Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə1/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI


HOZIRGI O‘ZBEK TILI”


fani amaliy va seminar mashg’ulotlari
uchun metodik ishlanma

Mazkur metodik ishlanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 6-apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi.


Tuzuvchi: filol.f.n.dotsent. Pardayeva I.



Taqrizchilar: filol.f.d., prof. M.M.Qurbonova
pedagogika f. n. M.Sariboyeva

O‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Uslubiy kengashining 2017_ -yil “ 30 ” avgust agi 1 -sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.




1- AMALIY MASHG‘ULOT
ILMIY BILISHNING MA’RIFIY VA ZAMONAVIY FALSAFIY TALQINI
Ishdan maqsad: Ilmiy bilish bosqichlarini amalda qo’llash bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lish.
Har qanday fan asosida kishilarning olamni bevosita kuzatishi yotadi. Inson o‘zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalariga solishtiradi, farqli va o‘xshash belgilarini aniqlaydi, so‘ngra muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo bo‘ladi.
Fanning asosi bolgan bilish uzoq vaqtlardan buyon mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz ham bu sohada o‘zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar.
Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bolgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: «Olamda substansiya (javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va aksidensiyani yaratuvchi Marhamatli Ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir».
Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o‘zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir.
Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bolgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi.
Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko‘rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta’m – maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi. Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot o‘zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi.
Har qanday fan amaliy bilish ustiga qoyilgan nazariy bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning o‘rganish pred-meti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini takidlagan edi.
Falsafa insonning o‘z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid bolgan hodisa va voqealar haqida ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o‘zaro bogliqlikda va rivojlanishda o‘rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va tolaroq bilishdir. Falsafa markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi.
Insonning sezgi organlari yordamida hosil bolgan bilimi hissiy yoki amaliy bilish sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surishi, nutq yordamida ham bilimga ega bolishi mumkin. Bilishning bu yoli quvvayi notiqa va quvvayi mutahayyila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilaming) yetakchisidir.
Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko‘pincha aldab qoyishi mumkin. Masalan, Quyosh Yer atrofida aylanayotganday ko‘rinadi, aslida esa aksincha.
Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bolishiga asos bolgan orazlar (aksidensiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni - javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko‘tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uning malum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o‘xshash, u bilan bog‘liq bolgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi belgilanadi.
Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi.
Bundan ko‘rinadiki, hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o‘zaro munosabatini o‘rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu bilimga ega bolish har qanday fanning bosh maqsadidir. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrda barcha fan vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Jumladan, tilshunoslikda ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanishga ko‘ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka bo‘linadi.
Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi, fan inson bilish faoliyatining faqat bir qismini tashkil etadi. Inson o‘zini qurshab turgan obyektiv olamni doimo bilishga intiladi. Bilish diniy, afsonaviy, empirik va ratsional bolishi mumkin.
Kishilar dunyoning yaralishi, tabiat hodisalari, koinot va odamzot munosabati haqida fikr yuritganlar va ular haqida turli bilimga ega bolganlar, ezgulik va yovuzlik kuchlari haqida xilma-xil afsonalar paydo bolgan. Olamning diniy va afsonaviy manzarasini yaratganlar.
Ilmiy bilish dinamik jarayondir. U rivojlanuvchi bilimlar sistemasi sanaladi. Shunday ekan, u bilishning turli bosqichliligiga ega boladi. Olamning ilmiy manzarasini yaratishda, uni ilmiy bilishda o‘zaro uzviy bogliq, bir-birini taqozo qiluvchi ikki bosqich ajralib turadi: 1) empirik (amaliy) bosqich; 2) nazariy (ratsional) bosqich. Bilishning bu bosqichlari o‘zaro bog‘liq bolishi bilan birga, o‘ziga xos jihatlari bilan farq qiladi.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin