Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»


Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogika fanlari tizimi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


3.Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini tahminlash, uning intellektual, ma’naviy-

axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, 

shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik 

jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir: 

1. 

Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi. 



2. 

Maktabgacha  ta’lim  pedagogikasi  –  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarni  tarbiyalash,  ularni  intellektual, 

ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 

3. 


Boshlang’ich  ta’lim  pedagogikasi  –  boshlang’ich  sinflar  o’quvchilarini  tarbiyalash,  ularga  ta’lim  berish, 

ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-

axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 

4. 


Korrektsion  (maxsus)  pedagogika  –  rivojlanishida  turli  psixologik  va  fiziologik  nuqsonlari  bo’lgan  bolalarni 

tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. 

O’z  navbatida  korrektsion  pedagogika  tarkibiga  maxsus  pedagogika  va  psixologiyaning  turli  qlari  kiradi.  Ular 

quyidagilardir: 

Surdopedagogika  va  surdopsixologiya  –  eshitish  qobiliyati  buzilgan  bolalarni  rivojlantirish,  o’qitish  va  tarbiyalash 

masalalarini o’rganadi. 

Педагогик тажриба 

Табиий  

тажриба 

Лаборатория 

тажрибаси 

Тажриба 

иши 

3- чизма. Педагогик тажриба турлари 


 

21 

Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif  bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash  masalalarini 

o’rganadi. 

Tiflopedagogika  va  tiflopsixologiya  –  ko’rish  qobiliyati  buzilgan  bolalarni  rivojlantirish,  o’qitish  va  tarbiyalash 

masalalarini o’rganadi. 

Logopediya  va  nutqiy  buzilishlar  psixologiyasi  –  nutqi,  shuningdek,  motorli-harakatlanish  doirasida  murakkab 

nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. 

5. 


Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi. 

6. 


Pedagogika  tarixi  –  ta’lim  va  tarbiyaning  yuzaga  kelishi,  taraqqiy  etishi,  muayyan  tarixiy  davrlarda  etakchi 

o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi. 

7. 

Pedagogik  texnologiya  –  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qo’llash, 



texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi. 

8. 


Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini 

o’rganadi. 

9.  Ta’limni  boshqarish  –  ta’lim  muassasalarining  faoliyatini  yo’lga  qo’yish,  boshqarish,  nazorat  qilish  hamda 

istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.  

10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy 

va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi. 

4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash 

Ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga 

Ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir 

qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida 

yaqin aloqadorlik mavjud: 

1.  Falsafa  –  shaxs  rivojlanishi  jarayonining  dialektik  xususiyatlari,  muayyan  pedagogik  g’oya,  qarash  hamda 

ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 

2.  Iqtisod  –  ta’lim  muassasalarining  faoliyatini  yo’lga  qo’yish,  o’quv  binolarini  qurish,  ta’lim-tarbiya  jarayonlarini 

tashkil  etish  va  ularning  moddiy-texnika  va  zamonaviy  texnologiyalar  bilan  jihozlash  kabi  masalalarning  iqtisodiy 

jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 

3.  Sotsiologiya  –  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni,  ularni  tashkil  etish  shartlari  xususida  Ma’lumotlarga  ega  bo’lish 

asosida  ta’lim-tarbiya  jarayoni  ishtirokchilarining  o’zaro  munosabatlarini  samarali  tashkil  etish  uchun  imkoniyat 

yaratadi. 

4.  Etika-  shaxs  ma’naviyatini  shakllantirish,  unda  eng  oliy  insoniy  sifatlar,  axloqiy  ong  va  ma’naviy-axloqiy 

madaniyatni  tarbiyalashda  muhim  o’rin  tutuvchi  nazariy  g’oyalarni  pedagogik  jarayonga  tatbiq  etishda  alohida  o’rin 

tutadi. 


5.  Estetika  –  shaxs  tomonidan  go’zallikning  his  etilishi,  unga  intilishi,  shuningdek,  unda  estetik  didni  tarbiyalashda 

muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 

6.  Fiziologiya-  o’quv-tarbiya  jarayonida  bolalarning  fiziologik,  anatomik  xususiyatlarini  inobatga  olinishi  uchun 

boshlang’ich asoslarni beradi. 

7.  Gigiena  –  o’quvchilarning  salomatligini  muhofazalash,  ularning  jinsiy  jihatdan  to’g’ri  shakllantirishda  nazariy  va 

amaliy g’oyalari bilan yordam beradi. 

8.  Psixologiya  –  shaxsda  ma’naviy-axloqiy,  ruhiy-intellektual,  hissiy-irodaviy  sifatlarni  tarkib  toptirish  uchun  zamin 

yaratadi. 

9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, 

shuningdek, xalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi. 

10.  Madaniyatshunoslik  –  o’quvchilarda  insoniyat  tomonidan  yaratilgan  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  asoslari 

haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 

11.  Tibbiy  fanlar  –  shaxsning  fiziologik-anatomik  jihatidan  to’g’ri  rivojlanishini  tahminlash,  uning  organizmida 

namoyon  bo’layotgan  ayrim  nuqsonlarni  bartaraf  etishga  amaliy  yondashuv,  shuningdek,  nuqsonli  bolalarni  o’qitish 

hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi. 

Savol va topshiriqlar 

1.Pedagogikaning asosiy  kategoriyalarini sanab bering. 

 

2.Pedagogikaning metodlari haqida gapirib bering. 



3.Pedagogikaning qanday tarmoqlarini bilasiz?  

4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi nimalardan iborat? 

 

 

Pedagogik texnologiyalar. Pedagogik muloqot.  

1.Pedagogik texnologiya tushunchasi  

2.Pedagogik texnologiyalarning mezonlari 

3.Pedagogik muloqotning asosiy shakllari 

Hozirgi  paytda  ko’p  mamlakatlar,  shu  jumladan  respublikamiz  uzluksiz  ta’lim  tizimida  ham  turlicha  nomlangan 

texnologiyalardan  foydalanilmoqda.  Bu  texnologiyalarning  barchasi  ma’lum  umumiylikka  ega  bo’lib,  ular  xususiy 

jixatlariga  binoan  tasniflanishi  V.S.Kukushin.,  G.K.Slevko.,  G.Berdiev  kabi  ko’plab  olimlar  tomonidan  ko’rsatilgan 

bo’lib, ularni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.  



 

22 

Shu  bilan  bir  vaqtda  hozirgi  paytda  amaliyotda  quyidagicha  nomlangan  pedagogik  (ta’lim)  texnologiyalaridan  keng 

ko’lamda foydalanilib ijobiy natijalar olinmoqda 

1. 


Individual ta’lim texnologiyasi  

2. 


Jamoaviy ta’lim texnologiyasi. 

3. 


Belgi-kontekstli ta’lim texnologiyasi  

4. 


Ishbilarmonlik yoki rolli o’yin ta’lim texnologiyasi.  

5. 


Muammoli ta’lim texnologiyasi. 

6. 


Axborot ta’lim texnologiyasi. 

7. 


Dasturli ta’lim texnologiyasi. 

8. 


Integrativ ta’lim texnologiyasi. 

9. 


Modulli ta’lim texnologiyasi. 

10. 


Mualliflik ta’lim texnologiyalari. 

11. 


Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi. 

12. 


Tayanch sxemalaridan foydalanib o’qitish texnologiyasi. 

13. 


Masofaviy ta’lim texnologiyasi.  

14. 


Etnopedagogik ta’lim texnologiyasi. 

15. 


Faol ta’lim texnologiyasi. 

16. 


Hamkorlik ta’lim texnologiyasi. 

17. 


Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi. 

18. 


Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi. 

19. 


An’anaviy ta’lim texnologiyasi. 

20. 


Baholamasdan va yo’qlama qilmasdan o’qitish (erkin ta’lim)  texnologiyasi.  

21. 


Asosiy materiallarni ajratib olib o’rganish texnologiyasi. 

22. 


Yiriklashtirib o’qitish texnologiyasi. 

23. 


Politexnik ta’lim texnologiyasi. 

     24.        Jadal ta’lim texnologiyasi.  

       25.       Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi. 

       26.       Ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etib boshqarish       

                   texnologiyasi. 

27. 


Erkin ta’lim texnologiyasi. 

28. 


Baholamasdan va yo’qlama qilmasdan o’qitish texnologiyasi. 

29. 


Sirtqi ta’lim texnologiyasi. 

30. 


Eksternat ta’lim texnologiyasi. 

31. 


Keys-stadi texnologiyasi  

32. 


ECTS kreditlari 

«Texnologiya»  - yunoncha «techne» so’zidan olingan bo’lib, mahorat,  san’at va «logos» - so’z, ta’limot ma’nosini 

anglatadi. 



      Texnologiya- jarayonlarni  amalga  oshirish  usullari  va  vositalari  haqidagi  bilimlar  yig’indisi,  shuningdek  ob’ektda 

sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlar tushiniladi. 



Ishlab chiqarish texnologiyasi: 

 



xom-ashyo,  materiallar,  yarim  fabrikatlar  yoki  mahsulotlarga  ishlov  berish,  yoki  qayta  ishlash  yo’llari  va 

usullari yig’indisi 

 

yuqorida ko’rsatilgan yo’llar va usullarni ishlab chiquvchi hamda takomillashtiruvchi fan 



 

qazib  olish,  ishlov  berish,  qayta  ishlash,  sifatini  nazorat  qilish,  tashish,  omborga  joylash,  saqlash,  sotish, 



amalda qo’llash jarayoni 

Texnologik  jarayon  –  mahsulot  ishlab  chiqarishning  yagona  jarayonini  hosil  qiluvchi  texnologik  operatsiyalar 

yig’indisi  



Texnologik  operatsiya  –  ishchi  tomonidan  o’zining  ish  o’rnida  bajariladigan,  yakuniga  etkazilgan  harakat 

ko’rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi 



Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi 

texnik hujjat.  



Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab 

chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi. 

Yuqorida keltirilgan tushunchalar tahlilidan  kelib chiqib, har qanday so’z, tushunchalar  jamiyatdagi o’zgarishlar bilan 

bog’liq holda muomalaga kiritiladi. 

Shu o’rinda «pedagogik texnologiya» nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlaylik: 

Sho’rolar tuzumi davri-  30  yillarda  «pedagogik texnika»  tushunchasi  maxsus adabiyotlara  paydo bo’la  boshladi va  u 

o’quv  mashg’ulotlarini  aniq  va  samarali  tashkil  etishga  yo’naltirilgan  usul  va  vositalar  yig’indisi  sifatida  qaraldi. 

Shuningdek,  bu  davrlarda  pedagogik  texnika  deb  o’quv  va  laboratoriya  jihozlari  bilan  muomala  qilishni  uddalash, 

ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 

40-50  yillarda  esa  o’quv  jarayoniga  o’qitishning  texnik  vositalarini  joriy  etish  davri  boshlandi.  Ayniqsa  kino,  radio, 

nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyalariga tenglashtirildi. 


 

23 

60  yillar  o’rtalariga  kelib,  bu  tushunchalar  mazmuni  chet  el  pedagogik  nashrlarida  keng  muhokamaga  tortildi.  1961 

yildan  boshlab  AQShda  «Ta’lim  texnologiyasi»,  Angliyada  «Pedagogik  texnologiya  va  dasturli  ta’lim»,  Yaponiyada 

esa 1965 yillardan  «pedagogik texnologiya» jurnallari chop etila boshlandi.1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada 

chiqarila boshlandi. 

«Ta’lim texnologiyasi»ni nazariyasininig shakllanish bosqichlari 

№ 

Bosqichlar 

Yillar 

Ta’lim texnologiyasi 

1. 


I- bosqich 

XX asrning 30 yillari 

TTQPedagogik  texnika-o’quv  mashg’ulotlarini  aniq  va 

samarali  tashkil  etishga  ko’maklashuvchi  usul  va  vositalar 

yig’indisidir.  

2. 


II- bosqich 

XX asrning 50 yillari 

TTQPTQta’lim  jarayonida  texnik  vositalarni  qo’llash, 

ularning  imkoniyatlarini  takomillashtirish,  axborot  sig’imini 

kengaytirish,  axborotlarni  uzatish  xizmatini  sifatli  tashkil 

etish, o’quvchi faoliyatini individuallashtirish 

3. 

III- bosqich 



XX asrning 60-80 yillari  TTQPTQTVQdasturiy 

ta’lim. 


Dasturiy 

ta’lim-tarbiya 

maqsadlarini  aniqlanishi,  ta’lim  jarayonini  umumiy 

loyihalash,  o’quvchilar  tomonidan  nazariy  bilimlarning 

o’zlashtirilishi  ehtimolini  oldindan  tashxislash,  ta’lim 

maqsadining natijalanganligini o’rganish, faoliyat natijalarini 

tahlil etish 

4. 


IV-bosqich 

Mustaqillik yillari 

Ta’limni  texnologiyalashtirishning  asosini,  ta’lim  jarayonini, 

uning  samaradorligini  oshirish  va  ta’lim  oluvchilarni, 

berilgan 

sharoitlarda 

va 

ajratilgan 



vaqt 

ichida 


loyihalashtirilayotgan 

o’quv 


natijalarga 

erishishlarini 

kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.  

 

 



B.Ziyomuxammadovning fikricha - o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan 

sharoitlarda  ko’rsatgan  tizimli  ta’siri  natijasida  ularda  jamiyat  uchun  zarur  bo’lgan  va  oldindan  belgilangan  ijtimoiy 

sifatlarni  intensiv  tarzda  shakllantiruvchi  ijtimoiy  hodisa  deb  ta’riflash  mumkin.  Ta’riflar  nazariyasi  bo’yicha  bunday 

ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo’ladi. «Pedagogik texnologiya  - o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, 

uning  qayta  tiklanuvchanligini  hamda  pedagogik  jarayon  turg’unligini  oshirib,  bu  jarayon  ijrochisining  sub’ektiv 

xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydi (V.M.Monaxov). 

M.V.Klarin fikricha, pedagogik texnologiya - o’quv jarayoniga yondoshgan holda, oldindan  belgilab  olingan maqsad 

ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyihalashdir. 

I.Ya.Lernerning  fikriga  ko’ra,  pedagogik  texnologiya  -  o’quvchilar  harakatlarida  aks  etgan  o’qitish  natijalari  orqali 

ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi. 

V.P. Bespalkoning o’zbekistonlik shogirdlaridan N.Sayidaxmedov va A.Ochilovlarning fikricha, pedagogik texnologiya 

- bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va 

bu  faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs  sifatlarining  jadal  shakllanishini  kafolatlaydigan 

jarayonidir. 

O’zbekistonlik  pedagog  olim  B.L.Farberman  pedagogik  texnologiyaga  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «Pedagogik 

texnologiya  -  ta’lim  jarayoniga  yangicha  yondoshuv  bo’lib,  pedagogikada  ijtimoiy-muhandislik  ong  ifodasidir.  U 

pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal 

loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir». 

Pedagogik adabiyotlarda  pedagogik texnologiyaga  berilgan boshqa  ta’riflar  ham  keltiriladi,  bizningcha, eng  maqbuli 

YuNESKO ta’rifidir. 



“Pedagogik  (ta’lim)  texnologiya”(si)  –  ta’lim-tarbiya  va  shaxsni  rivojlantirish  jarayonlarini  maqbullashtirish 

maqsadida  inson  va  texnika  iimkoniyatlari  hamda  ularning  o’zaro  ta’sirini  hisobga  olib  o’quvchilarda    bilim, 

ish-harakat  usullari  va  ijobiy  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirish  va  rivojlantirishni  ko’zda  tutuvchi 

loyihalashtirish,  tatbiq  etish  (amalga  oshirish),  natijalarni  maqsad  bilan  qiyoslab  kerakli  tuzatishlarni  kiritish 

bosqichlarini o’zida mujassamlashtiruvchi tizimdir.  

Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda uch xil atamasi mavjud: 

 Pedagogik  texnologiya  -  o’quv  jarayonini  texnologiyalashtirishni  butunligicha  aniqlovchi  tizimli  kategoriya. 

Texnologiyalarni  barcha,  boshqa  tushunchalarini  belgilash  uchun,  sinonim  sifatida  -  ta’lim  texnologiyasi,  o’qitish 

texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.  

O’qitish  texnologiyasi  -  birinchidan,  pedagogik  texnologiyani  jarayonli  -  harakat  aspektini  anglatadi.  Bu,  ta’lim 

jarayonini  o’zgaruvchan  sharoitlarda,  ajratilgan  vaqt  davomida  istiqbollashtirilgan  natijalariga  kafolatli  erishishga  va 

konkret  ta’lim-tarbiya  jarayonlarini  amalga  oshirishni  instrumental  ta’minlovchi,  usul  va  vositalar  (texnologik 

operatsiyalar)ning  tartibli  birligini  o’zida  mujassamlashtirgan  ta’lim  modelini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishning 

texnologik jarayoni;  

ikkinchidan,  pedagogik  texnologiyaning  jarayonli-bayonli  aspektini  ifodalaydi.  Bu,  maqsadni  amalga  oshirish  va 

istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir 

(texnologik xarita).  



 

24 

Ta’lim  texnologiyasi  -  pedagogik  texnologiyaning  ilmiy  aspektini  belgilash  uchun  ishlatiladi.  Bu  (fan  predmeti), 

«texnik  va  inson  resurslarini  hamda  ularni,  o’z  oldiga  ta’lim  shakllarini  optimallashtirish  vazifasini  qo’yuvchi 

hamkorligini hisobga olgan  holda dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini  yaratish, qo’llash va 

belgilashning tizimli usuli»  

«Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish   maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o’zaro   

ta’sirini  hisobga  olgan  holda  butun  o’qitish  va  bilimlarni  o’zlashtirish  jarayonini  yaratish,  qo’llash  va  aniqlash  

tizimidir»      

TIZIM  deb tartiblangan, o’zaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga 

aytiladi. 

An’anaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari. 

Afzalliklari: 

 



ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali; 

 



o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi; 

 



vaqtdan unumli foydalanish; 

 



aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. 

Kamchiliklari: 

 



o’quvchilar nofaol ishtirokchi bo’lib qoladilar; 

 



o’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi; 

 



o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi; 

 



eslab  qolish  darajasi  hamma  o’quvchilarda  bir-xil  bo’lmaganligi  sababli,  sinf  bo’yicha  o’zlashtirish  darajasi  past 

bo’lib qolishi mumkin; 

 

mustaqil o’rganish va echimlar qabo’l qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. 



Zamonaviy (noa’anaviy) ta’limning afzalliklari va kamchiliklari. 

Afzalliklari: 

 



o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi; 

 



o’z vaqtida qaytar aloqalarning ta’minlanishi; 

 



tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi; 

 



o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi; 

 



motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi; 

 



o’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi

 



muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi; 

 



o’z-o’zini baholashning o’sishi; 

 



o’quvchilarning fanga oid mavzu mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati; 

 



mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi; 

 



nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi; 

 



muammolar echish ko’nikmalarining shakllanishi. 

Kamchiliklari: 

 



ko’p vaqt talab etilishi; 

 



o’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi; 

 



juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi; 

 



o’qituvchining  o’zi  ham  yaxshi  rivojlangan  fikrlash  qobiliyatiga  va  muammolar  echish  ko’nikmalariga  ega 

bo’lishining talab etilishi. 

 

 

  3. TA’LIM JARAYoNI TUZILMASINING ASOSIY ELEMENTLARI 



 Quyidagi tavsiya etilayotgan chizmada  ta’lim jarayonining tuzilmasi  keltirilgan    (1-rasm).      

 

            

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

25 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari 

 

Ta’lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan bo’lsak, uni tashkil etuvchilari, ya’ni elementlariga quyidagilar kiradi:  



 

o’quv maqsadi; 

 

aniq maqsadlar (kutilayotgan natijalar); 



 

ta’lim beruvchi; 

 

ta’lim oluvchi; 



 

ta’lim mazmuni; 

 

ta’lim metodi; 



 

ta’lim shakli; 

 

ta’lim vositalari; 



 

nazorat va baholash.  

Ta’lim  jarayonini  loyihalashtirishda  yuqorida  sanab  o’tilgan  elementlardan  birortasi  e’tibordan  chetda  qolsa  yoki 

noto’g’ri tanlangan bo’lsa tizim ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayoni  oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi. 



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin