Kompleks diognostik dastur
Bola shaxsiga individual yondashuv tarbiya jarayonini o‘zgartirishi va o‘quvchilarning tarbiyasi yaxshilashi mumkin. Xulq- atvor diognostikasi har doim kompleks bo‘lishi kerak.
Nima o‘rganiladi: Og‘ishish
Tashqi ko‘rinish: qarash, ko‘zning aks etishi, yuz tuzilishi, mimika, gavda holati, yurish, sun’iy harakatlar, kiyinish.
Yo‘q
Oz miqdorda
Mavjud
Jismoniy rivojlanish: ilgarilab ketgan, norma, ortda qolgan.
*
**
***
Intellektual rivojlanish: o‘qishga munosabati, idrok xususiyatlari, tafakkur sifatlari, xotira xususiyatlari, aqliy rivojlangani, yoshga muvofiqligi, faolligi.
*
**
***
Emotsional reaksiyalari: kunlik kayfiyati, o‘zgaruvchan kayfiyat, qayg‘urish, emotsiyalarning ifodalanishi, emotsiyalarning yashirinligi, agressiya, tushkunlik, bo‘shashganlik, dushmanlik, tortinchoqlik, egotsentrizm, affektlar, negativizm, o‘ziga ishonchi, alturistik harakatlari.
Axloqiy rivojlanganligi: xulq-atvor normalarini tushunganligi, ularni bajarishi, qadriyatlarga yo‘nalganligi, ideallari, hayotiy rejalari,
Sevgan mashg‘uloti va qiziqishlari: asosiy yo‘nalganligi, erishgan yutuqlari, maktabdagi o‘zlashtirishi.
Munosabatlari: o‘qituvchilar bilan, sinfdoshlari bilan, qarindosh va kattalar bilan.
Majburiyatlariga munosabati: maktab tartib qoidalariga, mehnat va o‘z-o‘ziga xizmatga, jamoaviy ishlarga.
Do‘stlik: kim bilan do‘stlashgan, qancha do‘sti bor, do‘stlari qanday?
Yaqinlariga munosabati: oilasi haqida qanday gapiradi, opa- singillariga munosabati.
Maktabdagi xulq-atvori: darsda, tanaffusda, ichish, chekish, giyohvandlik, toksik moddalar, darsga kech qo‘lish, darslardan qochish.
Ko‘chada va uydagi xulq-atvori: maktab hovlisida, ko‘chada va jamoat joylarda, ota-onasiga yordam berishi, maydonchalarda bolalar bilan o‘ynaydimi?
Assotsial xulq-atvori: o‘ g‘rilik, yolg‘onchilik, beodoblik, uyga kech qaytish, mayda bezorilik.
Diagnostik natijalarga qarab quyidagilar aniqlanadi:
Korreksion yordamga muhtoj bolalar;
Xulq - atvor og‘ishganligining xarakteri;
Har bir guruhga mos metod, texnologiya;
“Sen menga - men senga” diagnostik metodikasi.
Dostları ilə paylaş: |