Tarbiya jarayonining mohiyati. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati
aniq maqsadga yo’naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi
hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va
o’quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi
(subhektiv va obhektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subhektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari,
hayotiy munosabatlarini anglatish, obhektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini
ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo’nalishi, shakli hamda
obhektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga
erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki o’quvchining yosh
va psixologik xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o’rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez surhatda yaqqol
ko’zga tashlanmaydi. O’zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq
muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Chunki
yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati
ayni o’quvchilik yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim
xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o’quvchilar va o’qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli
harakatlari jarayonidir. O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo’naltirilgan, bir-birini
to’ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila,
ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o’tkazilishiga
erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab etakchi o’rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o’tkaza olmaydi.
Chunki bolalar Ma’lum muddatgina maktab, o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo’lib, qolgan vaqtning asosiy
hismini oilada, ko’chada, jamoat orasida o’tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi tahtil davrlarida
o’quvchilar maktab, o’qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan
chegaralangan bo’lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular
o’qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
O’quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan
tashqari hamda tahtil davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida ehtibor beriladi.
35
Ayni vaqtda, respublikada o’quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo’shimcha
ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. qo’shimcha ta’lim muassasalarida o’quvchilar xususiy fanlar va xorijiy
tillarni mukammal o’rganishlari, texnika va badiiy yo’nalishlar bo’yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko’nikmalariga
ega bo’lishlari mumkin. qo’shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo’nalish va mavzulardagi
uchrashuv, ko’rgazma, ko’rik va suhbatlar o’quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam harakter
va irodani tarkib toptirishda muhim o’rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya
jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g’oyasi amalga oshirish
uchun xizmat qiladi. Bizga Ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o’zlashtiriladi. Shu bois
pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik harakteriga ega bo’lishi mumkin.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o’qituvchi bilan
o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo’nalishda, yahni, o’qituvchining o’quvchiga nisbatan ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri aloqa)
hamda o’quvchining o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g’oyasiga muvofiq endilikda o’quvchi tarbiya jarayonining obhektigina
bo’lib qolmasdan, subhektiv sifatida ham faoliyat ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchining ichki
imkoniyatlari, unga nisbatan bo’layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur
talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib
chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o’quvchilarda o’z tushunchalariga muvofiq paydo bo’lgan dastlabki sifatlar
o’rtasida yoki o’quvchilarga qo’yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o’rtasida ziddiyatlarning kelib
chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko’pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo’lmasligidan,
o’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fehl-atvori, harakteri, qiziqishlari,
jismoniy, ruhiy va fiziologik sog’lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
1)
aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayon;
2)
ko’p qirrali jarayon;
3)
uzoq muddatli jarayon;
4)
yaxlit tizimlilik jarayon;
5)
ikki tomonlama aloqa jarayoni;
6)
qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
2.Oilaviy hayot sohasi tarbiya muhiti sifatida. Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini
shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy
munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu
sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon kilinishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan
xukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muxofaza kilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish,
oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshka oilani mustaxkamlash bilan boglik masalalarga karatildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalkimiz kadim-kadimdan oilani mukaddas deb bilgan. Oila axil va totuv
bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjixatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barkarorlik xukm suradi. Oila
farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratilsagina oila
tarbiyasi muvaffakiyatli bo‘lishi mumkin. Yosh avlod xayotining ko‘p kismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning
murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va
marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning kudratli
kuroliga aylanadi.
Kelajagimizning kanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga boglik.Bu konuniyat oilaning tarbiya
borasidagi faoliyatiga ham boglik. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U
tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy alokada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash
mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuklar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar
almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb kilishga ham boglikdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chukur anglashlariga boglikdir.
Bundan tashkari normal oilaviy muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘kishga, mexnat
kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir.
Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur - bir so‘z
bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalk bunday fazilatli insonlarni sevadilar,
e’zozlaydilar va xurmat kiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk
kal’adir. U kanday kurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maksad, vazifalari nimalardan iborat?
36
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoklash, xurmat kilish asosida, ixtiyoriy ravishda, kalb xohishi bilan
tuzilgan konuniy ittifokidir.
Mo‘’jazgina bir kal’a kurildi. Endi bu kal’ada bekinmachok o‘ynalmaydi. Yoshlikdagi o‘yinkaroklik, beboshlik, erkalik,
beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh
tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his kilib, oila maksad va vazifalarini tushunib, ukib bormogi lozim.
Oila maksadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning
davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iktisodiy
jixatdan
ta’minlash hamda jamiyatga soglom, aklli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
2. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari
Komil farzandli bo‘laman, baxtli oila kuraman degan maksad bilan oila kurdingiz. Ammo bu maksadga erishish farzand
tarbiyalashdagi muxim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko‘rishni takozo etadi.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari
farzandga chiroyli ism ko‘yish (farzandingiz o‘z ismini o‘zgalarga aytganda orlanmasin); savodini chikarish, iktidoriga
karab bilim berish, imkoniyatiga yarasha o‘kitish va kasb-xunar o‘rgatish;
- uylantirish. turmushga chikarish;
- uyli-joyli kilish;
- farzandlar orasidagi meros taksimotida adolatli bo‘lish.
Farzandning ota-ona oldidagi burchlari
- Ota-onaning pand-nasixatlariga kulok solish, ularga har doim yordam berish, mexribon, e’tiborli bo‘lish, oila ishlariga
ham ma’naviy, ham iktisodiy yordam berish;
- har bir farzand o‘z singil va ukalariga mexribon, yo‘lboshchi va yo‘ldosh, odobda, axlokda, ishda, ilm-xunar
o‘rganishda o‘rnak bo‘lish;
- ota-onalarining nimaga muxtoj ekanliklarini kalban his kilish, ularga bu borada amaliy mexribonlik ko‘rsatish;
-oilaga berayotgan ma’naviy va iktisodiy yordamini minnat kilmaslik;
- tavallud, bayram va xayit kunlarida yo‘klab turishni kanda kilmaslik;
- keksa ota-onalariga aloxida gamxo‘rlik kilishi, shirin muomalada bo‘lishi, orzu-niyatlarining amalga oshishida
yordam berish;
- vakti-soati yetib, bandalikni bajo keltirsalar, izzat-ikrom bilan oxirgi manzilga kuzatish, ma’rakalarini kamtarona,
dabdabasiz, karindosh-uruglar, uni bilgan, xurmat kilgan eng yakin odamlar bilan o‘tkazish.
3. Oila a’zolarining huquqlari
Oilada va jamiyatda er va xotin teng huquqlarga ega. Bu yerda konunda belgilangan huquqlar haqida gap ketmokda.
Bunday tenglik saylash, saylanish, kasb tanlash, ishlash, bilim olish, o‘ziga yor tanlash va xokazo huquqlarda o‘z
ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik, ruxiy tuzilishi nuktai-nazaridan bunday tenglik yo‘k. Shuning uchun ayol
va erkakning oilada ro‘zgor tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi mexnat
taksimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud.
Erkakning vazifasi – oilani ma’naviy, iktisodiy ko‘llab-kuvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik
bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga kalkon bo‘la bilish. Oila a’zolariga gamxo‘r bo‘la bilish.
Ayolning vazifasi – oilada farzand tarbiyasi bilan shugullanish. Ularni ok yuvib, ok tarash. Erkaknning tashib kelgan
ozik-ovkatlarini pishirish, mexmon kutish. Er va bolalarini ishga va o‘kishga kuzatish, kutib olish.
Er va ayolning vazifalari yukorida sanab o‘tilganlardangina iborat emas, albatta. Bu vazifalarning barchasini sanab
o‘tishning xech kanday iloji yo‘k. Oila sharoitidan kelib chikkan xolda, har bir inson o‘z tafakkurini ishga solib,
vazifalarini belgilab olmogi va ularni shunday bajarmoklari lozimki, uyga kelgan har bir mexmon tuz-nasibasini totib,
kaytayotganida oila a’zolari orasidagi o‘zaro xurmat, ularning har birini aklu farosatiga tasannolar o‘kib ketsinlar.
Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bo‘lishini, o‘zaro odoblarini, bir-biriga
bo‘lgan mexribonliklarini ko‘rgan farzandlar ulardan o‘rnak oladilar va ularga o‘xshashga harakat kiladilar. Chunki
farzand aytgan nasixatingizni esidan chikarishi mumkin, ammo ko‘rganini xech esidan chikarmaydi. Oilada farzand
tarbiyasining bu jixatini xech kachon esdan chikarmaslik lozim.
Aytaylik, bozordan shirinlik harid kildingiz, kelgan zaxotiyok uni kichigingizga berdingiz-u, xech kimga ko‘rsatma
dedingiz. U esa bolaligiga borib, shirinlikni hamma akalariga ko‘z-ko‘z kilib chikdi. Lekin ularga yo‘k. Ular
o‘ksinishadi. Kichik bo‘lgan yaxshi ekan deyishadi. Hamma narsa kichikka, sovga ham, shirinlik ham, erkalatish ham,
deb bolalar orasidagi yakkalik, o‘zini uzok tutish kayfiyatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday xolatlarga yo‘l ko‘ymaslik
uchun, uyga biror narsa harid kilib, olib kelganingizda har doim uni adolatli taksim kiling. Taksimlash jarayonida ota-
ona o‘zlarini ham unutmasliklari kerak. Bu juda muximdir. Bolalaringiz bu jarayonni ko‘rsa, vakti kelib ular ham topib
keladigan bo‘lganlarida sizga ulush ajratishni unutmaydilar. Bolalar oldida kilgan bu adolatli taksimingiz ular uchun
eng katta sabok bo‘ladi. Birinchidan, ular bir-birlariga mexrlari orta boradi. Ikkinchidan, doimo ota-onani eslab
turadigan bo‘ladilar. Aks xolda olib kelgan narsalaringizni fakat bolalaringizga taksim kiladigan bo‘lsangiz, keyinchalik
ular sizni eslamaydigan, fakat o‘zlarini o‘ylaydigan bo‘lib koladilar. Ayniksa, karib kuch-kuvvatdan kolganingizda
tarbiyada yo‘l ko‘ygan bu xatoingiz siz uchun juda katta azobga, tuzatib bo‘lmas armonga aylanadi.
Farzandlaringizga bir ko‘z bilan karangiz, kattasini katta, kichigini kichik deb, shunga yarasha ish tutsangiz,
kichiklarning kattalari bilan maslaxatlashib ish tutishlariga, kattalarining kichiklarini izzat kilishga, ularni ximoya
37
kilishga odatlantirsangiz, ularni yaxshi ishlarini ma’kullab, ragbatlantirib borsangiz, yomon ishlarini o‘z vaktida
kaytarib, bu ishning nima uchun yomonligini yotigi bilan tushuntirib borsangiz, farzandlaringizning kamoli,
o‘zingizning kelajakdagi roxat-farogatingiz uchun juda muxim va katta tarbiyaviy ishni amalga oshirgan bo‘lasiz.
Ulardagi mexr-okibatni, obro‘larini ko‘rib, o‘z xayotingizdan mamnun bo‘lasiz, farzandlaringiz tarbiyasi borasidagi
chekkan zaxmatlaringiz, mashakkatlaringiz unutiladi.
Kuyidagi tarbiyaviy masalalarni taxlil kiling:
Masala-1. O‘ziga to‘k otaxonning uch kiz, bir o‘gli bor edi. U kishi kariganlarida mexrni shu yagona o‘gillaridan
kutgan edi. Ammo kelini noboprok chikib, ular otaga karashmadi. Ikki katta kizi ham o‘z oilalari bilan bo‘lib, otadan
xabar olmas edilar. Otaning kuniga kenja kizi yaradi. Ok yuvib, ok taradi, ko‘nglini ko‘tarishga harakat kildi. Otaxon
olamdan o‘tganlaridan keyin kenja kizdan tashkari hamma meros talashib, yettisi o‘tmasdan janjallashishdi.
Masala-2. Besh oga-inining uchinchisi biznes kilaman deb katta qarzga botib koldi. Nixoyatda axvoli tang bo‘lgan uka
akalaridan qarz so‘radi. O‘ziga to‘k akalari qarzni kaytarib bera oladimi, yo‘kmi? deb unga qarz berishmadi. Uka nima
kilishini bilmay, o‘zini har tomonga urdi. Oxiri noiloj bir kaltis ishga ko‘l urib, kamalib ketdi. Mahallada: “Ukamning
bolalarini biz bokayapmiz, xech narsaga muxtojlik joyi yo‘k“,- deb ko‘kragiga urib yurgan akalarni kanday baxolaysiz?
TARBIYANING ASOSI OILADA SHAKLLANADI
Otasini ogritgan el ichida xor bo‘lar,
Onasini ogritgan parcha nonga zor bo‘lar.
Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy goyalar rivojiga bir nazar soladigan bo‘lsak, kanchalik ma’naviy javoxirlarga ega
ekanligimizga ishonch hosil kilamiz. Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga
sho‘ngiganda o‘zining fe’l-atvori, dunyokarashi, bilim saviyasi va boshka xususiyatlariga karab ulush olib chikishi
mukarrardir.
Tabarruk manbalarimiz bo‘lmish “Kur’on”, “xadis”lar, ajdodlarimiz ma’naviy merosi hisoblangan “Kobusnoma”,
“Shoxnoma”, “Temurnoma”, “Boburnoma”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Temur tuzuklari”, “Kutadgu bilig”, “Maxbub ul
kulub” kabi durdona asarlarni mutolaa kilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi muxim omil ekanligiga
ishonch hosil kiladi.
Tarbiyaning murakkabligi haqida Amir Temur :”Men farzand tarbiyalashda davlatni boshkarishdan ko‘ra chukurrok
mushoxada, undan ham chukurrok donishmandlik kerakligiga ishonch hosil kildim”,- desa, Avloniy “Turkiy guliston
yoxud axlok“ asarida tarbiyaning ahamiyatiga: ”Tarbiya bizlar uchun yo xayot, yo mamot, yo najot, yo xalokat, yo
saodat, yo falokat masalasidir”,- deb katta baxo beradi. Tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun
ota-onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerakligi haqida uktiradi.
Bolalarga biror narsani va’da kilgan bo‘lsangiz va’daning ustidan chikish kerak. Bola oldida obro‘yingizni to‘kmang.
Chunki bolalar juda ishonuvchan va begubor bo‘ladilar. Sizning bergan va’dangizni sabrsizlik bilan kutadi. Vaktni,
dakikalarni sanab o‘tkazadi. Intizorlik bilan kutgan vakt kelganda: “Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi”, desa-yu,
sizning bergan va’dangiz esingizdan chikib ketgan bo‘lsa, mulzam bo‘lib kolasiz. Shunday xolatlar 4-5 kaytarilsa,
bolangizning sizga bo‘lgan ishonchi yo‘koladi. Gaplaringizga ishonmay ko‘yadi. Obro‘yingiz ketadi. Shuning uchun
o‘zingizga ishonmasangiz va’da bermang. Uddasidan chika oladigan ishga va’da bering. Bo‘lmasa yaxshisi bolani
aldamaganingiz ma’kul.. Aks xolda bola ham katta bo‘lganida odamlarga va’da berib, uni bajarmasa ham bo‘lar ekan,
degan xulosaga kelib kolishlari mumkin.
Farzandlaringizning tugilgan kunlarini bir xil mexr bilan teng ko‘rgan xolda o‘tkazishga harakat kiling. Birini
ikkinchisidan kam ko‘rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tugilgan kunlarini oilaviy kilib, sodda o‘tkazishga o‘rgating.
Farzandlaringizning tugilgan kunida oila a’zolaringizni ishdan yoki o‘kishdan vaktlirok kelishlariga odatlantiring.
Oldindan kelishib, farzandingizni tugilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yokadigan eng kerakli biron-bir sovga harid
kiling. Yoki o‘zi anchadan beri olib bering deb yurgan narsasini olib bering. Yaxshi ko‘radigan taomi, shirinliklari va
mevalarini tayyorlang. Shu kuni tugilgan kuni nishonlanayotgan bolangizni kundalik ishlardan ozod kiling. Kolgan
farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin.
Oila a’zolarining hammasini tugilgan kunlarini shunday o‘tkazishga ko‘nikma hosil kilgan farzandlaringiz keyinchalik
tugilgan kunlarni o‘zlari mustakil ravishda o‘tkazadigan bo‘ladilar. Bir-birlariga nisbatan mexr-okibatli bo‘ladilar. Bola-
chakali bo‘lganlarida bir-birlarini yo‘klaydigan, bir-birlariga yordam beradigan bo‘ladilar.
Bolani yoshligidan mexnatga o‘rgatib boring. Inson birdaniga mexnatkash bo‘lib kolmaydi. Siz buyurib ketgan
ishlaringizni bolalaringiz baxoli-kudrat bajarib ko‘yishibdimi, chala yoki kamchiligi bo‘lsa ham eng avvalo o‘z
xursandchiligingizni bildiring, ma’kul usullar bilan ragbatlantiring. Ishimni ko‘limdan oladigan bo‘lib kolibsizlar, deb
maktang. Dadasi yoki oyisi, xudoga shukur o‘gil-kizlarimiz katta bo‘lib kolishibdi, endi bemalol ularga ishonib
ishlarimizni topshiraversak bo‘lar ekan, deb bolalarning o‘zlarini oldilarida ularning nafsoniyatlariga tegmasdan,
bafurja tushuntiring.
Farzandlaringizni iloji boricha mustakil ishlashga, mustakil fikr yuritishga o‘rgating. Masalan, biror fandan sizdan
yordam so‘rasa, uni farzandingiz uchun ishlab bermang, fakat tushuntiring. Masalani mustakil xal kilib bo‘lgandan
keyin: “Mana o‘zing bemalol yechsang bo‘lar ekan-ku”, -deb ko‘nglini ko‘tarib ko‘ying. Ana shunda farzandingizda
o‘ziga ishonch hosil bo‘la boradi.
Farzandlaringizni uy ishlariga o‘rgatib boring. Yoshiga karab ko‘lidan keladigan ishlarni buyurib turing.
Mazangiz bo‘lmay koldi deylik. Bolalaringizning yoshiga karab uy ishlarini taksimlab bering. Sizning xolingizdan
xabar olib turishsin, o‘zingiz o‘rgatgan ko‘lidan keladigan ovkatni kilishsin. Buyurgan ishlaringizni o‘zlari rejalab,
o‘zlari mustakil ravishda kilishsin. Kichkinangiz bo‘lsa, unga boshingizni silab ko‘yishini iltimos kiling. U jajji
ko‘lchalari bilan boshingizni silaganidan keyin ancha yengil tortganingizni ayting. Sizning sogayishingizga uning ham
38
hissasi ko‘shilayotganidan bolangiz nixoyatda xursand bo‘ladi. Sizga nisbatan mexri ortib boradi. Siz uning mexriga
muxtoj ekanligingizni his etadi.
Ota-onaga, kayinona-kayinotaga bo‘lgan mexrni ham ota-ona tarbiyalaydi. Aytaylik, bugun siz biror narsa harid kilib
keldingiz. Siz bu narsalarni ochib, bolalaringizga biror idish olib kelishlarini ayting. Harid kilgan taomingizni oldini
ota-onangizga solib bering-da, buving bilan buvangga olib borib ber deng. Ota-onangiz buni ko‘rib bolalaringizni duo
kiladi. Bolalaringizga shu baxonada duo olish bu o‘sishing uchun kerak, u tabarruk narsa, inson ko‘lidan kelgancha
boshkalarga yaxshilik kilib borishi kerakligini ukdiring. Shu yo‘sinda tarbiyalagan farzandingiz kariganingizda siz
kilgan ishingizni kaytaradi. Chunki unga bunday tarbiyani yoshligidan singdirgansiz. Endi farzandlaringiz buva-
buvilarining duosini duru javoxirlarga, xech kanday boylikka tenglashtirib bo‘lmasligini tushunadi. Shuning uchun ham
xalkimiz: :”Taomning oldini ota-onangga bersang, o‘zing ham oldini yeysan”, deyishgan.
Kuyidagi xayotiy masalani taxlil kiling:
1. S.Raximov tumanidagi kariyalar uyida ikki onaxonning bir-biri bilan urishayotganligi ustiga borib koldik. Yetmish
olti yoshli Xosiyat xolaning xech kimi yo‘k. Eri urushda kurbon bo‘lgan. Bitta o‘gli bo‘lgan, u ham vafot etgan.
Oltmish yoshli Zamira ismli ayol yukoridagi ayolni shaltoklikda ayblab, u bilan turmasligini aytib janjal kilayotgan
ekan. Zamira ayadan so‘rasak, u to‘rt o‘gli borligini aytdi. Bolalari, kelinlari, nevaralarini hammasini kargab tilga oldi.
Uning bu kargishlariga ilon po‘st tashlaydi. U bizdan o‘gillari, kelinlari ustidan yozib, sharmanda kilishimizni so‘radi.
Ayaning aytishlaricha, to‘rt o‘gil, to‘rt kelin, nevaralari hammasi o‘ta mexrsiz, axmok, yaxshilikni bilmaydigan ekan.
Gap orasida yukoridagi Xosiyat ayaga:”Yaxshi bo‘lsang seni kariyalar uyiga tashlab ketarmidi”,- deb ko‘yar edi. Siz bu
xolatni kanday baxolaysiz?
2.To‘rt kelinini bir-biriga yomonlagan, kelinlarining yaxshi ishlarini ko‘rmay, uncha-muncha kamchiliklarini ro‘kach
kilib, o‘gillariga yomonlagan kayinona shu oilada o‘ziga nisbatan mexr uygota oladimi?
Xalkimizning kuyidagi ibratli so‘zlarini taxlil kiling:
Tinglagin bu ikki inson kissasin!
Ne eksang olarsan shuning mevasin,
Yashardi bir uyda ota va farzand,
Ularda yo‘k edi boshka xech hamdard.
So‘ngra kelin keldi o‘gil ulgayib,
Ota ham karidi kaddi bukchayib.
O‘z ishini kildi oxir bu jaxon,
Kelini ko‘tardi otaga isyon.
Yigitga aytardi gazabla kelin,
“Tiyib ko‘y otangning zaharli tilin,
Na turar, na yurar, yotar bir joyda
Bu badbaxt odamdan bizga ne foyda.
Gar uni yo‘kotsang baxtli bo‘lamiz,
Undan so‘ng ikkimiz o‘ynab kulamiz.
Yo‘ksa men ketaman boshka bir yokka,
Sening izing yetmas uzok-uzokka!”
Ikki o‘t ichida yigit chekdi gam,
Tushmasin xech boshga bundayin sitam.
To‘xtatolmay ko‘zdan okkan yoshini,
Yarim tun ko‘tardi gamgin boshini,
Turib opichladi bemor otani,
Xech kim kaytarmasin bunday xatoni.
Otaga yolgondan “safarga” dedi,
Lekin shum niyati xatarga edi.
Otasin opichlab kirlardan o‘tdi,
Oxiri sen ko‘rgan daraxtga yetdi.
Bizni ko‘rmas, archa turar ko‘kkayib,
Yigit kaytmok bo‘ldi, otani ko‘yib.
Bu ishdan padari kax-kaxlab kuldi,
Farzand bu xolatdan xayratda koldi.
“Tashlab ketmokdaman bugun seni men,
Nega yiglamasdan kulding bunda sen?”
Ota so‘z boshladi o‘gilga karab,
Daraxt ostidagi suyakni silab.
“Otamni shu daraxt ostiga o‘zim,
Tashlab ketgan edim seningdek, o‘glim.
Bok, bosh suyagi kulmokda menga,
Go‘yo men kulgandek, ushbu dam senga”,
Bugapni eshitgach, o‘gil dod solib,
Jo‘nadi otasin ko‘tarib olib.
39
Fojea shundaki, inson vagonlab kitob o‘kishi mumkin, ammo olgan bilimlari asosida o‘z ma’naviyatini, tafakkurini,
ongini kamolotga yetkazmas ekan, u o‘kib, ukmasdan ma’naviy kashshok bo‘lib kolaveradi. Olgan bilimlari va xayotiy
saboklari yigindisi nazariyaligicha kolib ketaveradi. Shuni unutmaslik kerakki, bemorni kasalini davolash, uning
ruxiyatini va ma’naviy kamolotini shakllantirishdan ko‘ra osonrokdir.
Shu o‘rinda Mirzo Boburning kuyidagi bayti ayni o‘rinlidir:
Har kimki vafo kilsa, vafo topgusidir,
Har kimki jafo kilsa, jafo topgusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topgusidir.
Shunday ekan, har bir inson xayotdan olgan saboklarini va o‘kib o‘zlashtirgan bilimlarini ko‘nikmaga aylantirib, joriy
etib, amalda ko‘llab borishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |