talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini tahlil rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkil etish;
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish”, deb ta’kidlanadi.
Yuqorida keltirilgan hujjatdagi asosiy maqsaddan va qator vazifalardan quyidagi talablar kelib chiqadi.