Risar tarbiyasi. Cherkovga qarashli maktablar va faqat diniy ruhdagi tarbiya endi o’rta asrlar jamiyatiga
hukmron bo’lgan harbiy-pomeshchiklar tabaqasiga mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan
bo’lib qoldi. Yer va krepostnoy dehqonlar dunyoviy feodallarning xususiy mulki bo’lib, bu feodallar krepostnoy
dehqonlarni shafqatsiz va ekspluatasiya qilar va ularni qurol kuchi bilan o’zlariga itoat qildirar edilar. Ular
dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishda va boshqa mamalakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qilardilar, o’zlarining
yer, suv mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilish, o’zaro urush qilardilar. Shuning uchun ham
dunyoviy feodallar muhitida risar fazilatlariga ega bo’lgan odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq risar tajribali,
mohir va mard jangchi, krepostnoy dehqonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda feodal tabaqasiga mansub
kishilarga nisbatan oliyjanob, nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq odamdir. Risar ideali bilan
bir vaqtda alohida tarbiya tizimi, ya’ni risar tarbiyasi ham vujudga keldi.
G’arbiy Yevropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shahar
madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar
o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim berishga manfaatdor edilar. O’sha vaqtda ishlab turgan
cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu sababli sexda birlashgan hunarmandlar va
gildiyalarda birlashgan savdo ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar sex maktablari va gildiya maktablari
deyilar edi. Keyinchalik esa sex va gildiya maktablari magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi (magistrat)
harajatidagi maktablarga aylandi.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi.
Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford
shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va talabalarning mustaqil idora
qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. Keyinchalik XIII asrda bu korporasiyachlar o’z-o’zini idora qilish
huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa o’qituvchilik huquqini berishni o’z
ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o’quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV – XV asrlarda kelib
universitetlar Yevropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi.
O’rta asr universitetlari odatda to’rtta fakultetdan tuzilgan bo’lib, tayyorlov fakulteti, yuritik, medisina va teologiya
(din) aqidalari fakultetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakulteti talabalari yuqorida aytilgan trivium va kvadrivium
tarkibiga kirgan fanlarni o’qir edilar. Tayyorlov fakultetida o’qish muddati odatda 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa
5-6 yilgacha chuzilar edi.
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII-XIII asrda bir qancha G’arbiy Yevropa
mamalakatlarida oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo’la boshladi. Ularning vujudga
kelishiga o’sha vaqtlarda ko’p Yevropaliklarning arab madaniyati (xususan, medisina va falsafa) bilan tanishuvi katta
ta’sir ko’rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G’arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab
musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy harakatlari sabab bo’ldi. o’sha zamon arab mamlakatlarida
madaniyat va ma’rifat G’arbiy Yevropadagi madaniyatga nisbatan ko’p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar
tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun
ma’lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxati Kordova
shahrida tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, medisina fanlari o’qitilar edi.
Yevropaning turli mamalakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada o’qib, oliy ma’lumot olardilar.
Shuningdek, katolik cherkov aqidalariga xilof bo’lgan turli diniy ta’limot va bid’at fikrlar ham Yevropada universitetlar
tashkil qilinishiga ta’sir etdi, chunki mana shu bid’at fikrlarga qarshi kurash olib bora oladigan oliy ma’lumotli katolik
ruhoniylarga ehtiyoj tug’ildi. Mavjud cherkov maktablari esa, bunday xodimlar tayyorlash vazifsini bajara olmas edilar.
Katolik cherkoviga xilof diniy ta’limotlarning tarqalishi va rivojlanishi munosabati bilan katolik cherkovi maorif ishini
batamom o’z qo’liga olishga majbur bo’ldi. Natijada katolisizmga sodiq bo’lgan oliy malakali o’qituvchilarga ham
ehtiyoj yuzaga keldi.
Universitetlarning paydo bo’lishiga yana bilar sabab shu ediki, Yevropada katta davlatlar barpo qilinganligi va
markazlashtirilgan monarxiya hokimiyatining kuchayganligi munosabati bilan ilmli va yuksak malakali
huquqshunoslarga talab tug’ildi. Mazkur sabablardan tashqari XII-XIII asrlarda G’arbiy Yevropa hayotida yuz bergan
iqtisodiy, madaniy o’zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o’sib borishi va shunga bog’liq
holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o’rtasida oliy
ma’lumot olish harakatini tug’dirdi, bu hol o’z navbatida universitetlarning paydo bo’lishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Yan Amos Komenskiy. Buyuk chex pedagogik Ya.A.Komenskiy 1592 yil 28 mart «Ugorskiy Brod» degan
joyda Moraviyada tegirmonchi oilasida dunyoga keladi. Uning oilasi ruhoniy «chex qardoshlari» jamoasiga tegishli
bo’lib, o’zlarini protestant Yan Gusning davomchisi deb hisoblar edilar. U o’rta maktabni tugatgach, Gerbern
universitetiga (Germanida) o’qishga kiradi. Uni tugatgach Geldelberg univnrsitetida leksiya kursini tinglaydi. Bu
universitetda o’sha davrda ilg’or professorlar ishlar edilar.
9
1631 yil o’qish uchun kitob «Otkro’taya dver yazo’ka» (Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi)ni yaratadi. Bu
asardan so’ng, Komenskiyning ko’p mamlakatlarda dong’i ketib ta’siri kuchayadi.
1632 yili Komenskiy «Buyuk didaktika» degan katta pedagogik asarni tugatadi. «Ona maktabi» degan maktabgacha
tarbiya qo’llanmasi asarini bunyod etadi. «Ulug’ didaktika» asarida «pan, sofiya ideyasini» (pan grekcha – butun,
hamma, sofiya – donolik, aqllilik) hamma narsani bilish hamma uchun bilim berish demakdir.
Komenskiyning pandsofik ishi Angliyada qo’llab quvvatlanadi va 1641 yili Angliyaga keladi. Uni barcha mamlakatlar
taklif eta boshlaydilar. Shvesiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi. 1648 yilda yana ona vatani
Polshaning Leshno shahriga qaytib kelib, o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. U Vengeriyada maktablarni
boshqaradi. «Vidimo’y mir v kartinkax» ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning sur’atlari» degan
asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi.
Komenskiy «Buyuk didaktika», «Tillar va barcha fanlarning ochiq eshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi»,
«Lotin tili muqaddimasi», «Tillarning eng yangi metodi», «O’yin - maktab», «Hislar bilan idrok qilinadigan
narsalarning suratlari», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o’zining muhim pedagogik g’oyalarini ifodalagan.
«Buyuk didaktika» jahon pedagogikasining nodir asarlaridan biridir. Unda ta’lim nazariyasiga doir fikrlar bilan birga
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni aqliy va axloqiy, jismoniy va estetik jihatdan taribyalash usullari ham
bayon etilgan. Barcha o’g’il va qizlarga ta’lim berish uchun maktablar ochish, bolalarni o’z ona tilida o’qitish,
tarbiyalash, amaliy hayotga turmushga tayyorlash, xususiy metodikalarni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan.
Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati ham keng o’rin olgan.
«Buyuk didaktika» chex tilida yozilib, uning buyuk didaktika deb atalishi ham bejiz emas. Kitob unda tilga olingan va
hal etilgan masalalarning ko’lami hamda ahamiyati jihatdan buyuk mumtoz asardir.
Komenskiy umrining so’nggi yillarini xalqlar o’rtasida tinchlik o’rnatish uchun xizmat qilishga bag’ishladi. U 1667
yilda o’zining «tinchlik farishtasi» nomli asarini yozdi. Unda davlatlar o’rtasida xayrihohlik va tinchlik bo’lishi
zarurligini bayon qildi va bunga erishishning muhim omillarini tavsiya etdi.
Komenskiy 1670 yilda vafot etdi.
Komenskiy ijodi pedagogika fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning «Buyuk didaktika» nomli
asari jahon tillariga, shu jumladan pedagogika fanlari doktori, professor M.Ochilov tomonidan o’zbek tiliga ham tarjima
qilinib nashr etildi (1975).
Ya.A.Komenskiy bolaning kamol topishini quyidagi davrlarga bo’ladi va shu davrga xos maktablarni ko’rsatadi:
1.
Go’daklik davri – ona maktabi;
2.
Bolalik davri – boshlang’ich maktab yoki ona tili xalq maktabi;
3.
O’smirnlik davri – lotin maktabi yoki gimnaziya;
4.
Yetuklik davri – akademiya va sayohat.
Komenskiy maktablarning to’rt turini yilning to’rt fasliga o’xshatgan.
Komenskiy o’quvchiga bilim berish bilan birga unda quyidagi sifatlarni tarkib toptirish zarurligini uqtirgan:
1.
Ovqat yeganda ham, kiyinishda ham tozalikka rioya qilish;
2.
Kattalarni hurmat qilish;
3.
Buyruq va taqiqlarga so’zsiz va sidqidildan itoat etish;
4.
Hamisha to’g’ri so’zlash, hyech qachon yolg’on gapirmaslik;
5.
Adolatli bo’lish, egasining roziligisiz biror narsani olib ketmaslik, hyech kimga, hyech qachon yomonlik
qilmaslik, hyech narsaga suqlanib qaramaslik;
6.
Boshqalarni sevish, muhtojlikdan yordam so’ragan o’rtog’idan o’z narsasini ayamaslik.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rin egallaydi. Uning didaktikasida
tabiiylik metodi asosiy rol o’ynab, bu metodning mohiyati, bolaning yoshini bilim hajmini, psixologik xususiyatlarini
hisobga olib, darsni tabiat borlig’iga moslab o’tishdan iboratdir. «Buyuk didaktika»da didaktik prinsiplar berilib, dars
jarayonida o’qituvchi qo’llashi kerakligi uqtiriladi. Komenskiy ko’rsatmalilik prinsipini nazariy jihatdan isbotlab,
faqatgina ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va
yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.
Ko’rsatmalilikni o’qitishning «oltin qoidasi» deb atadi. Ko’rsatmalilik prinsipida:
a) bolaga real narsalarni ko’rsatish;
b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish;
v) narsalar modelini ko’rsatish;
g) o’qituvchining so’zi kabi vositalar orqali ko’rsatishni uqtiradi.
Komenskiy onglilik prinsipini o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi.
U ta’limning tizimlilik prinsipini ham ilgari suradi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida
lunda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni
qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda, hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi.
Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak.
Komenskiy izchillik prinsipida kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi.
Bunda: a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, v) material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni
bugungi material ertangi material bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.
Komenskiy materialni mustahkamlash, asosli o’zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, mustahkam asos vujudga
keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog’lagan holda olib borish lozim deydi.
10
VII asr boshlarida islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqyeini
mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni biladi. Butun Arabiston yarim oroli shuningdek, Eron,
Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Amerika, Janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi.
VII asr o’rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar.
Arab istilochilarining birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676
yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, So’g’diyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilindi.
Arab istilochilarining ikkinchi yurishi 705 yilda Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim tomonidan boshlandi. U
706 yilda Zarafshon vodiysiga yurish boshlab, Poykend, Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa shaharlarni
qo’lga kiritdi, so’ng Xorazmni zabt etdi. Qutaybaning istilochilik yurishi u 715 yilda arab qo’zg’alonchi jangchilar
tomonidan Farg’onada o’ldirilgandan so’ng to’xtadi.
VIII asrning o’rtalariga kelibgina arablar Movarounnahrni zabt etishga to’la erishdilar.
Xalifalar istelochilar siyosatni o’tkazar ekanlar, barcha xalqlar ustidan madaniy ustinlik o’rnatishga harakat qildilar.
Chunki arab xalqi VII asr boshlarida o’ziga xos madaniyat, adabiy til yaratgan bo’lib, unda notiqlik va she’riyat yuqori
darajada qadrlangan. Ayniqsa, Qur’onning o’zi ajoyib yuqori adabiy fazilatlarga ega bo’lib, u o’rta asr arab
adabiyotining eng nodir adabiy yodgorliklari orasidan o’rin olgan. IX asrda tarkib topgan «Ming bir kecha» ertaklari esa
jahon madaniyatining durdonalaridan sanaladi.
Arab tili ham, o’z navbatida, yangi madaniyat tili bo’lib maydonga chiqdi. Bu madaniyat ham qadimgi arab
madaniyati, shuningdek, arab davlati hududida yashagan boshqa xalqlar madaniyatining majmuasi edi. Arablar Yunon
fanining yutuqlaridan amaliy foydalandilar, ularning faylasuf olim, yozuvchilarning asarlarini tarjima qildilar.
Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Hatto arab olimlari sun’iy oltin
tayyorlash vositasi «falsafa toshi»ni izlaganlar (Kimyo fani alkimyodan boshlanib, oltin izlovchilar «alkimyogarlar»
deb atalgan).
Yunonlardan fanni tasnif etish (klassifikasiya) olinib, fanlar ikki qismga: nazariy va amaliy qismlarga
ajratiladi. Birinchi qismda uch bo’lim – tabiat to’g’risidagi fan, iloxiyot to’g’risidagi va matematika fanlari bo’lib, ular
arifmetika, handasi, astranomiya va musiqa kiritilgan. Ikkinchi qism esa, etika, iqtisod va siyosatga bo’lingan. Hind fani
arab madaniyatiga, asosan arifmetika, algebra, tibiyotga ta’sir etgan. Yevropaliklar ham sonlarning Hind nazariyasi
bilan arablar orqali tanishganlar, Al Jabr (Algebra) degan arabcha nomni qabul qilganlar.
Arablar ulkan davlat barpo etib, giografiya rivojiga ham ktta ta’sir ko’rsatdilar. Masalan, arab mulklarining
dastlabki xaritalari IX asrda tuzilgan bo’lib, ularda daryolar oqimi to’g’risida mufassal ma’lumotlar bo’lgan. Ispaniyada
Markaziy Osiyo va Hind daryosigacha cho’zilgan musulmon duniyosi bu haritada batafsil ko’rsatiladi. Ko’p xududlarga
arabcha nomlar beriladi. Xususan, Mavarounnahr ham arabcha bo’lib, “daryo orti” ma’nosini bildiradi.
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy
hayotga ham ta’sir etadi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi.
Bu ko’tarinkilik butun arab halifaligini, Yaqin va O’rta Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq Uyg’onish davri
deb ataldi. Bu jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq, Xalab
shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatlarning ham madaniy
rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy
rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi.
Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o’g’li Ma’mun davrida Bag’dodda «Baytul hikma»
(Donishmandlik uyi) (hozir Akedamiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm soxiblari to’plangan
markazga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan, rasadxona ham bo’lgan, keyinchalik yangi
kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga,
ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa Al-Ma’muning ilm fan ravnaqida ko’rsatgan
xomiyligini alohida ta’kidlash joiz.
Zero, xalifa Al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lgan
vaqtida ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular
orasida al-Xorazmiy, al-Xuddalil, al-Javxariy, al-Farg’oniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan, al-
Ma’mun xalifalik taxtiga o’tirgach, u olimlarning barchasini Bog’dodga chaqirib oladi.
Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular Xox Yunon, xox arab, Movarounnahr va Xuroson
xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga
asos bo’lib xizmat qilgan.
Agar arablar O’rta Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan
bo’lsalar, ko’p o’tmay, qadimiy ilmiy an’ana asta sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa
boshlaydi. Ularning barchasining bir-biriga qo’shuluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana
boshlaydi.
Yaqin va O’rta Sharqda, jumladan Eron, Kavkaz orti vaO’rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi,
xunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Bu
davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysingan mamlakatlarning xo’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va
uning oqibatida turli madaniyatlar-hind, O’rta Osiyo, Eron, arab, Yunon, Rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro
aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi.
Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, ko’plab sug’orish inshoatlari tiklandi
va yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, ular tolasidan mato to’qilgan. Movarounnahrda xususan, Urganch,
11
Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik maxsulotlari, ayniqsa Samarqanda va Buxoro shoyisi dunyoga mashxur
bo’ldi.
Qishloq xo’jaligi va xunarmandchilik sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarilishi savdoni rivojlanishiga yo’l
ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Hitoy, Vizantiya bilan
savdo ishlari ko’lami ortib bordi.
Qarib bir yarim asr davomida xonavayron bo’lgan Movraunnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’il istelochilari
zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’l istelochilariga
qarshi Buxoroda xalq Maxmud Tarobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar
qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmida Movraunnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’l
bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa
boshladi.
Soxibqiron Temur va dastlabki Temuriylar hukumronlik qilgan davr Movaronnahr tarixida alohida o’rin
egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrdan yana fan va madaniyat, muorif
qaytadan ravnaq topa boshladi.
Bejiz emaski, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb
ataldi. Chunki, bu davr madaniyati o’z tamoillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatdan IX-XII asrlardagi madaniy
rivojlanishdan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda
ekanomika, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukumronligi davrida jahonning ko’plab shaxarlaridan Samarqandga
hunarmandlar olimu-fozillar san’atkorlar muxandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm-
ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubhona va rasadxona
qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa
hamda tabiyotshunoslikka oid bir qancha ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom,
Sa’diy meroslarini shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga xavs kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi ayniqsa,
Samarqand va Xirot shaharlari madaniyat, ilm-marifat markaziga aylandi. Shoxizinda, Go’riamir maqbarasi, Bibixonim
jome masjidi, Registon maydoni va shu singari, ko’plab madrasa va masjidlarning yirik me’morchilik namunalari
bunyod etildi.
Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astranomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot
va ular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktad-madrasalar qurildi.
Buxoro, Samarqan va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyyottida ilmiy markaz bo’lib keldi.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quydagi yozuvlar haligacha yaqqol ko’zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa
intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir».
Shular XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan
deya olishimizga asos bo’la oladi.
Bu davrda o’zbek adabiyotida ancha siljish ro’y berib, Atoyi, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va
Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Shuningdek, tarixiy va adabiy asarlarni o’zbekchaga tarjima qilish
ishlari jonlandi.
Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, uning o’zi, ayniqsa, astranomiya va matematika
fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi Samarqandda Ulug’bek tomonida rasadxonaning barpo etilishi va uning
o’sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqyea hisoblanadi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid
bin Ma’sudi, Muyiddin va uning o’g’li Mansur Qoshiy, Ali ibn Muhammad Birjondi va boshqalar ijod etdilar. Xirotda
esa Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy ulug’ rassom Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton ali Mashhadiy va
boshqalar ijodiyot cho’qqilariga ko’tarildilar.
Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy (1403-1474) o’sha davr
Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynaydi. Astranomiya to’g’risida “Risolai dar falakiyot” degan
kitob yozgan Ali Qushchining o’z davrining Ptolomeyi deyishardi. Uning mazkur asarida geometrik bilimlarning
asoslari bayon qilindi, nuqta, chiziq, yuza, aylana va shu kabi tushinchalar to’la ta’riflab berildi, tabiyot fanlari va
shuning singarilar sohasida boshlang’ich bilimlar bayon qilindi. Bu asarda hamma narsa oddiy va murakkab narsalarga
bo’linib ta’riflanadi.
XIV-XV asrda Samarqandda yashab ijod etgan ulug’ alloma Mir Said Sharif Jurjoniy (1340-1413) til,
mantiqqa, huquqqa, falsafa va boshqa fanlarga oid 50 dan ortiq asar yozdi. Uning “Borliq haqida risola”, “Olamni aks
ettiruvchi oyna” kabi asarlarida falsafa, mantiq, tarbiyashunoslikka oid bir qator ilmiy va nazariy masalalar yoritilib,
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga doir izlanishlarini rivojlantirdi va boyitdi.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi. Hofizi Abro’ “Zubdan tavorix” (“Tarixning
qaymog’i”) degan kitob yozdi va bu kitobda 1427 yilgacha bo’lgan voqyealarni bayon qilib berdi. Abdurazzoq
Samarqandiy Hofizi Abro’ning bu asarini davom ettirdi. U o’zining “Matalai sa’dayi va majman bahrayi” (“Ikki
saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo’shilish joyi”) degan asarida 1471 yilgacha bo’lgan voqyealarni
bayon qilib beradi. “Ravzotus safo” asarini yozgan Mirxond va “Habibus siyar” asarini yozgan Xondamir shu
asarlarning bir qismini Sulton Husayin hukumronlik qilgan davrga bag’shlaydilar. Davlatshoh esa o’zining “Tazakiratsh
shuaro” asarini Alisher navoiyga bag’ishlaydi.
12
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da Hirot to’g’risida yozar ekan butun dunyoda bunday obod
shaharlarni ko’rmaganligini aytdi.
Hirotda machit va madrasalrning muazzam binolarini, ijtimoiy foydali inshoatlar: hammomlar, shifoxonalar,
xovuzlar, bog’-rog’lar, ko’priklar, karvon yo’llaridagi robitlar va boshqa arxitektura inshoatlarini qurishga Alisher
Navoiy tashabbuskor bo’ladi.
Buyuk mutafakkir Alisher navoiy til-adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astranomiya, tarbiya nazariyasi sohasida
juda ko’p ilmiy asarlar yaratdi. U fan va maorifni birinchi darajadagi muhim ish deb hisoblaydi, ularni rivojlantirish
uchun tinmay kurashadi.
Alisher Navoiy davrida Hirotda kitoblarni bezash san’ati, avvalo, xattotlik va miniatyura yuksak darajaga
yetdi. Hirotda xashamatli arxitektura inshootlari yaratildi. Ilmiy munozaralar o’tkazish keng yo’lga qo’yildi.
Bu davrda Movarounnahrda ham san’at, aritektura, binokorlik texnikasi ancha ravnaq topdi. Musiqa, tasviriy
san’at, madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiyaga oid qator asarlar yaratildi. Hasan Buxoriy Nisoriyning (1556) “Muzakkir
al-ahbob” tazkirasi, Mutribiyning “Tazkira – tush shuaro” (1604-1605) to’plamlari, tarixiy va adabiy yodgorlik bo’lgan
“Boburnoma” o’sha davrda yaratilgan asarlar orasida o’ziga xos axamiyat kasb etadi. Amin Axmad Roziy “Hafit iqlim”
(“Yetti iqlim”) degan geografik-biblografik lug’at tuzdi. Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy xattotlik
san’atining nazariyasi to’g’risida asar yozdi.
XVI asrda xattotlik san’ati yuksak darajaga yetdi. Sulton Al Mashhadiy. Mirali Halvaiy, Muhammad ibn Is’hoq ash-
Shixabiy va boshqalar ustoz xattot bo’lib nom qozondilar.
XIX asrlarning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy
ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi
diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi xolos. Bu maktablarda machitlarining imomlari, savodxon
muallimlar dars beradilar. Bunday maktablarda o’qitishga eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida
yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan
cheklanardi.
Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatiladi, xalq
orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda bunday maktablarning o’quvchilari badavlat
oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab olgach, bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik
ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, hattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga
kirib o’qishni davom ettirardilar.
Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafiy va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi
va mantiq ilmidan dars o’tilardi. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash
huquqiga ega bo’lar edilar. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda
ba’zi domlalarning xotinlari – otinoylar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars
o’zbek, arab fors-tojik tillarida olib borilardi.
1.
Quyi maktab bu maktabda o’g’il bolalarga savdo o’rgatishga (4 yil).
2.
Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.
3.
Qorixona – Qur’on yod olingan.
4.
Maktab internat – o’rta madrasa bo’lib, bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib o’rta
ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyoda keyinchalik ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonalarda chop qilingan
darsliklar paydo bo’ldi. Qozonda bosmaxonada nashr qilingan qur’on va xavtiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning
litografiyada chop etilgan to’plamlari keltirildi. Toshkentning o’zi ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida
nashr qilish yo’lga qo’yildi.
Asrimizning boshlariga kelib Turkiston o’lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan
quyidagi madrasalar: Buxoroda – 80, Qo’qonda – 40, Samarqandda – 22, Marg’ilonda – 28, Toshkentda – 17
1
, Xeva
xonligida – 130
2
mavjud bo’lib, ular 400 dan 5000 tagacha talaba taxsil olar edi.
1906 yilga kelib Samarqand viloyatining o’zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ular 1482 o’quvchi 12740 talabaga
saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o’lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo’lib, ularda, 10955 talaba ta’lim olgan.
Bu davrga kelib maxalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayid Muhammad
Rahimxon Boxodirxonni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabusi bilan
1884 yili o’z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o’qituvchisi va Mirzo, Raxmoyequl qori kabi mahoratli ta’lim-
tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug’ullanadilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Uni Xusayin
Qo’shayev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hakozolar mavjud bo’lib, bularga qarshi chor
hukumat Rossiyadagi ko’p sonli xalqlar maxsus hukumat maktablari barpo qilinar edi. Ularning biri – to’rt yillik,
ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir to’rt yillik maktablarda internatlar hamm bo’lib, ular faqat feodallarning va
maxalliy aholining boy qatlam bolalari ta’lim olardi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yo’lga qo’yilgan ikki
yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablarda, masalan, qozoqlarda
ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.
Dastlabki ovul maktablar 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholining ko’chmanchilik
turmushiga moslashtirlgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika, qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. 1916
13
yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat
bir foizinigana tashkil etardi, xolos. Rus maktablarda o’qitish rus tilida, diniy ta’limot esa o’quvchilarning ona tilida
olib borilar edi.
O’rta asrda maktablarni isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o’rnashgan yerlarni rus maktablarini Turkistonda
maorif sohasida o’z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda
ochilgan edi.) rus maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi.
Turkistondagi boshlang’ich rus maktabalrida hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’piroq
o’rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillarda ochila boshladi: 1876 yil Toshkentda, Verniyda (hozirgi
Olmaotada) erlar va xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o’qituvchilar seminariyasi ochildi.
Gimnaziyalarga har yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O’qituvchilar seminariyalarida mahalliy aholiining 1G’3
o’rin ajratilgan edi.
Chorizm maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo’lsa ham, lekin rus bolalari bilan mahalliy aholi
bolalarining birgalikda o’qishlari, ular o’rtasida o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi.
Rus maktabiga o’qishga kirgan bolalar rus tilini mutloq bilmas edilar, natijada ancha qiyinchiliklar tug’ilar edi. Shuning
uchun rus maktablariga kirgan, lekin rus tilini mutloq bilmaydigan o’quvchi rus tilida so’zlashishni o’rganib
olmagunicha odatda quyi bo’limda o’qir, rus tilida so’zlashishni o’rganib olgandan keyingina yuqori bo’limga
o’tkazilardi. Yuqori bo’limlarga o’quv yilining o’rtalarida ham o’tkazilar edi, chunki maktab kichkina bo’lib, bir
vaqtning o’zida mashg’ulotlar bir necha bo’limlar bilan olib borilar edi.
Toshkentdagi gimnaziya dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan ko’piroq shug’ullantirish uchun
lotin tilini o’rganishdan ozod qilinar edi.
Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruxoniylari va ziyolilar orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom
diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’la boshlaydi. Shunday isloh tarafdorlarini jadidlar, ya’ni
yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. O’sha davrdan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o’rta
asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo’lgan kishilarni esa qadamistlar deb atay boshladi. XIX asr boshlarida bir qancha
ma’rifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g’oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat
boshida madrasa mudarrisi Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi. Qadimistlar esa ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar.
Buxoro amiri Haydar esa Kursaviyni zindonga tashlatib o’lim jazosiga hukm qiladi. Ammo uning tarafdorlari uni
zindondan qochiradilar. Kursaviy Qozonda o’z faoliyatini davom ettirib, 1813 yilda vafot etadi. XIX asrning 50-60
yillarida diniy islohotchilik harakati yanada kengaya boshlaydi. Endi bu harakat boshida Buxorolik mudarris va tarixchi
olim Marjoniy, G’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minjon Vobkandiy, mulla Xudoyberdi Boysuniy va boshqa mudarrislar
turar edilar. Ular madrasa va maktablarni isloh qilishni emas, balki ortiqcha darslarni olib tashlash tarafdori ekanliklarni
yozadilar. Islohatchilar rahnamosi Marjniy o’zining dasturida quyidagi olti asosiy masalalarni qo’yadi:
1.Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy man qilinsin.
3. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va Sharq kabi quruq mazmunga ega bo’lgan va madrasa o’quvchilari uchun
foydasiz bo’lgan hamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin.
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin.
5. Arifmetika, tarix, jo’g’rofiya, tabobat, handasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik
ko’rsatmasin.
6. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayxissalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda
tutilsin.
Yangi usul maktabda quyidagilarga:
Sinfda bolalar soni o’ttiztadan oshmaslikka:
Bolalar faqat ikki daf’a – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi;
Har qabul nechta bo’lishidan qa’iy nazar, bir sinfdan oshmasligi;
Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi;
Agar maktab uch sinfdan iborat bo’lsa, darslar ketma-ket ma’lum uyg’unlikda qo’yilmog’i, amal qilinmog’i kerak edi.
Yangi Sho’ro hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o’quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish, xalq maorifi tizimining yangi
shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Bunday tadbirlani amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida
boshlandi. O’quvchilarga ilm-fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko’nikmalarini ham bera oladiga yagona
Sho’ro “Mehnat maktabi” xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Lekin yangi maktablarni vujudga keltirish bir qancha muammolarga duch keldi. Ayniqsa, o’qituvchining yetishmasligi,
darsliklarning va maktab jihozlarining yo’qligi ishni yanada qiyinlashtirdi.
1918 yilning iyunida Toshkenda maorif xodimlarining birinchi syezdi ochilib, unda xalq maorifi sohasidagi ahvol
muhokama qilindi hamda uni qayta qurish bo’yicha tadbirlar belgilandi.
1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili v rus
tili o’qitish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorni qo’llab-quvvatlanishi natijasida mahalliy millatga mansub xotin-qizlarni madaniyatga, ilm-fanga,
ijtimoiy hayotda faol qatnashishga jalb qilish harakati jadal yo’sinda avj olib ketdi.
14
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik allomalardan biri Isxoqxon Ibratdir.
U ma’rifatparva shoir, zabardas tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbachiligidan biri sayyoh, kalligraf, naqqoshin
publisist va ilg’or pedagogdir.
Is’hoqxon 1279 xijriy (1862 milodiy) yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ildi. Uning otasi
Junaydullaxo’ja Sunattilaxo’ja o’g’li ancha bilimli sohibkor bog’bonlardan edi. U adabiyotga, she’riyatga ancha ixlos
qo’ygan va “Xodim” taxallusi bilan bir muncha she’rlar bitgan kishi bo’lgan. Onasi Xuribibi, o’z davrining o’qimishli,
Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutola qilish bu xonadon uchun sevimli mashg’ulot hisoblanardi.
Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Is’hoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo bo’lishi uchun asosiy omil bo’ldi.
Is’hoqxon Ibrat madrasa beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi u o’qish moboynida buyuk Sharq mumtozlari
asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa qildi va bu asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin xamroxi bo’ldi.
Is’hoqxon madrasada arab va fors tillarini chuqur o’rganish bilan birga bo’sh vaqtlarida rus tilni ham mustaqil o’rgandi
u rus va o’zbek tillarida chiqadigan “Turkistanskiye vedemosti” (Turkiston viloyatining gazeti) biln ilk bor Qo’qon
madrasasida o’qib yurgan kezlarida tanishib chiqdi.
Is’hoqxon Ibrat 1886 yilda Qo’qon madrasasini tugatib o’z qishlog’i To’raqo’rg’onga qaytib keldi va u o’z ijodini ilg’or
o’qituvchi sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O’sha yili u o’z qishlog’ida maktab ochdi. Is’hoqxon
ochgan maktab eski mahalla maktablaridan ancha farq qilar edi. Is’hoqxon o’z maktabiga nisbatan ilg’or bo’lgan tovush
(savtiya) metodini tadbiq qildi va Usuli savtiyaning eski metod taraftorlaridan himoya qildi.
Rus tili bilan bir qatorda yaqin Sharq va G’arb tillarini ancha mukammal bilgan Isohqxon Ibrat bu muhim masalada
ham o’z xalqiga yordam qo’lini cho’zdi. U olti tildagi arabcha, forscha, hindcha, turkcha, sardcha (o’zbekcha) va ruscha
so’zlarni o’z ichiga olgan “Lug’ati sitta-al-sina” nomli mukammal lug’at kitobini yaratdi. Muallif ruscha yozuv
sistemasini bilmaydiganlarga ham qulay bo’lishi uchun rus so’zlarini arab yozuvi bilan beradi. Ma’lumki, rus va
yevropa so’zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab ish, lekin Is’hoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli
hal qildi.
Is’hoqxon Ibrat 1886 yilda eski maktablarga nisbatan bir muncha ilg’or bo’lgan maktab ochdi. 1907 yilda ikkinchi
Marmuncha qishloq bolalari uchun eski maktabalardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savutiya maktabini
ochdi.
Saidahmad Siddiqiy hunarmand - dexqon oilasida tug’ilib o’sdi. Boshlang’ich maktabni tugatganidan so’ng madrasaga
o’qishga kirdi. Shuning bilan bir vaqtda rus tilida tashkil etilgan maktabga ham qatnay boshlaydi va rus tili ham
adabiyotni mukammal egallab bordi.
Saidahmad Siddiqiy Samarqand viloyatidagi Xalavon nomli o’z qishlog’ida dexqon va hunarmandlarning bolalariga
yangi usul maktabini tashkil etib, unda ta’lim-tarbiyani o’sha davr ilg’or maktablarining tajribasi asosida quradi. U eski
maktab ish faoliyatida xato-kamchiliklarni qattiq tanqid ostiga oladi va yangi usul maktabning ijtimoiy, siyosiy va
pedagogik yutuqlarini keng yoritishga dalil e’tibor beradi.
Siddiqiy viloyatda birinchi bor katta yoshlar uchun yangi usul maktab ochib, madaniy hayotda katta o’zgarishlar yasadi.
U 1914 yil “Zarafshon” nomi bilan kitob savdo do’koni ochib, unda ko’rgazmali qurollar, metodik, darslik adabiyotlar,
o’quv qurollari hamda jurnallar bilan savdo qilishga sharoit yaratdi.
Siddiqiy ta’lim usuliga katta mehr bilan munosabatda bo’lib, o’qitishning yangi usulini ilmiy, ongli, tushunib o’qitish
prinsiplarini eskicha hijjalab o’qitishga qarama-qarshi qo’ydi. Mohir o’qituvchi darslarni qat’iy tartib dars jadvali
asosida tashkil etib, o’zbek, rus tillarida chuqur ta’lim bera olgan. U tabiatshunoslik, geografiya darslarida
mashg’ulotlarni Bulung’ur daryosi yonida ochiq havoda amaliy mashqlar bilan o’tishga erishgan.
Saidahmad Siddiqiy 1918-21-yillar davomida huquq ishlari komissari vazifasida ishladi. 1921 yildan umrining
oxirigacha pedagogik ishda ishlagan, “Xizmat ko’rsatgan o’qituvchi” yuksak univoniga sazovor bo’lgan.
Taniqli o’zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida,
mayda hunarmand-to’quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo’lganlar. A.Avloniy eski usul
maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasiga boradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa
vaqtlarda o’qir edi. O’ta iqtidorli bo’lgan A.Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki she’rlari «Tarjimon»
gazetasida bosiladi. A.Avloniy 1907 yilda «Shuhrat» va «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshlaydi. Lekin chor
amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo’yadi. A.Avloniy keyinroq «Sadoi Turkiston» (1914-1915), «Turon»
(1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida muharrir bo’lib ishlaydi. Shundan
so’ng, u o’zbek matbuotining zabardast vakili, o’zbek matbuotining asoschilaridan biri sifatida taniladi.
A.Avloniy xalq orasida ilg’or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma’rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli katta
ekanligini yaxshi bilar edi: «Matbuot har insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong’u
kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, himmat g’oyalari»ni yoyuvchidir, deb baliqning suvsiz yashamog’i
mumkin bo’lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog’i mumkin emasligini uqtiradi.
A.Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda
katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedagogdir.
A.Avloniy 1917 yil tuntarishiga qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar
harakatining ko’zga ko’ringan namoyon7dalaridan biri edi. A.Avloniy ilg’or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr
tomoshalarini va matbuotdan tushgan mablag’larga dunyoviy ilmlarni o’qitadigan «Usuli jadid», ya’ni yangicha ilg’or
usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o’qitdilar. Ular o’z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon
mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu
yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.
15
A.Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar
ochdi. Maktablardagi o’quv asbob-jihozlarini o’zgartirdi, o’z quli bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul
qilingan bolalarning asosiy qismi kambag’al kishilarning bolalari bo’lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat,
daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do’stlarining ko’magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o’zi
raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «maktab kutubxonasi» nomli kitob do’konini ochadi. A.Avloniyning
maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga ko’ra mashg’ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o’z ona tilida olib
borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o’z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til hisob,
xandasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi.
A.Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Toshkent Davlat Universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum
Yusuf Tohiriy A.Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:
«Shaharning qarama-qarshi chekkasida temiryo’l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab
ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi
A.Avloniyning dovrug’i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida «Miroboddagi maktab 6 oyda o’qish yozishni
o’rgatarmish, geografiya, hisob, tabiatni o’rganish degan darslar o’qitilarmish», - degan gap yurardi. Bizga juda sirli
tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-turttamiz borishga
jazm qildik.
Maktab pastdakkina, nim qorong’i bo’lib, masjid yo’lagida joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug’lik uchun
qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va domlaning
shogirdlari ko’p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali,
qorachadan kelgan, istarasi issiq, chuqqisoqol bir kishi ko’tib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim A.Avloniy edi.
O’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil qildik.
Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsalar ham Mirobodliklar oldida uyalib qoldik.
Ular o’qish, yozishda, hisob masalalarini xal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirdi.
Ayni zamonda bizni eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi A.Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi.
Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
A.Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» hamda «Birinchi
muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi
darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publisistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm- fanni
va maorifni ulug’lab o’z xalqini ilmli, madaniyatli bo’lishga chaqiradi.
Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi
muallim» 1917 yil to’ntarishga qalar to’rt marta nashr etilgan.
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobni, shartli
ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atasak joiz bo’lar, desak xato bo’lmas.
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guluston yoxud ahloq» asari XX asr boshlaridagi
pedagogik fikrlar taraqqiyotining o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.
«Turkiy guluston yoxud ahloq» asari ahloqiy va ta’lim tarbiyaviy asardir.
O’zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi marta pedagogika “Pedagogiya”, ya’ni bolalar tarbiyasining fani
demakdir, deb ta’rif beradi. Tabiy bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy quydagi to’rt bo’limga ajratdi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badantarbiyasi”. 3.
“Fikr tarbiyasi”. 4. “Ahloq tarbiyasi” va bu haqida hamda unig ahamiyati haqida so’z yuritadi.
“Tarbiya zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va
boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi.
“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur” deb
uqtirardi, Avloniy.
Abdurauf Abduraxmon o’g’li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug’ildi. “Fitrat” Abduraufning adabiy taxallusi bo’lib,
bu so’z tug’ma tabiat, tug’ma iste’dod degan ma’noni anglatadi.
Abdurauf Fitrat zullisoniy yozuvchi sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib, o’zbek
va tojik tillarida birday mukammal asarlar yarata oldi. U tojik tilida yozgan “Sayyohi hindi bayonati”, “Rahbari najot”,
“Sayha”, “Vose qo’zg’oloni”, “Amir Olimxonning hukumronlik davri” kabi asarlarida va o’zbek tilida yaratgan “Oila”,
“Qiyomat”, “Begijon”, “Munozara”, “Oq mozor”, “Abdulfayzxon” va boshqa maqol hamda asarlarida xal orasida
madaniyat tarqatish va ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. Shuning uchun ma’rifatparvar Fitratning barcha
asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beriladi.
Fitrat ota-onaning vazifasi o’z farzandlarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligi, bunda ayniqsa, uch tarbiya: 1.
Jismoniy tarbiya – salomatlik, 2. Aqliy tarbiya – sog’lom fikrlilik, 3. Ahloqiy tarbiya – ahloqiy sano, ya’ni ahloqiy
poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
U bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug’ullanishi
kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qo’lida bo’lishini ta’kidlab o’tadi. “Bolalarni barkamol qilib
yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasligi, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki
yoshlar har tomonlama yetuk inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi”.
Savol va topshiriqlar.
1.Ma’rifiy (pedagogik) fikrlar va ularning tarixiyligi haqida tushuncha bering.
2. Jahon ma’rifiy fikrlarining tarixiy-pedagogik tahlil qilib bering. (Qadimgi Yunoniston, Rim, G’arbiy Evropa,
Ya.A.Komenskiy, I. G.Pestalotstsi, K.D.Ushinskiy).
16
3.O’zbekiston hududida eng qadimgi davrdan XIV asrgacha ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti haqida nimalarni bilasiz? (xalq
og’zaki ijodi, qadimgi yozma yodgorliklar, zardushtiylik, islom dini, hadis ilmi, Sharq uyg’onish davri va ma’rifiy
qarashlari: Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf xos
Hojib).
4.XIV-XVI asrlarda maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti haqida gapirib bering (Amir Temur, Muhammad Tarag’ay
Ulug’bek, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy).
5.O’zbekistonda 1917-1990 yillarda (ikkinchi jahon urushiga bo’lgan va urushdan keyingi davrda) maorif va ma’rifiy
fikrlar taraqqiyotihaqida nimalar bilasiz?
6.Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi haqida gapirib bering.(AQSh, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Frantsiya, Germaniya).
Dostları ilə paylaş: |