Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə76/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Adabiyot
1. Abramova G.S. Psixologik maslahat seminar. Ekaterinburg. M., 2005 yil.
2. Abramova G.S. Psixologik maslahat. Nazariya va tajriba. M. 2007 yil
3. Abramova G.S. Amaliy psixologiya. M. 2004 yil
4. Bondarenko A.F. Psixologik yordam: nazariya va amaliyot. M.: "Sinf" mustaqil firmasi, 2006 y.
5. Gladding S. Psixologik maslahat. SPb. 2007 yil
6. Zaxarov A.I. Bolalardagi qo‘rquvni qanday engish mumkin. M. 2005 yil
7. Kottler J., Braun R. Psixoterapiya bo‘yicha maslahat SPb. "Piter" 2003 yil P. 464
8. May R. Psixologik maslahat san’ati. M., 2002 yil.
9. Nelson - Jons R. Maslahat berish nazariyasi va amaliyoti. SPb. 2002 yil
10. Nemov R.S. Psixologik maslahat. M. 2002 yil
11. Nemov R.S. Psixologik maslahat asoslari. M.: VLADOS. 2005 yil
12. Obozov N.N. Psixologik maslahat: Uslubiy qo‘llanma. SPb., 2006 yil.
13. Osuxova N.G. Nazariy pozitsiya va amaliyot: Maslahat berishning ikkita yondashuvini qiyosiy tahlil qilish. M. 2004 yil
14. Pease Alan tana tili. M.: EKSMO-Press, 2004 yil.
15. Rojers KR psixoterapiyani ko‘rib chiqing. Erkakka aylanish. M.: Taraqqiyot. Universum, 2000 yil
16. Rojers C.R. Maslahat va psixoterapiya. Amaliy ish sohasidagi so‘nggi yondashuvlar. M.: Eksmo-Press, 2002 yil.
17. Serova I.V. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo‘rquv bilan maslahat berish. M. 2003 yil

2-MODUL. PEDAGOGIK KORREKSIYA
17-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYANING MAQSADI VA VAZIFALARI


Asosiy savollar:
1.
Qomusiy lug‘atda “korreksiya” so‘zi.
2.
Pedagogik korreksiya - tarbiya jarayonida yoshlarning ma’naviy- ma’rifiy sohalarda oldin yo‘l qo‘ygan nuqsonlarini bartaraf etish jarayonidir.
3.
Pedagogik korreksiyaning maqsadi va vazifalari.

Qomusiy lug‘atda “korreksiya” so‘zi “tuzatish” deb talqin qilingan. Maxsus pedagogikaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarda “korreksiya” tushunchasiga “anomal bolalarning psixik va fiziologik rivojlanishidagi tafovutlarni bartaraf qilish yoki kamaytirishga qaratilgan jarayon, chora-tadbirlar tizimi” deb qaraladi (V.V. Voronkova, I.G.Eremenko, S.D.Zabramnaya, V.A.Lapshin, B.P.Puzanov, P.M.Pulatova va boshqa.).


Korreksiya - hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyatdir (M. Quronov).
Pedagogik korreksiya - tarbiya jarayonida yoshlarning ma’naviy- ma’rifiy sohalarda oldin yo‘l qo‘ygan nuqsonlarini bartaraf etish jarayonidir (R.S.Nemov, D.V.Olshanskiy G.Broer, G.Mattes).
Pedagogik korreksiyaning mohiyati - o‘quvchilar shaxsiy sifatlarining rivojlanganlik darajalarini tahlil qilib, ularning ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash hamda tuzatishga, ijtimoiy va kasbiy zarur fazilatlarni yanada rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan pedagogik tadbirlar tizimidan iboratdir.
O‘quvchilar bilan pedagogik korreksiya faoliyatini tashkil etishning, pedagogik faoliyatning boshqa turlari kabi o‘z maqsadi, obyekti, sub’ekti, vazifalari, metodlari va vositalari mavjud. Ta’lim muassasalarida pedagogik korreksiyaning asosiy maqsadi - o‘quvchi- yoshlar shaxsini maqsadli rivojlantirish, ularning istiqboldagi ijtimoiy- psixologik va kasbiy adaptatsiyasi jarayoni samaradorligini oshishiga ijobiy ta’sir qiluvchi sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, mazkur jarayonga salbiy ta’sir etavchi omillarni tuzatish va bartaraf etishdan iborat.
Shu sababli ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan pedagogik korreksiya faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalari deb quyidagilarni belgilash mumkin:
  • deviant xulqli o‘quvchilardagi mavjud og‘ishlarni korreksiya qilish;


  • o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi hamda ijtimoiy faolligini maqsadli oshirish;


  • o‘quvchilarda ijtimoiy me’yorlarga mos keladigan ijobiy fazilatlarni shakllantirish;


  • o‘quvchilarning samarali ijtimoiylashuviga yordam beradigan (kompensator) fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish;


  • o‘quvchilarda bo‘lajak kasbiy faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi (yoki qilishi mumkin bo‘lgan) sifatlarni bartaraf etish;


  • o‘quvchilarda bo‘lajak kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish;


  • o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olishga intilishni shakllantirish;


  • o‘quvchilarni individual tarzda korreksiya qilish va rivojlantirishda ta’limning differentsiallashgan pedagogik sharoitlarini yaratish;


  • ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari faoliyatini psixologik- pedagogik ta’minotini amalga oshirish;


  • ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari - ma’muriyat, pedagoglar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan in-klyuziv ta’lim masalalari bo‘yicha informatsion-ma’rifiy tadbirlarni olib borish.


Pedagogik ta’sir samaradorligi ta’sir obyekti va ta’sir subyektlarining o‘zaro munosabatiga bog‘liq bo‘lib, bu hol tarbiyaviy ta’sir obyektining o‘zi tarbiya jarayonida faol ishtirok etishini, uning o‘zi barkamol bo‘lishga intilishini hamda pedagog tomonidan bo‘ladigan ta’sirga ongli munosabat shakllarini taqozo etadi. O‘quvchining ta’lim- tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlikni, barkamol bo‘lishga intilishni hamda pedagog tomonidan bo‘ladigan tarbiyaviy ta’sirlarga ongli munosabatda bo‘lishni shakllantirish “tarbiyaviy mobillikni shakllantirish jarayoni” deb nomlanadi. O‘quvchida bo‘lajak korreksioyalarga nisbatan ehtiyojning shakllanganligini esa “tarbiyaviy mobillik” deb yuritiladi. Yoshlarda tarbiyaviy mobillikni shakllantirishda ulardagi mavjud qobiliyat va fazilatlarning shakllanganlik darajalaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Shaxsda u yoki bu fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, ko‘p jihatdan, korreksiya jarayonidagi maqsadli ko‘rsatmalarga bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘rsatmalar shaxsni bo‘lajak faoliyatga psixologik tomondan tayyorlanib borishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham pedagogik korreksiya faoliyatini “shaxsni tarbiyalanish jarayonini boshqarish, unda zarur bo‘lgan ijtimoiy, psixologik va kasbiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish” deb ham qarash mumkin.
Shaxsning alohida olingan fazilatini rivojlantirish nihoyatda katta muammo hisoblanadi. Masalan pedagogik korreksiya jarayonida o‘quvchidagi “jur’atsizlik” sifatini (aslida buni illat deb hisoblash mumkin) kamaytirish yoki “ijtimoiy faollik” fazilatini rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, korreksion faoliyat jarayonida yaxlit shaxs sifatlari tizimini, uning xarakteridagi barcha kuchli va ojiz tomonlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi, Bunda korreksion ta’sirning yo‘llari va vositalarini tanlashda ham o‘quvchi shaxsining individualligini, uning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu esa, o‘z o‘rnida korreksion tadbirlarning o‘quvchini shaxsiy, axloqiy va kasbiy xislatlarini, hayotiy tajribasini hamda tuzatilishi rejalashtirilgan sifatlarga nisbatan undagi munosabatni hisobga olgan holda individuallashtirilishi talab qilinadi.
  • o‘quvchida korreksiyaning maqsadi tog‘risida aniq tushunchaning shakllanganligi;


  • o‘quvchi belgilangan maqsadga erishish uchun korreksiya jarayonida bajarilishi zarar bo‘lgan vazifalarni hamda ularning ketma-ketligini bilishi;


  • pedagog va o‘quvchining korreksiya jarayoniga tayyor bo‘lishi;


  • korreksiya jarayonida o‘quvchining faolligiga erishish;


  • pedagog tomonidan o‘z tajribasini tahlil qilib, uning ijobiy va salbiy jihatlarini farqlashga intilishi;


  • korreksiya jarayonida vaqt me’yorlariga rioya qilish;


  • zarur moddiy-texnika bazasining mavjudligi.





Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin