JORIY NAZORAT UCHUN TEST TOPSHIRIQLARINI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
Joriy nazorat topshiriqlari shu mavzuning mazmunini qamrab olishi lozim.
Mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda nazorat topshiriqlarida:
Ochiq test topshiriqlari;
Yopiq test topshiriqlari;
Ko’p javobli test topshiriqlari;
Standart va nostandart test topshiriqlari bo’lishi lozim.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi reproduktiv, produktiv, qisman- izlanishli va kreativ test topshiriqlari teng miqdorda bo’lishi tavsiya etiladi.
ORALIQ NAZORAT UCHUN TEST TOPSHIRIQLARINI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
Oraliq nazorat topshiriqlari o’rganilgan bob yoki bo’lim mazmunini qamrab olishi lozim.
Bob yoki bo’lim mazmunidan kelib chiqqan holda nazorat topshiriqlarida: Ochiq test topshiriqlari;
Yopiq test topshiriqlari;
Ko’p javobli test topshiriqlari;
Standart va nostandart test topshiriqlari bo’lishi lozim.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va kreativ test topshiriqlari teng miqdorda bo’lishi tavsiya etiladi.
YAKUNIY NAZORAT UCHUN TEST TOPSHIRIQLARINI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
Yakuniy nazorat topshiriqlari o’rganilgan kurs mazmunini qamrab olishi lozim.
Kurs mazmunidan kelib chiqqan holda nazorat topshiriqlarida: