Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə19/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Pedagogik kuzatish metodi
O‘quvchilarning individual xususiyatlari, xulq-atvoridagi o‘ziga hosliklar hamda ijtimoiy xislatlarini o‘rganishda pedagogik diagnostikaning pedagogik kuzatish metodidan foydalanilishi mumkin. Pedagogik kuzatish metodi pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan usullarning asosiylaridan bir hisoblanib, pedagogni o‘quv guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat-natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar va omillar yig‘ish imkonini tug‘diradi.

Mazkur metod ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik maqsad qanday amalga oshirilganligini aniqlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqalari, individual farqlarni qiyoslash uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Maqsadli pedagogik kuzatishda o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar reja asosida yig‘ilgan dalillarni tahlil qilish va qiyoslash negizida tashkil etilgan taqdirda samarali natija beradi.


Pedagogik kuzatish metodi talablari.Pedagogik kuzatish metodidan foydalanganda olinadigan natijalarning ilmiy bo‘lishi uchun pedagog quyidagi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:
1.
Maqsadga yo‘nalganlik - kuzatish umuman o‘quvchiga nisbatan emas, balki uning aniq bir fazilati namoyon bo‘lishini o‘rganishga qaratlilishi.
2.
Rejalashtirilganlik - kuzatish boshlanishiga qadar pedagog o‘z oldiga vazifalarni aniq qilib qo‘yishi (nimani kuzatishi), kuzatish muddati va vositalari, aynan qanday fazilatlarning namoyon bo‘lishini, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va ularni oldini olish yoki bartaraf qilish imkoniyatlari, kutilayotgan natija.
3.
Mustaqillik - kuzatish mustaqil ravishda olib borilib, qo‘shimcha vazifa ko‘rinishida qo‘yilgan bo‘lmasligi.
4.
Tabiiylik - kuzatish o‘ quvchi uchun tabiiy sharoitda olib borilishi.
5.
Tizimlilik - kuzatish yaxlit funksional-dinamik tizim sifatida olib borilishi.
6.
Obyektivlik - pedagog o‘zi ko‘rishni xohlagan narsani emas, balki obyektiv dalillarni ko‘rishi, dalillarga asoslanishi.
7.
Qayd qilish - natijalar kuzatish davomida yoki kuzatish tugashi bilanoq qayd qilib borilishi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin