O’quv maqsadlari taksonomiyasi
Benjamin Blum — tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, u o’z ichiga:
bilish,
tushunish,
amaliyotga qo’llash,
tahlil qilish,
sintezlash,
baholash kabilarni o’z ichiga oladi.
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi.
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi etakchi o’ringa chiqadi.
Pedagogik o’lchovni amalga oshirish maqsadida bilimlar quyidagi 4 ta asosiy sohalarga ajratiladi:
Dunyoni anglash haqidagi bilimlar;
Inson va insoniyat haqidagi bilimlar;
O’z-o’zini anglash haqidagi bilimlar;
Faoliyat usullari haqidagi bilimlar.
Har bir sohani tabiiy-ilmiy va gumanitar bilimlar sohasiga ajratish lozim.
Tabiiy-ilmiy va gumanitar bilim sohalari yo’nalishlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga ajratiladi.
Pedagogik amaliyotda o’quv kursi bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini test topshiriqlari vositasida nazorat qilish va baholash uchun 3 turga ajratiladi:
Taqdim etiladigan bilimlar (o’quv qo’llanma va darslik mazmuni). Tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar;
Nazorat qilish va baholashga imkon beradigan bilimlar; Me’yoriy bilimlar.
B.S. Blum va uning shogirdi R.N. Gagne tomonidan bilimlarning tasnifi va darajalarini pedagogik parametrlarning amaliy masalalari echish uchun bilimlar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
BILIMLARNING TURLARI
Dostları ilə paylaş: |