Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə46/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Tavsiyalar:
1. Ta’lim natijalarini hisobga olishda matematik – statistik metodlaridan foydalanish ta’lim samaradorligini aniqlashda fundamental asos bo’lib hisoblanadi. Buni muayyan mavzuni o’zlashtirish misolida ko’rib chiqing.
2. Ta’lii natijalarini nazorat qilish funktsiyalari ta’limni olibborishning optimal variantlarini kafolatlaydi. Muayyan fan bo’yicha o’zlashtirish natijalarini baholash bo’yicha ulardan foydalanib ko’ring.
3. Didaktik testlar ta’lim nazariyasi amaliyotida mustahkam o’rin tutadi. Didaktik materiallarning ta’lim mazmunini boyitishdagi mazmun – mohiyatini ochib berishga harakat qiling.
4. Standartlashtirilgan testlar ta’lim jarayonini rostlash va boshqarishda muhim didaktik asos bo’ladi. Bunday jarayonlarda teskori aloqani ahamiyati beqiyos. Siz uni yoritishga harakat qiling.
5. Ta’lim natijalarini tashxislashda testlashtirishlarning ahamiyati beqiyos. Siz mazkur jarayonda ta’lim natijalari monitoringini yuritishga harakat qilib ko’ring.
6. Baholash mezonlari va uning monitoringining ta’lim jarayonini boshqarishga ta’sirini tahlil qilib ko’ring.
7. Baholash tamoyillari va uning monitoringining ta’lim jarayonini boshqarishga ta’sirini tahlil qilib ko’ring.
8. Ta’lim oluvchining o’zlashtirishidagi asosiy va ikkinchi darajali ko’rsatkichlarni aniqlang. Ularni muayyan bir mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tahlil qilib ko’ring.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Podlaso’y I.P. Pedagogika. V 2-x kn. 1.– Moskva, Vlados, 2001.–342 s.

2. Hasanboev J., Sariboev H., Niyozov G., Hasanboeva O., Usmonboeva M. Pedagogika. O’quv qo’llanma. – Toshkent: Fan, 2006. – 282 b.


Testlari


1. O’quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) O’qish mehnat;
B) Mehnat o’yin;
*S) O’yin, o’qish;
D) Muomala mehnat.
2. Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish qanday ketma-ketlikda olib boriladi?
A) joriy tekshirish; yakuniy tekshirish va hisobga olish;
B) joriy tekshirish; davriy tekshirish; yakuniy tekshirish;
*S) joriy tekshirish; takroriy tekshirish; davriy tekshirish; yakuniy tekshirish va hisobga olish;
D) joriy tekshirish; takroriy tekshirish; davriy tekshirish; oraliq tekshirish, yakuniy tekshirish va hisobga olish;
3. Pedagogikada ta’lim oluvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish qanday tamoyillari mavjud?
*A) xolislik, tizimlilik, ko’rgazmalilik;
B) ob’ektivlik, tizimlilik, sistemalilik;
S) sistemalilik, ko’rgazmalilik, oshkoralik;
D) xolislik, ob’ektivlik, sistemalilik.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin