Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə11/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

teng qiymatli ziddiyat – zidlanuvchi juft birlikning har birida ziddiyat belgisining bir qirrasi namoyon bo‘ladigan ziddiyat turi
muntazam ziddiyat – a’zolari bo‘linuvchi belgi asosida zidlanadigan ziddiyat turi
darajali ziddiyat – biror belgining oshib yoki kamayib borishiga asoslauvchi, a’zolari uchtadan kam bo‘lmagan ziddiyat turi
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
Tezkor savol-javoblar
1. Oppozitsiya terminini tilshunoslikka kim olib kirgan.
2. Bordur Navoiy bekase, ishq ichra andoqkim xase, chun o‘rtading oni base, Do‘zaxda kuydurma yano baytida shoir ajratilgan so‘zlar orasidagi qanday ziddiyatga ishora qilmoqda?
3. Kitob so‘zidagi b tovushida [b]~[p] fonemalari ziddiyati kuchayganmi yoki kuchsizlangan?
4. Qiz so‘zidagi z tovushida [z]~[s] ziddiyati saqlanganmi yoki so‘nganmi?
5. Ota, o‘zingizni tanishtiring. Ushbu gapda [ota]~[farzand] leksemalari orasidagi ziddiyat qay darajada?
6. Tasnifiy guruh va oddiy to‘da nimasi bilan farqlanadi?
7. Bir tasnifda ikki bo‘lishi mumkinmi?
8. Kishining kun tartibi tasnifga misol bo‘la oladimi? Izoh bering.
9. Guruh jurnalidagi ro‘yxat tasnif xususiyatiga egami? Nega?
10. Tartib va tasnif qanday farq va umumiyliklarga ega?
Mashq
1-topshiriq. Berilgan gapdagi unli va undosh tovushlarni ajratib, ular o‘zlari asos bo‘lgan fonemalarning lisoniy belgilarini qanday xususiylashtirganligini, ularga nimalar “qo‘shgan”ligini aniqlang. Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Laylo nomidan Sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom (Qod.).
2-topshiriq. Berilgan gapdagi qo‘shimchalarni ajratib, qaysi sistema mahsuli ekanligini, o‘zlari asos bo‘lgan morfemalarning lisoniy belgilarini qanday xususiylashtirganligini, ularga nimalar “qo‘shgan”ligini aniqlang. Odamlari sertakalluf, xushfe’l. Birovdan bir joyni so‘rasangiz, to‘rt kishi qo‘shilib javob beradi, biri tushuntirib qo‘ysa, biri boshlab borishga hozir (O.Yoqub.) .
3-topshiriq. Berilgan gapdagi so‘zlarni ajratib, qaysi sistema mahsuli va qanday leksema varianti ekanligini, bu leksema o‘zi bilan bir sistemaga kiruvchi boshqa leksemalar bilan qanday ziddiyatlarda bo‘lishini aniqlang. Navoiyning asarlari o‘zbek tilini shunday baland pog‘onaga ko‘tardiki, barcha shoirlarni o‘z ona tillarida, o‘z xalqi uchun adabiyot yaratishga chaqirdi va o‘zbek tilining boyliklarini nazariy jihatdan asosladi (H.Olim.).

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin