OILY O`QUV YURTLARI TALABALARI UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI TURLARI
Testologiya – inglizcha so’zdan olingan bo’lib, test — sinov, yunoncha logos — bilim so’zlari birikmasidan iborat.
Testologiya fanlararo fan bo’lib, ilmiy asoslangan va sifatli pedagogik diagnostik o’lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi.
Testologiya fanining ob’ekti:
Test topshiriqlarini tuzish jarayoni;
Test topshiriqlarini amaliyotga joriy etish va o’tkazish jarayoni;
Test topshiriqlaridan olingan natijalarni umumlashtirish jarayoni sanaladi.
Testologiyani qo’llashda umumiy xususiyatlar:
testlar tuzish metodikasi,
samaradorlik,
variativlik,
ishonchlilik,
har bir fan sohasining o’ziga xos xususiyatlari,
fanning ta’lim mazmuni,
testlarning mantiqiy tuzilishi,
test sinovining o’tkazilish maqsadi,
kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o’lchovi e’tiborga olinadi.
Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari:
Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko’nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi;
Ijtimoiy so’rovlarda ishtirok etgan ko’p sonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud;
Tahsil oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo’l qo’yish oldini oladi.
Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy-statistik tahlilini o’tkazishga zamin tayyorlashi kabilar zamin yaratadi.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlarini o’zida to’liq aks ettirib, u tahsil oluvchilar tomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko’ra:
Reproduktiv daraja; Produktiv daraja; Qisman-izlanishli daraja;
Ijodiy (kreativ) darajada bo’lishi mumkin.