Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə80/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Mashq qildirish - shaxs faoliyati va harakatlarida zarur bo‘lgan ko‘nikma hosil qilish usuli bo‘lib, mustahkamlanishga qadar bo‘lgan ko‘p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko‘nikmalarning shaklanishi quyidagi ketma-ketlikda sodir bo‘ladi:
  • vazifa qo‘yiladi;


  • vazifaning bajarilish qoidalari tushuntiriladi;


  • vazifalarni bajarishga shaxsda ehtiyoj uyg‘otiladi;


  • vazifa amalda bajarib ko‘rsatiladi, amaliy mashq tashkil qilinadi;


  • to‘g‘ri bajarishga talablar qo‘yiladi;


  • talablarni bajarib zarurligi eslatiladi;


  • vazifaning qay darajada talablarga muvofiq va to‘g‘ri bajarilishi kuzatib boriladi.


Pedagogik korreksiya faoliyatida rag‘batiantirish va jazolash metodlaridan ham foydalaniladi.


Rag‘batiantirish va jazolash - o‘quvchi shaxsiga ta’sir qilishning murakkab usullaridan bo‘lib, ular o‘quvchi xarakterida ma’lum axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Bunda, rag‘batiantirish - harakat va holatni ma’qullaydi, jazolash esa - noto‘g‘ri harakat va faoliyatni qoralaydi, unga yomon baxo beradi. Jazolash va rag‘batlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi muharrar bog‘liqlikni eslatadi (rag‘batlantirish - qoniqish, jazo - norozilik).
Pedagogik korreksiya jarayonida bu metodlar pedagog tomonidan turli ko‘rinishlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bular o‘quvchini qayta ishontirish, ogohlantirish kabilarni ham o‘z ichiga oladi.
Qayta ishontirish ishontirish metodiniig bir ko‘rinishi bo‘lib, uning mohiyati o‘quvchi ongidan noto‘g‘ri tasawurlar, xato hayotiy rejalarni mantiqiy tushuntirish orqali surib chiqarlishdan iborat.
Ogohlantirish metodi pedagogik korreksiyada keng qo‘llanilnb, u o‘quvchining noto‘g‘ri xatti-harakatlarining oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llaniladi.
20-MAVZU. PEDAGOGIK KORREKSIYADA TA’LIMNING MA’LUMOT BERUVCHI METODLARIDAN FOYDALANISH.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin