Pedagoglarni diagnostik va korreksion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi
Pedagogning biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilardn u haqida paydo bo‘lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, tarbiyachining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga “hal etiladi. Pedagogning obro‘sini saqlayman, deb kattalar ba’zan bolaning qadr-qimmatini kengaytiradilar, o‘qituvchidan kechirim so‘rashga majburiy qiladilar. Baholanki, bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri xatti-harakati sabab bo‘lgan. Pedagoglarning bu ishi axloqiy tarbiya talablariga to‘g‘ri kelmaydi.
Bu o‘rinda gap pedagogning odobi haqida bormoqda. Zero, pedagogning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyati, shu faoliyatning samara berishi, ta’sirchan bo‘lishi uning ma’naviy-axloqiy munosabatlari va muomalasi samimiy bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, pedagog olib borayotgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarning hosilasi uning tarbiyachilik odobiga va shu xislatga dahldor ta’lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etuvchi tarbiyalanuvchilarning axloqiy - ruhiy kayfiyati va ichki olamiga bevosita bog‘liqdir.
Shuning uchun pedagog, o‘zini faoliyatning barcha jarayonlariga tayyorlashi, o‘zining ta’lim - tarbiya usullari ustida tinmay ishlashi, pedagogik yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lishi, o‘z faoliyatini o‘zi baholab, kamchilik va qusurlarini bartaraf eta borishi muhimdir. Bu pedagogning o‘z-o‘ziga talabchanligi tufayli amalga oshadi.
Pedagogik jarayonning o‘zida ham faoliyatning turli sohalarida masalan, o‘quv ishlari sohasida, jamoat ishlarini bajarishda, o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarda, dam olish paytlarida turlicha muomala- munosabatlar mavjud.
Demak, pedagog o‘z odobi, muomala madaniyatining yuksakligi, jamoatchilik orasida o‘zini tutishi, kiyinish dunyoqarashi va milliy g‘ururining balandligi bilan boshqalardan farqlanishi hamda o‘rnak bo‘lishi tarbiyalanuvchilarda iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Pedagog hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar va o‘smirlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bolalar ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy, milliy axloq va milliy g‘urur normalarini (me’yorlarini) o‘zlashtiradi. Tarbiyalanuvchi muomala odobini, milliy axloq va milliy g‘ururni asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ochiq chehra, ko‘tarinki kayfiyat va ayniqsa, samimiyat pedagog axloqining asosiy nuqtalaridan hisoblanadi. Ular o‘zlari bolalarning yaqin do‘sti, birodari, har bir sohada maslahatchi sifatida namoyon bo‘lishlari lozim. Bu axloqiy sifatlar tarbiyalanuvchilar qalbiga kirib borishida va munosib joy olishda muhim ahamiyatga ega.
Mas’uliyatni belgilovchi asosiy omillar sifatida pedagogning ongliligi, zukkoligini, istagan vaziyat va holatda tegishli qarorga keladi, yani amalga oshira olishini ko‘rsatish mumkin. Demak, diagnostik va korreksion faoliyat pedagoglar oldiga quyidagi ma’sulyatli vazifalarni ko‘ndalang qo‘yadi:
tarbiyalanuvchining ruhiy holatlarini to‘g‘ri baholash;
o‘zining xatti-harakati, tarbiyachilik mahorati orqali bola qalbi va yuragidan chuqur o‘rin egallash;
ta’lim-tarbiya jarayonida chuqur nazariy bilim va milliy g‘oya asosida tarbiya berish;
tarbiyalanuvchilar ongiga ijobiy axloqiy fazilatlarni singdirish;
tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlangan barkamol insonlar qilib tarbiyalash va shu kabilar.
Yuqorida tahlil qilingan pedagogning pedagogik odobi va vijdoni, burchi va mas’uliyati, axloqi va sha’ni, muomala odobi va shu kabilar pedagogning mahoratini belgilab beruvchi mezonlarbilan belgilanadi.
Pedagoglar tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik- korreksion faoliyat olib borishga har tomonlama tayyor bo‘lmog‘liklari lozim. Ana shu nuqtai nazardan pedagogning kasbiy faoliyat qiyinchiliklariga shaxsiy tayyorligi-bu murakkab jarayon bo‘lib, uch-motivattsion, kognitiv axloqiy-psixologik mazmunga egadir. Mazkur tarkibiy i|i»iidui Idlaii bog‘liqlikda qator ko‘rsatkichlarini ochib berish orqali lllmiu -linkILinlirish mezonlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin (1-rasm).
|
|
|
yo‘qo‘lishi
|
2.0’quvchilarning hayotiy pozittsiyasi shakllanishiga yordam berishga intilish
|
1 )o‘ quvchilarga yordam berishga faollantirish;
shaxsiy tashabbus ко’ rsatmagan holda
o‘quvchilarga yordam berish istagi;
o‘quvchilarga loqayd munosabatda bo‘lish
|
3.Kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish motivining mavjudligi
|
kasbiy va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan extiyoj;
kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklarni engib o‘tishga intilish;
o‘z faoliyatidagi nimanidir o‘ zgartinshga hohi shning mavjud emasligi
|
|
Kasbning o‘ ziga xosliklandan xabardorlik
|
1 .Diagnostik va korreksion faoliyatning o‘ziga xosliklari haqida ma lumotga egalik
|
diagnotsistk va korrekttsion faoliyatning o‘ziga xosligi haqidagi bilimlarining
to‘ liqligi, chuqurligi va tizimliligi;
diagnostik va korreksion faoliyatning o‘ziga xosliklari va talablari haqidagi bilimlari tizimli bo‘lmasa ham, yaxlitlikda to‘ g‘ riligi;
diagnostik va korrekttsion faoliyat haqida zaruriy bilimlarning mavjud emasligi
|
2.Yosh va individual xususiyatlari bilan bog‘ liqlikda o‘quvchilarning o‘ziga xosliklari va muammolarini bilish va tushuni sh
|
o‘quvchilarning ijtimoiy, tibbiy-psixologik muammolari, pedagogik
o‘ziga xosliklari haqida chuqur bilimga egalik;
o‘quvchilarning o‘ziga xosliklari va muammolari haqida chuqur tushunish mavjud bo‘ lmasa-da, yaxlitlikda ularning to‘g‘riligi;
o‘quvchilarning o‘ziga xosliklari haqidagi zaruriy bilimlarning mavjud emasligi
|
3.Diagnostik va korrekttsion faoliyatni
|
1) diagnostik va korreksion faoliyatni olib boruvchi
|
|
|
olib boruvchi pedagog sifatida kasbiy faoliyat bilan bo g‘ liq qiyinchiliklarni tasawur qilish
|
pedagog sifatida kasbiy faoliyat bilan bo g‘liq qiyinchiliklarni aniq tasawur qila olish;
yaxlitlikda to‘g‘ri, biroq kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklar haqidajuda umumiy tasawurga egalik;
kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklar haqida adekvat bo‘ lmagan tasawuming mavjudligi
|
|
|
|
l.Empatiya tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro ijobiy harakat sharti sifatida
|
empatiya qobiliyatining yuqori darajada rivojlanganligi;
o‘ rtacha aks etuvchi empatiyaning mavjudligi;
empatiyaning sust namoyon bo‘ lishi
|
|
|
a » «
|
2.0’quvchi shaxsini hurmat qilish sifatidagi tolerantlik
|
tarbiyalanuvchilar bilan munosabatda tolerantlik tamoyiliga amal qilinishiga doir shaxs sifatining doimiy, yaxshi namoyon bo‘lishi;
talerantlik tamoyilini e’tirof etish;
ba g‘ri kenglikning etishmasligi
|
»
|
|
|
3.Emotsional moslashuvchanlik
|
qiyin pedagogik vaziyatlarda o‘zining salbiy empatiyasining nazorat qilish qobiliyatining yuqori darajada rivojlanganligi;
o‘zining emotsional holati usd dan nazoratning mavjudligi;
o‘z his-tuyg‘ ularini jilovlay olishning mavjud
emasligi
|
4-rasm pedogogning diagnostika korreksion faoliyatni tashkil etishga doir
kasbiy kompetentligining tarkibiy qismlari
Pedagoglarning tahsil oluvchilarni doimo kuzatib borishining o‘zidayoq diagnostik faoliyat hisoblanadi. Diagnostik axborotlarni ma’lum ko‘rsatkichlar (guruh ishlari, test, anketa va boshqalar), orqali yoki ularsiz (oddiy kuzatish orqali) yig‘ish mumkin.
Diagnostik faoliyatda quyidagi yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
a.
solishtirish;
b.
tahlil;
c.
bashorat (prognoz) qilish;
d.
interpretattsiya (talqin qilish);
e.
diagnostik faoliyat natijalarini o‘quvchi-talabalarga yetkazish;
f.
turli diagnostik metodlarning yoshlarga ta’sirini nazorat qilish.
Solishtirish - diagnostik jarayonning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Biz hayotdagi har bir narsani kuzata turib, beixtiyor uni solishtiramiz. Ko‘rgan narsamizni o‘z tajribamizga moslab tahlil qilishni, unga baho berishni xohlaymiz. Shu maqsadda xotiramizdagi xuddi shunday yoki shunga o‘xshash kuzatishlarni esga olamiz. Faqat o‘z kuzatishlarimiz emas, balki o‘zgalar tomonidan o‘tkazilgan kuzatishlar ham tadqiqot klassifikattsiyasiga yordam berishi mumkin. Yangi kuzatishda solishtirishga asos yo‘q bo‘lsa, kuzatishimizda unga yaqinroq bo‘lgan kategoriyadan foydalanishga harakat qilamiz.
Insonning xulqini kuzata turib, uning oldingi xulqi yoki hozirgi kundagi va o‘tmishdagi boshqa individning xulq-atvori bilan, kimningdir xulq haqidagi fikrlari bilan solishtiramiz. Bu pedagogik diagnostikada individual, ijtimoiy yoki obyektiv solishtirish normalari deb hisoblanadi.
Normalar pedagogik diagnostikada yoshlarning ma’naviy. darajasini baholash uchun zaruriy axborotlar to‘plashni bildiradi. Masalan, biz to‘plagan axborotlar intellektni o‘lchovchi quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin: diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolar soni, matematikadan to‘g‘ri yechilgan misollar soni, uchta mashg‘ulot davomida olingan spontan javoblar soni, testdan to‘g‘ri bajarilgan topshiriqlar soni yoki shaxsning tarbiyalanganligini bildiruvchi axloqiy kategoriyalar: qiyin vaziyatda o‘zini tuta bilishi,to‘g‘ri ma’nodagi sovuqqonlik, ijtimoiy foydali mehnatda ko‘rsatgan kо’rsatkichlari, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish, ijtimoiy faollik darajalari kabilar. Lekin bu axborotlar to‘la informativ emas. Bizga ayrim holatlarda kriteriya va normalar yetishmaydi.Agar o‘quvchi-yoshlarimiz yozma ishda 9 ta xatoga yo‘l qo‘yganligi ma’lum bo‘lsa, uni baholash uchun yozma ishning murakkablik darajasini bilishimiz kerak. Bundan tashqari, xuddi shu sharoitda boshqa ta’lim oluvchilar yozma ishni qanday yozganliklarini yoki o‘quv maqsadiga erishish uchun qancha xatogacha yo‘l qo‘yilishi mumkinligini bilishimiz kerak. Boshqacha so‘z bilan aytganda solishtirma tahlilni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |