Guliston davlat universiteti


Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi bordi-keldi. oldi-berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va ma’naviy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa. 2



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə9/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

1.Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi bordi-keldi. oldi-berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va ma’naviy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa.
2.Kishining voqelikka, voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashish prinsipi.
3.Muayyan tizimdagi elementlarning joylashish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha.
4.Biror ish, harakat, gap va kabilarga daxli bo‘lgan narsa, tegishli asos; bois, daxl. Bu ishga sizning gapingizning hech qanday munosabati yo‘q.
NISBAT [а.نصبت — munosabat, aloqa; qarindoshlik; o‘zaro bog‘lanish; miqdor]
1.Narsalarning bir-biriga qaraganda katta: kichikligi, oz-ko‘pligi va h.
2.Bir sonning ikkinchi songa qaraganda qiyosiy kattaligi, bir sonning ikkinchi songa bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘linma.
NISBATAN Boshqalariga qiyosan; qiyosan olganda.
munosabat – mavhum sistema elementlari orasidagi o‘xshashlik va farqlilik hamda aniq sistemalar elementlari orasidagi bog‘liqlik va uyg‘unlashuv
paradigmatik munosabat – paradigma a’zolari orasidagi birlashish (o‘xshashlik) va farqlanish(farqlilik) munosabati
sintagmatik munosabat – aniq sistema elementlari orasidagi moslashish, bog‘lanish va uyg‘unlashish munosabati
pog‘onali munosabat – sistema elementlari orasidagi o‘z ichiga olish munosabati
partonimik munosabat – butunning qismga, qismning butunga aloqadorlik munosabati
giponimik munosabat – jinsning turga, turning jinsga munosabati
totonim – tashkil etuvchi qismlarga munosabat nuqtai nazaridan butunlik
giperonim – turga kiruvchi jins
giponim – jinsni qamrab oluvchi tur
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1.[k, g, ng, q, g‘] sistemasida qanday munosabat mavjud?
2.[...ni ....ning ...dan ....di] gapidan nimani angladingiz? Bu ushbu sistemadagi munosabat evazigami yoki elementlar tufaylimi?
3.[Akam... o‘qish... hafta... bir... kech... bor...] sistemasidan nimani angladingiz? Bu munosabat evazigami yoki elementlar tufaylimi?
4.Sistemada munosabat hal qiluvchimi yoki elementlar?
5.Yo‘qolgan shaxmat donasi o‘rniga tugmani qo‘yib, o‘yinni davom ettirish mumkin. Bu nima evaziga?
6.Onamning kichik singlisi biznikiga keldi – Kichik xolam biznikiga keldi. Bu sistemalarda axborot nega saqlanib qoldi? Sabab munosabatga bog‘liqmi yoki elementga?

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin