Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


) Sinaluvchining testni bajarish faolligini oshirishga esa



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə34/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

6) Sinaluvchining testni bajarish faolligini oshirishga esa yozma va og’zaki testlarga mos ravishda yozma va og’zaki javoblarni qo’llash. Masalan, harakat testlarida, ayniqsa, kompyuterlarda klavishlarni bosishdan tortib, dasturlar yoki qism dasturlarni chiqarishgacha hamda hisoblash ishlarini o’tkazish va grafikrlarni chizish, loyihalashtirish kabilarda. Harakat testlari o’qish yoki ishlash qurilmalarida mashq (trenajerlarda) testlarini mutaxassislik bo’yicha o’qitish tizimlariga kiritish mumkin.
7) Testning nomogenlik darajasi (bir jinslik) testni tuzuvchi muallif tomonidan rejalashtirilgan bo’ladi. Shu jumladan:
a) ko’zlangan maqsadga qarab testning nimani tekshirish kerakligi, ayniqsa, integrativ xarakterdagi asosiy elementlar ichidan (masalan, ma’lum amallarning talab qilingan darajada yoki shu amallarni bajarishda sifat, miqdor, tezlik, ketma – ketlik, javobgarlik kabi bir qancha) asosiy omillarni hisobga olish;
b) shakllantirilgan testda topshiriqlar tuzilishi shaklining bir jinsligi (gomogenligi) yoki turli shaklda bo’lishligi.
8) Vaqt omili – testning tezkor bo’lishi, topshiriqlarning funktsional ravishda ma’lum belgilangan vaqtda bajarish zarurligi: qaysi yo’l bilan, nimaga asoslanib vaqtni, baholash vaqtining sarflanish chegarasi belgilangan bo’lishligi.
9) Testlashtirishni tashkil etish usullariga esa umumiy, individual yoki juda kam qo’llaniladigan, lekin juda samarali hisoblangan alohida usuli ham tekshiriluvchilarning tashxischi bilan yuzma – yuz, xolis (testlashtirishning EHM vositalaridagi individual dasturning zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi.
Chet el pedagogikasi testlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularni bizning milliy pedagogikamizga ko’r – ko’rona ko’chirib bo’lmaydi. Chunki, ko’pchilik chet el testlari yagona dastur bo’lmagan sharoit uchun tuzilgan. Bizning yagona dasturimizning asosiy maqsadi axborot madaniyatining (kompyuter orqali) namoyon bo’lishi va o’quv dasturi asosiy talablarini bajarilishi bizning testlarimizda asosiy talab – dasturga munosabat bo’yicha xotiradagini eslash bo’ladi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin