Guliston davlat universiteti «tasdiqlandi»


Fanning predmeti va mazmuni



Yüklə 204 Kb.
səhifə3/18
tarix14.12.2023
ölçüsü204 Kb.
#179945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
portal.guldu.uz-IShChI O’QUV DASTURI

Fanning predmeti va mazmuni: – talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishga yo’naltirilgan.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarni hozirgi kundagi globallashuv nazariyalarining mazmuni-mohiyati, asosiy yo’nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari – iqtisodiy ta’limotlardagi asosiy zamonaviy yo’nalishlar; iqtisodiyot nazariyasidagi globallashuv nazariyalari; hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining o’ziga xos xususiyatlari; O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishidagi kontseptsiya va strategiyasi kabi bilimlar bilan talabalarni qurollantirishdan iborat. Shuningdek, “Global iqtisodiy rivojlanish” fani fundamental fanlardan biri bo’lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.


Fanning o’kuv rejadagi boshka fanlar bilan o’zaro bogliqligi va uslubiy jihatdan uzviylngi
“Global iqtisodiy rivojlanish” fani o’quv rejaning ixtisoslik fanlar blokiga kiradi va 7-semestrda o’qitiladi.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u barcha noiqtisodiy bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ham o’qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar (Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot, Mintaqaviy iqtisodiyot, Statistika, Mehnat iqtisodiyoti, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Menejment, Marketing, Pul, kredit va banklar, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Moliya, Investitsiyalarni baholash, Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari, Valyuta munosabatlari nazariyasi, Iqtisodiy tsikllar nazariyasi, Iqtisodiy fanning zamonaviy yo’nalishi va kontseptsiyalari va h.k.)dan ham ozuqa oladi. U tadqiqot usullari bo’yicha boshqa ijtimoiy (Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasi, Falsafa (etika, estetika, mantiq), tarix, sotsiologiya, O’DJQNA) fanlar bilan ham mustahkam bog’liqdir.



Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin