Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


-MAVZU. SHAXSIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə94/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

26-MAVZU. SHAXSIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI


Asosiy savollar:
1.
Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining tayyorgarlik ko‘rish fazasi.
2.
Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining tayyorgarlik ko‘rish fazasi mazmuni.
O‘quvchilar bilan pedagogik korreksiyani samarali tashkil qilish uchun pedagogdan mazkur faoliyatga tizimli yondashish talab etiladi. Pedagogik korreksiyada ushbu yondashish shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasini qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin.

Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasi bir necha lnzndan iborat bo‘lib, o‘quvchilar bilan korreksion-rivojlantiruvchi liulliirlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rish fazasi, bevosita korreksiya (rivojlantirish) fazasi hamda korreksiya ishlarini yakunlash fazasini о‘z ichiga oladi. Ushbu fazalarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va mantiqiy ketma-ketlikda joylashgan tarkibiy qismlardan, ushbu qismlar maxsus tashkil qilinadigan tadbirlardan iborat bo‘ladi. Korreksion tadbirlar, o‘z navbatida bosqichma-bosqich va maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etiladi.


Odatda pedagogik korreksiyada shaxsiy faoliyat samaradorligini o‘.liiiish texnologiyasini pedagog hamda o‘quvchi o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy to‘siqlarni kamaytirishdan boshlanishi (agar shunday to‘siqlar muvjud bo‘lsa, albatta) maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining tayyorgarlik ko‘rish fazasi
Tayyorgarlik ko‘rish fazasida korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni o‘tkazish qay darajada zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun shaxsning o‘ziga hos xususiyatlari, uning xulqidagi bartaraf qilinishi kerak bo‘lgan illatlar va 11vitjlntiiiiilishi kerak bo‘lgan sifatlar, mazkur tadbirlardan kutiladigan natija, o‘quvchining bo‘lajak o‘zgarishlarga tayyorligi hamda korreksion faoliyatni olib borish yo‘nalishi majmuaviy diagnostika natijalariga asoslanib aniqlanishi kerak bo‘ladi.

O‘quvchilarni majmuaviy diagnostika qilish ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Ba’zi pedagog-o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini o‘rganishlari uchun hech qanday maxsus tadqiqotlarning keragi yo‘q, deb hisoblaydilar. Biroq masalaga bunday yondashish o‘qituvchilarning o‘z o‘quvchilari to‘g‘risida faqatgina yuzaki ma’lumotlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashi mumkin.


Ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarining individual xususiyatlarini va tafakkur strategiyalarini o‘rganish, ularda ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarning shakllanganlik darajalarini pedagogik va psixologik diagnostika metodlari yordamida aniqlanib, olingan natijalarga asosan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan korreksion- rivojlantiruvchi tadbirlar rejalashtiriladi. Bunda korreksion faoliyatni tashkil qilishda zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasining holatini aniqlash, muammo va farazdan kelib chiqqan holda o‘tkaziladigan tadbirlarning maqsadi va vazifalarini belgilash, erishish maqsad qilingan natijani ko‘ra bilish, ko‘zlangan natijaga erishish yo‘llari va vositalarini tanlash, tadbirlar mazmunini belgilash va faqat shundan so‘nggina ushbu faoliyatni tashkil qilishga kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi,
Pedagogik korreksiyaga tizimli yondashilsa, ushbu keltirilgan bosqichlar shu tizimning tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Ko‘rgazmali tarzda ifodalanadigan bo‘Isa, korreksion-rivojlantiruvchi ishga tayyorgarlik ko‘rish fazasi, M.A. Churkina1 taklif qilgan qoidalar asosida quyidagi ko‘rinishda aks ettirilishi mumkin (1-chizma).
1.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin