munikin bo‘Isa, bu ochiq anketa deyiladi.
Anketa metodi yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o‘quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini, qadriyatlarini, ehtiyoj va qiziqishlarini, kelajak orzu istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi. Xususan, yoshlarning nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarga egaliklarini aniqlashda ham anketalashtirish metodidan keng foydalanish mumkin.
Ma’lumki, anketalar “og‘zaki ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga imkon beruvchi vosita, so‘rov turi” sanaladi4.
Anketa savolnomalarini tayyorlashga qo‘yiladigan asosiy metodik talablar. Pedagogik diagnostikada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan anketalarni tayyorlash ikki bosqichida amalga oshirilishi mumkin5:
1-bosqich. Anketa mazmuni va yo‘nalishi belgilanadi. Bunda anketaning mazmuni yoshlarning moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishishga bo‘lgan munosabatlari, bu borada nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga egaliklarini aniqlashga xizmat qiluvchi savollardan tarkib topishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Savollarni tanlashda yoshlarning hayotiy faoliyatlari (bilim, tajriba, fuqarolik maqomi, xatti-harakatlari, bu harakatlarga ta’sir qiluvchi omillar va motivlar, ijtimoiy borliqqa bo‘lgan munosabatlari, ular tomondan moddiy va ma’naviy hayotga berilgan baholar)ga tayanib ish ko‘rildi.
2-bosqich. Mazkur bosqich anketa savollari tipini tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Anketada berilayotgan savollar o‘z mohiyatiga ko‘ra asosiy yo‘naltirish, nazorat qilish yoki aniqlashtirish kabi xususiyatlarni namoyon qiladi. Asosiy va nazorat qilish xususiyatiga ega bo‘lgan savollardan iborat anketa ikki variantda taqdim etilishi mumkin, ya’ni nazariy bilimlari darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi haqida ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlashga imkon beruvchi anketalar.
Anketalashtirish metodidan samarali foydalanish uchun anketa savollarini tayyorlashda ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Masalan, anketa savollarini tanlashda respondential imkon qadar o‘z axloqiy sifatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholashlarini talab qilinmasligiga harakat qilish kerak. Savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi anketalashtirishning samaradorligini tushirib yuborishi mumkin.
Bundan tash qari, har bir respondent o‘ziga baho berishda kamchiliklarini yashirishga harakat qilish extimoli ko‘p bo‘lganligi sababli, uning javoblarida samimiylik kamayishi mumkin. Bu ham, o‘z o‘rnida, anketalashtirish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, anketalar bir qator afzalliklar bilan birga quyidagi ayrim kamchiliklardan holi emas, ya’ni:
1.
Respondentlarnring savolarga ochiq yoki to‘g‘ri javob bermasliklari;
2.
Respondentlaning savollarga javob berishga jiddiy yondashmasliklari;
3.
Savollar mazmunining noto‘g‘ri talqin etilishi
Bu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish anketalashtirish jarayonida pedagogik diagnostikaning boshqa metodlardan foydalanish lozimligini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |