Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə13/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Suhbat metodi
Ilmiy tadqiqot usullarining majmuidan tarkib topib, asosiy vazifasi shaxs rivojlanish darajasini aniqlash bo‘lgan pedagogik diagnostikasi o‘quvchilarning ta’lim adaptatsiyasi, ularda ijtimoiy zarur sifatlarni shakllantirish va iqtidorni aniqlab, komil inson bo‘lishlari uchun yordam berishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Pedagogik diagnostikaning quyidagi talablariga javob bermaydigan har qanday metodi amaliy va ilmiy-pedagogik tadqiqot davomida qo‘llanilishi mumkin emas. Aks holda olinadigan natijalar haqiqatdan yiroq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonida rasman qo‘llanilgani bilan, natija nuqtai nazaridan samarasiz, xatto yanglish qaror qabul qilishga sabab bo‘ladigan bosqichga aylanib qo‘ladi. Shuning uchun pedagogik diagnostika metodlari davriy ravishda mutaxasislar tomonidan ekspertiza qilinib borishi va “diagnostik metodlar banki” yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


2.1.Testlashtirish metodi
Test - inglizcha “test” “sinov”, “tekshirish” ma’nosini anglatadi. Testlashtirish standartlashtirilgan metod bo‘lib, alohida -shaxslarning turli fazilatlarini o‘lchash imkonini beradi. Test ilmiy instrument bo‘lib, ekspertlarning katta mehnati natijasida yaratiladi. Testlar aynan shu soha bilan shug‘ullanuvchi malakali psixologlar va pedagoglar tomonidan yaratiladi.
Pedagogikada testlashtirish tushunchasining mohiyati tajriba-sinov ishlariga jalb qilingan respondentlarning psixofiziologik va shaxsiy xususiyatlari, aqliy rivojlanish darajasi, bilimi, qobiliyati, amaliy ko‘nikma va malakalarini tadqiq qilish imkonini beradi. Pedagogik diagnostikada qo‘llaniladigan testlar yordamida yoshlardagi moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi mohiyatini anglashga oid nazariy bilimlari, shuningdek, ana shu maqsadga intilish yo‘lidagi ularning amaliy faoliyatlarini tashkil etishga oid ko‘nikma va malakalarining mavjudligi hamda shakllanganlik darajalarini aniqlash va baholash imkonini beradi.
  • Ta’lim muassasasi o‘quvchilarini pedagogik diagnostika qilishda л testlar bir qator afzalliklarga ega:


  • nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;


  • nazariy va amaliy bilimlar darajasining obyektiv sharoitda aniqlash imkonining berishi;


  • ko‘p sonli respondentlar bilan bir vaqtning o‘zida nazorat olib borishning mumkinligi;


  • sinov natijalarining tadqiqotchi (yoki o‘qituvchi) tomonidan tezkor tekshirish imkoniyatining mavjudligi;


  • barcha sinaluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollarni berish asosida sinovning tashkil etilishi2.


Testlarning turlari. Pedagogik diagnostikada testlar pedagog tomonidan korreksiya natijalarini oldindan rejalashtirish imkonini beradi. Tarbiyachi test topshiriqlarini turli shakllarda tuzishi mumkin. Eng ko‘p ishlatiladigan shakllar: yopiq,ochiq, muvofiqini qo‘yish, ketma-ketlikni tartibga solish vaziyatli topshiriqlarni bajarish va h. k.


Yopiq test topshiriqlari shart va javoblardan iborat. Bunday vazifa “yopiq” deb atalishining sababi shundaki, sinaluvchi unga berilgan javoblardan eng to‘g‘risini tanlashi kerak bo‘lib, u boshqa ixtiyoriy javobni berish imkoniyatiga ega emas. Javob variantlari to‘rttadan ortiq bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri bo‘lishi shart. To‘g‘ri javobni tasodifan topish imkoniyatini imkon qadar pasaytirish tavsiya qilinadi. Testlarni tuzishda unga javob berayotgan sinaluvchi o‘zining bor bilimlarini ishlatib, barcha javoblarni bir chekkadan tahlil qilishga intiladigan darajada murakkab bo‘lishini ta’minlash zarur. Javoblar mazmunan bir-biriga juda yaqin bo‘lishi, to‘g‘ri javobni tanlashning «yuzaki» yo‘li bo‘lmasligi kerak. Masalan:
“Oliyjanoblik” tushunchasining ziddi qanday nomlanadi ?
A. Manfaatparastlik
B. Ig‘vogarlik
S. Nopoklik
D. Yalqovlik
Javob: A.
O‘quvchi-yoshlarni pedagogik diagnostika qilish maqsadida yopiq testlarni kompyuter texnologiyalari yordamida qo‘llash yanada samarali natija berishi mumkin.
Pedagogik diagnostikada ochiq test topshiriqlari sinaluvchiga o‘z javobini berish imoniyatini beradi. Bunday testlar kalit so‘zi (so‘zlar) qoldirilgan gap shaklida tuziladi. Masalan:
1. Didaktik testlar ... imkoniyat beradi
Javob: o‘quvchilar bilimi va ko‘nikmasini baholashga
2. Ochiq testlar deb ________ qoldirilgan, javob variantlari berilmagan topshiriqlarga aytiladi.
Javob: kalit so‘zi
Muvofiqini qo‘yish test topshiriqlarida bir majmua elementlarining ikkinchi majmua elementlariga mosligi o‘rnatiladi. Masalan:
Pedagogik texnologiyaning afzalligi:
A. O‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga kafolatli erishish;
B. O‘quv maqsadlarini ishlab chiqish;
S. O‘quv iarayonini ifodalash;
D. O‘qitish natiialarini baholash;
Javob: A.
Ketma-ketlikni tartibga solish test topshiriqlari xatti-harakatlar talab qilingan algoritmda (ketma-ketlikda) bajarilishiga oid bilim va rejalashtirishga doir ko‘nikmalarning mavjudligini tekshirish imkoniyatini beradi. Javob berishda indekslarning ketma-ketlik asosida berilishi talab qilinadi. Masalan:
Pedagogik korreksiyaning tayyorgarlik fazasi bosqichlari ketma- ketligini ko‘rsating:
a.
Pedagogik korreksiya maqsadi
b.
Pedagogik korreksiyani o‘tkazishdan kutiladigan natija
c.
Pedagogik korreksiyani o‘tkazishga nisbatan o‘quvchi(lar)ning munosabati
d.
O‘quvchida korreksion o‘zgarishlar bo‘lishiga ehtiyoj
e.
O‘quvchi(lar)ni korreksiyadan kutilayotgan natija bilan tanishtirish
f.
Pedagogik korreksiyani baholash mezonlarini belgilash
g.
Pedagogik korreksiyani o‘tkazish uchun moddiy-texnika bazasini o‘rganish
h.
Pedagogik korreksiyaning mazmunini belgilash
i.
Pedagogik korreksiya natijasi va maqsadiga muvofiq asosiy vazifalarini belgilash
j.
Pedagogik korreksiya xaritasini tayyorlash

Javob: B, A, D, E, C, G, I, F, H, J.
Test metodi bo‘yicha olingan natijalarni reyting tizimi asosida baholash maqsadga muvofiq bo‘lib, unga ko‘ra test savollari hamda ularning miqdoriga muvofiq javoblar soni 100 foiz deb qabul qilinadi. Respondentlar tomonidan berilgan savollarga qaytarilgan ijobiy mazmundagi javoblar soni quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
1.
100-86 foiz - yuqori daraja;
2.
85-70 foiz - o‘rta daraja;
3.
69-55 foiz - past daraja;
4.
55 foizdan kam - mutlaqo past daraja.

Masalan, yoshlar tarbiyasida moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayonida foydalanilgan test 14 savoldan iborat bo‘lib, ularning har biri uchun uchtadan javoblar varianti berilgan (2-ilovaga qarang). Bunda 14 ta savolga olingan ijobiy javob 100 foiz, ya’ni yuqori natija degani bo‘lib, reyting tizimi bo‘yicha natijalarni tahlil qilish shartlari taqdim etilgan testga nisbatan qo‘llanilganda respondentlarning munosabatlari ijobiy mazmundagi javoblarga ko‘ra quyidagicha baholanadi:


1.
14-13 ta ijobiy javob-yuqori daraja;
2.
12-11 ta ijobiy javob - o‘rta daraja;
3.
10-9 ta ijobiy javob - past daraja;
4.
8 tadan kam ijobiy javob - mutlaqo past daraja.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin