Tarix fanida testlarni tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda tavsiflashga undaydigan savollar ham mavjud bo'lib, o'quvchilar ko'p hollarda milodiy va miloddan avvalgi davr yillarini o'zida aks ettiradigan bunday savollar oldida ojiz qolishadi. Shu o'rinda milodiy va miloddan avvalgi yillarni farqlashda kichik bir izoh keltiramiz:
Tarixda yil hisobini belgilashda olimlar «era» yoki «milod» atamalarini ishlatadilar. Era lotincha «dastlabki raqam», «boshlang`ich son» ma'nolarini anglatadi. Tarix darsliklari va tarixiy asarlarda era va milod so'zlari bir xil ma'noda qo'llaniladi. Biz uchun doimiy tanish bo'lgan yillardan biri milodiy bo'lsa, ikkinchisi hijriy yildir. Milodiy yil hisobiga Iso Masihning tug'ilgan kuni asos qilib olingan. Grigoriy, Yuliy Sezar singari kalendar tuzgan shaxslar shu kunni milodiy уilning boshlanishi qilib belgilaganlar. Miloddan avvalgi «falon yil» deyilganda Iso Masih tug`ilgan kundan oldingi yillar tushuniladi. Milodiy
«falon yil» deyilganda esa Iso Masih tug'ilgan kundan keyingi yillar tushuniladi. Masalan, Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 250-yili tashkil topgan. Xo'sh, bu tarixiy jarayon bo'lib o'tganidan beri oradan necha yil o'tdi? Milodimizda 2015 yil, miloddan avvalda esa 250 yil mavjud. Buni aniqlash uchun 250+2015=2265. Demak, Yunon-Baqtriya podsholigi bundan 2265 yil avval tashkil topgan.
Quyidagi testlar misolida yillami to'g'ri hisoblashga harakat qilib ko'ring.
Axmoniylar davlati tashkil topganidan qancha vaqt o`tib, Makedon qo`shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi?
304 yil.
270 yil.
280 yil.
240 yil.
Olimpiada o`yinlari ilk bor o`tkazilgandan 440 yil o`tib…
Xeroniya yaqinida jang bo`ldi.
Axmoniylar davlati Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olindi.
Filipp II o`ldirildi.
Korinfgda yunon shahar-davlari ittifoqi tuzildi.
Makedoniyalik Aleksandr taxtga chiqdi.
Yunoniston Makedoniya tomonidan bosib olindi.
A) 1, 6.
B) 2, 4, 5.
C) 3, 5.
D) 1, 5, 6.
Buyuk Alfred daniyaliklar bilan sulh tuzganidan 1500 yil avval...
Yunonistonda Drakont qonunlari yozildi.
Solon islohotlari o'tkazildi.
Bobil Ossuriyadan ajralib chiqdi.
Rimda Respublika tuzumi tashkil topdi.
Bundan tashqari, ayrim o'quvchilar yuz yillik, ming yillik, miloddan avvalgi
«falon ming yillik», miloddan avvalgi «falon asr» degan tarixiy sanalarga duch kelishadi va uni fahmlashda qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Miloddan avvalgi uchta ming yillik va milodiy uchta ming yilliklar misolida quyidagi jadvalda (1, 2-jadvallar) buni tushuntirishga harakat qilamiz.
jadval
Dostları ilə paylaş: |