1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
algoritm
SAVOLLARNING JAVOBLARINI ShAKLLANTIRISh Ma’naviyatga ta’rif bering. JAVOB: Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, insonning barcha qarashlari mezoni.
Ma’naviyatning muhim omillarini sanang. JAVOB: ma’naviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar.
―Avesto‖ haqida nimalarni bilasiz? JAVOB: Xorazm vohasida yaratilgan bebaho ma’naviy meros.
―Avesto‖ning asosiy g’oyasi. JAVOB: ―Ezgu fikr, ezgu so’z. Ezgu amal‖
Alp so’zining mohiyati. JAVOB: Hokimiyat egasi.
Imom Buxoriyning hadislar to’plami qanday nomlanadi JAVOB: Al-jome’ as- sahih
―Muhaddislar sultoni‖ nomiga musharraf bo’lgan bobokalonimizni ayting. JAVOB: Imom Buxoriy
2007 yil AYSESKO tomonidan Toshkent shahri qanday ulug’ maqomga ega bo’ldi? JAVOB: ―Islom madaniyati poytaxti‖
Quroni Karimdan keyin ikkinchi muqaddas manba deb atalgan asarning muallifi va nomini yozing. JAVOB: Imom Buxoriyning Al-jome’ as- sahih asari.
Sharq mamlakatlarida moturidiya maktabini tashkil etgan allomaning nomini yozing. JAVOB: Imom Moturidiy
Burxoniddin Marg’inoniy musharraf bo’lgan unvonning nomini ayting. JAVOB: ―Din va millatning hujjati‖
Burxoniddin Marg’inoniyning o’lmas merosi bo’lgan kitobning nomini ayting. JAVOB: 57 kitobdan iborat ―Hidoya‖ ya’ni ―To’g’ri yo’l‖
Bahouddin Naqshbandning hayotiy hikmatiga ta’rif bering. JAVOB:
―Diling Ollohda, qo’ling mehnatda bo’lsin‖
Muxammad Muso al Xorazmiy nomi bilan bog’liq kashfiyotlarni ayting. JAVOB: o’nlik sanoq sistemasi, algoritm va algebra tushunchalari.
Ahmad Farg’oniy qalamiga mansub asarning nomini ayting. JAVOB:
―Astronomiya asoslari‖
Oydagi kraterlarning ikkitasiga ikki buyuk vatandoshimiz nomi qo’yilgan. Ularni aniq ayting. JAVOB: Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek.
Qaysi asr ―Beruniy asri‖ degan nomni olgan? JAVOB: 11-asr
Meditsina so’zining lug’aviy ma’nosi. JAVOB: madadi Sino
Algoritm so’zining lug’aviy ma’nosi. JAVOB: Al Horazmiy
Maxmud Zamaxshariy tomonidan tsivilizatsiyaga qo’shgan hissasini ayting. JAVOB: arab tili grammatikasini ishlab chiqqan.
―Tajribamdan ko’rdimki, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshiroqdir.‖ Bu hikmatli gap kimga tegishli ekanligini yozing. JAVOB: Amir Temur.
Horijiy mamlakatlarning qaysi birida Ibn Sino xotirasiga haykal qo’yilgan? JAVOB: Belgiya
Litvada qaysi vatandosh allomamiz xotirasiga haykal qo’yilgan? JAVOB: Mirzo Ulug’bek.
Alisher Navoiyning xotirasiga qaysi shaharlarda haykal qo’yilgan? JAVOB: Moskva, Tokio va Boku
Ahmad Farg’oniyga qaysi shaharda haykal qo’yilgan? JAVOB: Misr poytaxti Qohira shahrida.