geterogen testlarga ajratiladi.
Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo’yicha o’sib boruvchi, o’ziga xos shaklga ega bo’lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko’nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo’ljallangan bitta o’quv kurs bo’yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi.
Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi bo’yicha o’sib boruvchi, o’ziga xos shaklga ega bo’lib, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim, ko’nikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga mo’ljallangan bir nechta o’quv kurs bo’yicha tuzilgan topshiriqlar tizimi sanaladi.
Nostandart testlar Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Integrativ testlar;
Adaptiv testlar;
Mezonli-mo’ljal olish testlari.
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo’yicha o’sib boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchi- sining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.
Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, tahsil oluvchilarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo’lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo’yicha ko’rsatmalardan iborat bo’ladi.
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo’llanish maqsadiga ko’ra:
o’rtacha og’irlikdagi,
tahsil oluvchining tanlashiga ko’ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin
darajali bo’lishi mumkin.
Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo’llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo’lim, kurs mazmuni bo’yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lishi lozim.