Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining asosiy fazasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə96/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining asosiy fazasi
Pedagogik korreksiyaning asosiy fazasida bevosita korreksion 11 vo|lanliruvchi ish o‘tkazilib, u quyidagi ketma-ketlikdagi I и mi ichlardan iborat bo‘ladi:
1.
O‘quvchi(lar) bilan birgalikda mavjud muammo yoki muammoli vaziyat(lar)ni tahlil qilish.
2.
Muammo(lar)ni ratsionallashtirish, ya’ni maqsadga muvofiq yechim yo‘l(lar)ini kо’rib chiqib eng optimal yechim yo‘lini tanlash.
3.
Korreksiyaning shakl hamda metodlarini tanlash va o‘tkazishda о‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

O‘quvchi(lar) bilan birgalikda mavjud muammo yoki muammoli in/iynl( Inijni taxlil qilish bosqichida, pedagogik korreksiyaning •пиццudorligini oshirish maqsadida, o‘quvchi shaxsining o‘ziga hos Mimimviitliuini hisobga olgan holda, quyidagi ishlar amalga oshiriladi:


  • individual suhbat jarayonida o‘quvchida qaysi modallik operatori (vi ziiiil. audial yoki kinestetik) yetakchi ekanligi aniqlanadi;


  • diagnostika natijalariga asoslangan holda, o‘quvchidagi muammoli vaziyat imkon qadar aniq va qisqa jumla bilan ifodalanadi. Bunda muammoning kelib chiqish sabablari, uni o‘quvchining kelajakdagi faoliyatiga qay darajada salbiy ta’sir qilishi mumkinligi aniqlanadi;


  • o‘quvchining hozirgi muammoli holati (HMH) hamda uning o‘zi erishishni istagan holati (EIH) so‘z bilan, aniq va tushunarli qilib, yozma ravishda ifodalanadi;


  • agar zarur fazilatlarni shakllantirish imkoni bo‘lmasa, u holda rivojlantirish mumkin bo‘lgan kompensator sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlari kо’rib chiqiladi;


  • o‘quvchining o‘zini-o‘zi baholashi hamda uning bo‘lg‘usi korreksion o‘zgarishlarga munosabati o‘rganiladi.


Pedagogik korreksiya jarayonida muammoli vaziyatlarni tahlil qilish ikki bosqichda amalga oshirish mumkin bo‘lib, bu bosqichlar mos ravishda “birlamchi tahlil” va “ikkilamchi tahlil” deb yuritiladi.


Muammoli vaziyatning birlamchi tahlili o‘quvchiga quyidagi savollarni berish orqali amalga oshiriladi.
  • muammo qachon paydo bo‘lgan?


  • muammo qayerda va qanday hollarda (vaziyatlarda) paydo bo‘lgan?


  • muammo qanday ko‘rinishda namoyon bo‘ladi?


  • muammo kim bilan muloqotga kirishganingizda paydo bo‘ lgan?


  • muammo qanday vaziyatlarda paydo bo‘ladi?


  • muammo faoliyatingizda nimani boshqacha bajarishingizga majbur qiladi?


  • muammoning bartaraf qilinishi sizning faoliyatingiz samaradorligi uchun qay darajada muhim?


  • muammoni qaysi usullar bilan bartaraf qilish mumkin, deb hisoblaysiz?


  • muammo bartaraf qilinganligini qanday qilib bilishingiz mumkin?


O‘quvchilarda pedagogik korreksiyaning maqsadi va vazifalari to‘g‘risida tushuncha shakllanishiga muammoning ikkilamchi tahlili yordam beradi. Buning uchun o‘quvchiga, mavjud muammoga nisbatan uning munosabatini o‘rganishga qaratilgan quyidagi savollarni berish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi.


  • siz pedagogik korreksiya yordamida qanday natijaga erishmoqchisiz?


  • maqsadga erishganingizni qanday bilib olasiz? Bunda Sizning xulq-atvoringizda, his-tuyg‘ularingizda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin?


  • qanday sharoitda korreksiya maqsadiga erishish siz uchun muhim, qanday sharoitda esa bunga unchalik zaruriyat yo‘q


  • ushbu maqsadga erishishingiz uchun sizga nima (qanday sharoit, vosita va shu kabilar) kerak?


  • nima sababdan siz bu natijalarga ilgari erishmagansiz?


  • siz maqsadga erishsangiz nima sodir bo‘ladi- yu, erishmasangiz nima sodir bo‘ladi?


  • maqsadga erishish sizning umidlaringizni oqlaydimi?


Muammo(lar)ni ratsionallashtirish bosqichida o‘quvchi bilan individual shaklda o‘tkaziladigan tushuntiruvchi suhbat jarayonida amalga oshiriladi. Suhbat o‘quvchi faoliyati uchun zarur bo‘lgan axloqiy , ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarning ahamiyati, ularni shakllantirish yo‘llari va vositalari to‘g‘risida ma’lumot beradi, shaxsida u fazilatlarning shakllanganlik darajalari muhokama qilinadi hamda nun jud muammolarni bartaraf qilishning turli yo‘llari birgalikda tahlil qilinib, ulardan eng maqsadga muvofiq to‘g‘ri tanlab olinadi. Bunda o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholashiga pedagog alohida e’tibor qaratishi iniiliini ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu bosqichda muammoni tahlil qilish bosqichidagi savollar qisman takrorlanishi mumkin.


O‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huicktsiya shakl hamda metodlarini tanlash va qo‘llash bosqichida o‘quvchida, maxsus algoritmlashtirilgan mashqlar asosida muhim ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarning elementlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Bunda rolli o‘yinlardan foydalangan holda, turli ijtimoiy vaziyatlarda shaxsga o‘zini tutish, atrofidagilar bilan munosabatlarni lu’ilikil qilish, o‘z faoliyatini rejalashtirish va o‘zini boshqarish иhinnliiliii i ko‘rilishi mumkin.
Pedogogik korreksiya amaliyotida guruhli munozara hamda kichik guruhlar bilan ishlash, amaliy topshiriqlar va individual mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilishi nisbatan ko‘p kuzatiladi. Ushbu tarbiyaviy ish shakllari har bir pedagog uchun nihoyatda tanish bo‘lib, umumpedogogik faoliyat jarayonida doimo qo‘llanilib kelinmoqda.
Pedogogik korreksiya tadbirlari guruh bilan o‘tkaziladigan bo‘lsa eng asosiy tamoyil - guruhdagi o‘quvchilar uchun korreksiya qilinishi ko‘zda tutilgan muammoning yagonaligi hisoblanadi. Aks holda korreksion tadbirning samaradorligi pasayib, ularning barchasi o‘quvchilar uchun zerikarli majburiy mashg‘ulotlarga aylanib qolishi mumkin.
Korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlar guruhli yoki individual shakllarda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, unda asosan ma’lumot beruvchi va interfaol metodlar guruhlaridan foydalaniladi. Bahs-munozaralarni o‘tkazish mavzulari o‘quvchilardagi mavjud muammolar mazmunidan kelib chiqib oldindan belgilanishi (masalan, “Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga mening munosabatim”, “Mening hayotda tutgan o‘rnim”, “Kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lishim uchun menga nimalar kerak”, “Giyohvandlik va axloqsizlik bizni qanday holatlarga olib kelishi mumkin?” va h.k.) maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin