Guliston davlat universiteti



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə5/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

1-topshiriq. G‘azal baytlarining badiiy mazmunini lug‘atdan foydalanib sharhlang.
2-topshiriq. G‘azal baytlarining mazmunini “Haq – solik” munosabati asosida sharhlang.
3-topshiriq. G‘azal baytlarining mazmunini “UMIS – AHVO” munosabati asosida sharhlang.
4-topshiriq. G‘azal baytlarining mazmunini “Leksema – so‘z” munosabatiga tatbiq qiling.
5-topshiriq. HAQ va solik, oshiq va ma’shuqa, UMIS va AHVO, fonema va tovush juftliklari orasidagi umumiy, o‘xshash jihatlarni bayon qiling.
Adabiyotlar
1. Vohidov R., Ne’matov H., Mahmudov M. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. – Toshkent: Yozuvchi, 2001.
2. Navoiy A. Lisonut-tayr. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
3. Nasafiy Shayx Aziziddin. Zubdatu-l-haqoyiq // Tafakkur, 1995. -№ 3-4.
4. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
5. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
6. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
7. Философия. Наука. Методология. −М.: Наука, 1980.
2- AMALIY MASHG‘ULOT
TIL BIRLIKLARI. LISONIY PARADIGMA MAVHUM SISTEMA KO‘RINISHI SIFATIDA
Ishdan maqsad: Til birliklarini ajrata olish ko’nikmasini shakllantirish. Lisoniy paradigmani amalda qo’llay olish.
Fonema – nutqiy ko‘rinishi leksema va morfemalarni shakllantiradigan va ma’no farqlaydigan, faqat eshitilishi asosida mavjud bo‘lgan, eng kichik lisoniy birlik
Tovush – fonemaning nutqda ovozli xususiyat kasb etib, so‘z va qo‘shimchalar tarkibida kelgan varianti
Morfema – so‘z yasaydigan, so‘zlarning grammatik shakllarini vujudga keltirib, sintaktik qurilmalarni hosil qilishda qatnashadigan, ma’nosi so‘zlarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan, mustaqil holda ma’no bermaydigan nutqiy birliklarning lisoniy asosi
Qo‘shimcha – morfemaning nutqda reallashgan, so‘z yasash va grammatik vazifa bajaradigan ko‘rinishi

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin