Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə73/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “o‘zgalar” va “o‘zgacha” qarash va g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo‘ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. YUqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o‘z nomini muqaddas islom dini bilan bog‘lashga urinadi. Ular o‘zlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar. “Islom” so‘zining lug‘aviy ma’nolaridan biri “tinchlik” bo‘lib, u hech qachon buzg‘unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzg‘unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o‘zlarining maslaklariga aylantirib olganlar.

Qur’oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: Kimda-kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. YAna unga Alloh g‘azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo‘ygay”. Hadislarda ham bu borada ko‘plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko‘ra, yorug‘ dunyoning barbod bo‘lib ketishi engilroqdir”, dedilar”. 

So‘ngi yillarga kelib turli mintaqalarda islom dinini o‘zlariga niqob qilib olgan manfur kimsalar va toifalar paydo bo‘ldi. Ular jamiyat o‘rtasida buzg‘unchilik, noxaq qon to‘kilishi kabi salbiy holatlarni avj olishiga, xalq tinchligi buzilib, ikki dunyo saodatiga, ezgulikga etaklovchi islom diniga zarar etkazib, musulmonlar orasida nizo chikarib, nifoq solishga harakat qilayotganlari jahon afkor ommasiga sir emas. Ular o‘zlarini “Islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa” deb eьlon qilgan holda begunoh musulmonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqdalar hamda qanchadan qancha yurtlarni vayron etmokdalar. Eng achinarlisi ular o‘zlarining buzg‘unchi harakatlarini asoslash uchun muqaddas Qurьoni karimni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘z maqsadlari yo‘lida dindan foydalanib, odamlarni yo‘ldan ozdirishga urinmoqdalar. Aslida dunyodagi asosiy dinlardan biri bo‘lgan  Islom dini mohiyat va eьtibori bilan adolat mezoni sifatida jaxon dinlari qatori katta ahamiyatga ega. Qurьoni karim va hadisi shariflarda kelgan ko‘rsatmalar ana shu adolatni bir jihatdan asoslovchi, yana bir jihatdan esa musulmonlarning eьtiqodini belgilovchi ilohiy manba xisoblanadi. Umuman olganda, islom dini axloqiy pok insonlarni shakllantirishda va tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan maьnaviy qadriyatdir. Albatta, etarli diniy va dunyoviy bilimi bo‘lmagan, miyasidan umuminsoniy qadriyatlar chiqarib tashlangan, ularning o‘rniga aqidaparastlik g‘oyalari kiritilgan “manqurt” insonlar maьnaviy qashshoq kishiga aylanib koladi.  Bunday kishilar asta sekinlik bilan bo‘lsada jamiyatda notinchlik, beqarorlikni keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Islom dini va terrorizm umuman bir biriga yot narsalar ekanini hamisha yodda tutaylik.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin