Guliston davlat universiteti «tasdiqlandi»



Yüklə 204 Kb.
səhifə5/18
tarix14.12.2023
ölçüsü204 Kb.
#179945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
portal.guldu.uz-IShChI O’QUV DASTURI

Jami

52




52

90

204



ASOSIY QISM


Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni

Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari


“Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va uslublari. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi ob’ektlari va sub’ektlari. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari. Jahon iqtisodiyotni globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishini shart-sharoitlari: texnologik revolyutsiya; kapitalning kontsentartsiyalashuvi va markazlashuvi; xalqaro biznesning integratsiyalashuvi; jahon iqtisodiyotning erkinlashuvi; xalqaro moliya institutlarini faoliyat doirasining kengayishi; global muammolar tomomnidan havfning kuchayishi; milliy va xalqaro miqyosda siyosiy tizimlarni o’zgarishi. Globallashuv tushunchasning keng va tor ma’nodagi ta’rifi. Globallashuv tushunchalarini rivojlanish evolyutsiyasi. Globallashuv jarayoni va uning chuqurlashuv bosqichlari: - internatsionallashuv; – transnatsionallashuv; – globallashuv;. Globalashuvning turlari: siyosiy globallashuv; iqtisodiy globallashuv; moliyaviy globalizatsiya. Jahon iqtisodiyotini globallashuvini namoyon bo’lish shakllari. Globallashuv jarayonini iqtisodiy, siyosiy, texnik, erkinlashuv omillari. Jahon iqtisodiyotining globallashuvini ustivor yo’nalishlari. Jahon iqtisodiyotning globallashuvini darajalari: megadaraja; makrodaraja; mezodaraja; mikrodaraja. Jahon iqtisodiyotning globallashuvini ko’rsatkichlari. “Hozirgi zamon globallashuvi nazariyalari” fanini umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog’liqligi, fanning vazifalari.


[A2, 7-13; A24, 15-23; A25, 10]


Jahon iqtisodiyotni globallashuvi kontseptsiyalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari
Globallashuvga bag’ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Gilobalizatsiya nazariyalarining rivojlanish bosqichlari: 1950-1990 yillar (R. Robertson, M. Uoters, G. Ternborn, A. Zinovev, I. Vallerstayn, D. Meyer, N. Luman). 1990-2000 yillar (I. Vallerstayn, G. Ternbon, M. Archer, R. Robertson, M. Fezerstoun, A. Appadurai, B. Terner, A. Zinovev, N. S. Mironenko). 2000 yillardan hozirga qadar (M. Kastels, L.G. Grinin, R. Roberston). Globalizatsiya jarayonining rivojlanishi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar asosiy yo’nalishlari: giperglobal; skeptik va transformatsion. Giperglobal ilmiy yo’nalishni vakillari hisoblangan K.Omai, F. Fukuyama va R. Rayxni iqtisodiy qarashlari. Skeptik ilmiy maktab vakillari S. Xantington, P. Xirst, G. Tompson, S. Krasnerlarning iqtisodiy qarashlari. Transformatsion ilmiy maktab vakillari Dj. Rozenau, D. Xeld, A. Mak-Grularning ilmiy qarashlari. Rim klubi va globalizatsiya nazariyalarining rivojlanishi. Global iqtisodiy rivojlanishni ustuvor yo’nalishlari: “jahon tizimlari” nazariyasi (I. Vallerstayn); “umumjahon madaniyati” nazariyasi (R. Robertson); “umumjahon boshqaruvi” nazariyasi; “global kapitalizm” nazariyasi. “Vashington konsensus” yoki AQSh iqtisodchisi Dj. Vilyamson tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh etishni 10 tavsiyasi”: 1. Byudjet defitsitini minimallashtirish; 2. Korxonalarga beriladigan subsidiyalarni minimallashtirish; 3. Soliq bazasi keng, soliq stavkasi esa past bo’lishi kerak; 4. Protsent stavkalari ichki moliya bozorlari tomonidan belgilanishi kerak; 5. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi almashuv kursi eksportni rag’batlantirishi zarur; 6. Tashqi savdo tariflari minimal bo’lishi kerak; 7. Xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish siyosati qabul qilinishi kerak; 8. Xususiylashtirish har tomonlama rag’batlantirilishi lozim; 9. Davlat tomonidan tartibga solishni minimallashtirish; 10. Xususiy mulk huquqi kafolatlanishi va kuchaytirilishi zarur. Dj.Yu.Stiglitsni iqtisodiy qarashlari. “Transformatsion yo’nalish”i tarafdorlarini ilmiy qarashlari. XX asr boshlarida Jag’on iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari.
[A2, 64-100; A24, 270-284; A25, 15]



Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin