Guliston davlat universiteti


-mavzu. XX asrning ikkinchi yarmida terrorchi tashkilotlarning kuchayishi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə72/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

10-mavzu. XX asrning ikkinchi yarmida terrorchi tashkilotlarning kuchayishi
Reja:

1. Diniy ekstremizm va terrorizmning kelib chiqish sabablari.



2. XX asrda yuzaga kelgan diniy-siyosiy tashkilotlar va ularning ta’sirida shakllangan ekstremistik oqimlar.
1-savolning bayoni: XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubhasiz, diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, mazkur xatar shu qadar keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko‘pincha, unga e’tiborsiz hatto, loqayd bo‘lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu - nihoyatda achinarli hol, albatta.Xo‘sh, nega bunday bo‘lmoqda, degan savol tug‘iladi. Sababi – XIX asrning oxirlarida saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo‘lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o‘chog‘iga aylana boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodir etdilar. Natijada 3668 kishi halok bo‘lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan.

Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko‘rsatish mumkin; bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin jug‘rofly ko‘lamlar kasb etib bormoqda. AQSH Davlat departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan, kamida ikkita qo‘poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda. Ularning oldini olish esa har bir fuqaroning burchidir.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin