Erishilgan darajani aniqlovchi testlar ta’lim oluvchi ma’lum sohada o’zlashtirgan bilimlar miqdorini o’lchaydigan standartlashtirilgan testlardir. Bu kabi testlarni butun guruhga yoki individual ravishda ishlatish, natijalarni hisoblashda turlicha ball tizimi qo’llanilishi mumkin.
Tashxislovchi testlar ta’limdagi muammolarni belgilab olish uchun individual ravishda qo’llaniladi.
3) Testlarning didaktik – psixologik yo’nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki adaptatsiyasidan o’tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:
a) nazariy bilimlarni nazorat qilish uchun o’zlashtirish testlari;
b) berilgan fan (o’quv va mutaxassislik) bo’yicha bilim va malakalarni nazorat qilish testlari;
v) o’qitish testlari (ma’lum fan yoki uning tsikli bo’yicha o’quv imkoniyatlarining diagnostikasi).
4) Nazorat bosqichlari bo’yicha yo’nalish: a) kirish nazorati (Oliy o’quv yurtiga kirishdagi yoki kursni, fan bo’limini va o’qitish bosqichining boshlanishidagi nazorat);
b) kundalik (joriy) nazorat – bu har kuni amalga oshiriladigan yoki o’quv jarayoni mavzulari bo’yicha o’tkaziladigan nazorat;
v) oraliq nazorat – bu muayyan fanning alohida bo’lishi tugashi munosabati bilan o’tkaziladigan nazorat;
g) yakuniy nazorat – bu ma’lum kurs (fan) ning tugashi munosabati bilan o’tkaziladigan nazorat.
5) Testlashtirishning diagnostik (tashxislanganlik) darajasi bo’yicha berilgan testdan ko’zlangan maqsad: a) Simptomatik diagnostikaga, ya’ni bilim va o’zlashtirishning “yuqori qatlamlariga” qaratilishi (ya’ni, ma’lum qonuniyat yoki formulalarni bilish, bilmasligi yoki tanish – notanishligi va boshqalar);
b) Etilogiya diagnostikaga, tekshiruv – aloqa sababi (nima uchun aynan o’sha bilimlarni bilmasligi va buning qay darajada boshqa bilimlarni bilishga bog’liqligi)ga qaratilishi;
v) tipologiya diagnostikada esa ta’lim oluvchining o’tilayotgan dars va bilimlarni bilishga, o’zlashtirish va uddalay olishida qanday g’oyalarni kuchaytirish kerakligiga qaratilgan bo’ladi.