Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə24/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Topshiriq
1.
Sotsiometriya metodini mohiyatini ёритинг.
2.
Shaxs faoliyati yo'nalishlarini aniqlash metodiga izoh bering
3.
Pedagogik konsilium yoki ekspertlar metodini o’tkazish tartibini tushuntiring
4.
O'quvchining rivojlanish xaritasi nima maqsadda tayyorlanadi?
5.
Har bir o’rgangan metodingizga uchtadan namuna tayyorlab amalda sinab xulosalar tayyorlash
6.
Natijalarini tahlilini guruh bilan muhokama qilish

6—МАVZU. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKADA O‘QUVCHILAR YOSH XUSUSIYATLARINING O‘ZIGA XOSLIKLARI


Аsosiy savollar:
1.
O‘quvchilarni diagnostika qilishda ularning
yosh xususiyatlarini hisobga olish

2.
Maktab o‘quvchilarini pedagogik diagnostika metodlari
3.
Kompleks diagnostik dastur
4.
Yetti yoshdagi inqirozni boshidan kechirayotgan bolalar uchun diagnostik metod.

Tayanch tushuncha va iboralar: O'quvchi, maktab,sinf, bir jumla, men, mening intuitsiyam, kompleks, diognostika, o’yin metodi.
Hozirgi kunda shaxs tarbiyalanganligini diagnostika qilishning ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida, zamonaviy pedagogika fani o‘quvchilarni ta’lim-tarbiya jarayonining har bir bosqichida baholash va natijalar monitoringini olib borish yo‘lidan bormoqda. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni pedagogik diagnostika qilishda o‘quv- hujjatlarini o‘rganish, o‘quvchilar faoliyatini kuzatish, anketalashtirish (fan o‘qituvchilarining fikri, o‘quvchilarning ota-onalarini fikri, o‘quvchilarning fikri), sotsiometriya, didaktik va psixologik testlar, o‘quvchilar bilan individual suhbat, pedagogik konsilium kabi metodlardan foydalaniladi.

O‘quvchilardagi turli fazilatlarning shakllanganlik darajalarini monitoring qilishda, ularning yosh jihatlarini hisobga olish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz, ya’ni:


  • maktabgacha ta’lim bosqichida (2-5 yosh) - bolalarda shaxs fazilatlariga oid bilim va ko‘nikmalarning shakllanganligini ular bilan suhbat hamda o‘yin, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish orqali diagnostika qilish;


  • boshlang‘ich sinflarda (7-9 yosh) - o‘quvchilarda yuksak ma’naviyatli shaxs fazilatlariga oid bilim va ko‘nikmalarning shakllanganligini suhbat, og‘zaki so‘rov hamda kuzatish yordamida diagnostika qilish;


  • umumiy o‘rta ta’limning yuqori sinflarida (10-15 yosh) -o‘quvchilarda tarbiyalanishi zarur bo‘lgan fazilatlarga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ularning shakllanganligini aniqlash nisbatan murakkab bo‘lib, buning sababi har bir shaxs o‘zining borliqqa bo‘lgan haqqoniy munosabatini yashirishga intilishidir. Pedagog bunday hollarda o‘quvchilar va ularning tengdoshlari hamda ota- onalari bilan suhbat, diagnostika qilishga qaratilgan “nazorat ishlari” (referat, insho va shu kabilar) metodlarni, pedagogik va psixologik testlar hamda dars va darsdan tashqari faoliyatni kuzatish jarayonida ularning individual xususiyatlari va xulq-atvori to‘ g‘risida ma’lumot olish;


  • o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida (16-18 yosh) - o‘quvchi shaxsida tarbiyalanishi maqsad qilingan fazilatlarga nisbatan e’tiqodlarning shakllanganligini diagnostika qilishda suhbat, anketa va pedagogik testlarning samaradorligi keskin kamayib ketadi. Chunki, bu yoshda o‘quvchilardagi his-tuyg‘ularning tashqi namoyon bo‘lish alomatlarini osongina ilg‘ash mumkin bo‘lgani bilan, ularning ichki kechinmalarini aniqlash o‘qituvchi-pedagog nigohidan yashiringan bo‘ladi.


Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarni pedagogik diagnostika metodlarini tanlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, pedagogik diagnostika metodlarini tanlashga tizimli va majmuaviy yondashish, bir metodda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni boshqa metod hisobiga kompensatsiya qilish diagnostika natijalarini interpretatsiya qilishda aniqlik va samaradorlikni sezilarli darajada yuksaltirishga yordam beradi.


Rivojlanish faqat sof miqdor o‘zgarishlari jarayonidan, ya’ni qandaydir psixik hodisalarning, xususiyat va sifatlarning ko‘payishi yoki kamayishidan iborat bo‘lib qolmay, balki sifat jihatdan yangi xususiyatlarning, ya’ni yangidan hosil qilingan sifatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko‘rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va tarbiyaga bog‘liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi kiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to‘xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo‘nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo‘ladi va bu sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik, o‘tkinchi xarakterda bo‘ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo‘lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (L.S.Vigotskiy, A.N.Leont’ev). Bunday senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organic jihatdan yetilgan qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, bolaning, maktab o‘quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo‘yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha eritadi.
Ma’lumki, har bir davr o‘zining muhim hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o‘ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterligi sifatlarning hosil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o‘zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o‘z navbatida, o‘zidan keyingi davrning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urg‘u berib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko‘nikishdan iborat bo‘lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi.
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1) sensomotor intellekti-tug‘ilgandan 2 yoshgacha;
2) operatsiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha;
3) aniq operatsiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
4) rasmiy operatsiyalar davri.
Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:
1) homilaning ona qornidagi davri;
2) impulsiv harakat davri - tug‘ilgandan 6 oylikkacha;
3) his-tuyg‘u davri (emotsional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha;
4) sensomogor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 yoshgacha;
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha;
6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
7) jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha.
Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o‘zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.
L-S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
1. Chaqaloqlik davri inqirozi.
2. Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz.
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.
6. Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.
L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, baholi o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi, Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topdi:
1. Go‘daklik davri - tug‘ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat-bevosita emotsional muloqot;
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o‘yinlar;
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o‘qish;
5. Kichik o‘smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot;
6. Katta usmirlik yoki ilk o‘spirinli davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o‘qish, kasb tanlash davri.
D.B.Elkonin tasnifini ko‘pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.A.Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi;
1. Chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan bir oylikkacha;
2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;
4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha;
5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
6. O‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha:
7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.
Pedagogik psixologiyaning taaluqli namoyondasi B.A.Krutestkiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:
1. Chaqaloqlik (tug‘ilgandan 10 kunlikkacha);
2. Go‘daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha);
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
4. Bog‘chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha};
5. Bog‘cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);
7. O‘smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);
8. Ilk o‘spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi har ikkala tasnif puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat’iy nazar inson kamolotini to‘la ifodalab berishga ojizlik qiladi.
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko‘proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi. Shunga qaramay ular o‘qish maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:
1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oyadingi davr) -tug‘ilganidan 3 yoshgacha.
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha,
4. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.
AV.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo‘lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o‘sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, har ikkala yo‘nalishning ham oraliq jabhalari bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Ma’lumki, har bir yosh davr, o‘ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola holatining o‘zgarishi, ta’lim va tarbiya shakllarining o‘zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir:
1. Ilk bolalik davri -tug‘ilgandan 3 yoshgacha;
2. Bog‘cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha;
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha;
4. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha;
5. Ilk o‘spirinlik (kollej va litsey o‘quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyallari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo‘shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo‘lsada, hozir ontogenezni to‘la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin