Empirik bilish. Empirik bilishga asoslangan bilish yo‘nalishi empirizm sanaladi. Bu yo‘nalish bilishning yagona manbayi sifatida jonli kuzatishni, sezgi a’zolari orqali olingan bilimni, tajribani e’tirof etadi. Bunday bilim mazmuni tajriba bergan malumotlarni tavsiflashni o‘z ichiga oladi. Demak, empirik bosqichda jonli kuzatish yetakchilik qiladi. Ratsional moment va uning shakllari (hukm, tushuncha va boshq.) ishtirok etadi, lekin jonli kuzatishga nisbatan orqa planda turadi. Unga ko‘makchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham o‘rganilayotgan obyekt jonli kuzatishga berilgan belgilari asosida talqin qilinadi. Faktlarni yig‘ish, ularni dastlabki umumlashtirish, kuzatish va eksperiment ma’lumotlarini tavsiflash, ularni tasniflash va boshqa faktlarga asoslangan faoliyat empirik bilishning asosiy xususiyatlari sanaladi.
Empirik tadqiqotlar bevosita (oraliq uzvlarsiz) obyektga yo‘naltiriladi. Bu obyektlarni qiyoslash, olchash, kuzatish, eksperiment, analiz, induksiya usullari asosida o‘zlashtiradi. Uning eng muhim elementi fakt sanaladi.
Har qanday ilmiy tadqiqot faktlarni to‘plash, sistemaga solish va ularni umumlashtirishdan boshlanadi. Fan taraqqiyotida faktlarning ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham V.I.Vernadskiy: «Ilmiy faktlar ilmiy bilim va ilmiy tadqiqotlarning bosh mazmunini tashkil qiladi. Ular asosida empirik umumlashmalar qilish, muayyan ilmiy faktlar sistemasini ajratish mumkin», - degan edi.
Faktlar ilmiy tadqiqot uchun asos bolib xizmat qilishiga qaramasdan, uning quliga aylanmaslik kerak. Har qanday fakt subyekt tomonidan konseptuallashtirilgan, muayyan nazariy tasawur bilan singdirilgan boladi. Shuning uchun malum miqdordagi faktlarni to‘plab, ularni muayyan konseptual sistemaga birlashtirish lozim boladi. Tadqiqotchi ko‘r-ko‘rona faktlarni izlamaydi. Faktlarni to‘plashda malum bir maqsaddan, vazifadan, g‘oyadan kelib chiqadi.
Shunday qilib, empirik tajriba hech qachon, ayniqsa, hozirgi zamon fanida ko‘r-ko‘rona bolmaydi. U nazariya bilan rejalashtiriladi. Shuning uchun faktlar doimo nazariy yukka ega boladi. Fanning boshlanishi, uning tayanch nuqtasi yalang‘och faktlar emas, balki nazariy sxemalar, borliqning konseptual sinchlari sanaladi. Ular abstrakt obyektlar (ideal konstruktlar), konseptual modellar va boshqalardan iborat boladi.
Uaytxed ilmiy bilish ikki qatlamning birlashuvidan iborat ekanligini talddlaydi: ulardan birinchisi konkret kuzatish yordamida olingan bevosita borliq faktlari, ikkinchisi ularning kontseptuallashtirilgan faktlaridan iborat. Birinchisini kuzatish qatlami, ikkinchisini konseptual qatlam tashkil qiladi. Birinchisi doimo ikkinchisidagi tushunchalar yordamida tavsiflanadi.
Ko‘rinadiki, nazariyadan ajralgan quruq faktlar ilmiy qimmatga ega bolmaydi. Faktlardan ajralgan nazariya ham bolishi mumkin emas. Ko‘p adabiyotlarda «metod» va «usul» atamalari bir xil ma’noda qollaniladi. Ayrim mualliflar esa usulni metod- ning tarkibiga kiruvchi qism sifatida tushunadilar. Bunday vaqtda metod bir qancha tadqiq usullaridan tashkil topgan murakkab bilish yo‘lini ifodalaydi. Darhaqiqat, har bir metod o‘z tadqiqot usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Empirik metod ham butunlik sifatida quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) eksperiment; 3) qiyoslash.
Tilshunoslikda empirik metodga asoslangan tilshunoslik tavsifiy tilshunoslik deyiladi. Tavsifiy tilshunoslikda har qanday tadqiqotning ibtidosi kuzatish sanaladi. Sezgi a’zolari orqali kuzatishga berilgan faktik materiallar yig‘iladi.
Kuzatish jarayonida o‘rganilayotgan obyektning faqat tashqi belgilari haqidagi bilimgagina emas, balki uning muhim xossalari va munosabatlari haqida ham bilimga ega bolamiz.
Empirik bilishda eksperimentning ham o‘rni beqiyosdir. O‘rganilayotgan obyektni muayyan sharoitda, malum vositalarni qo‘llagan holda, alohida ajratib tadqiq etishga e’tibor qaratiladi, Masalan, paxta navini yetkazish, uning tolasi sifatini aniqlash va h.k.
Lingvistik tadqiqotlarda ham bu usul katta ahamiyatga ega. Masalan, tovushlarning akustik-artikulatsion belgilarini kuzatish usulida aniqlash qiyin kechgan hollarda eksperimental usulga murojaat qilinadi.
Shuningdek, empirik bilishda qiyoslashning ham ahamiyati katta. Har qanday shaxs yangi o‘rganilayotgan obyektni oldin o‘rganilgan obyektga qiyoslaydi. Ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlami aniqlaydi. O‘rganilayotgan obyekt boshqalari bilan o‘xshash belgilari asosida muayyan sinflarga birlashtiradi, farqli belgilari asosida esa sinf tarkibida uning o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini belgilaydi.