Nazariy bilishning o‘ziga xosligi va uning shakllari. Ilmiy bilishning nazariy bosqichi ratsional jihatning ustuvorligi bilan xarakterlanadi. U tushunchalar, nazariyalar, qonunlar va boshqa tafakkur shakllari bilan ish ko‘radi. Shu bilan birga jonli kuzatish, hissiy bilish uning tarkibidan soqit qilinmaydi, balki u bilish jarayonida ikkinchi planga o‘tadi, ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Nazariy bilim amaliy bilim bergan ma’lumotlarni qayta ishlash, ular o‘rtasidagi ichki aloqa va munosabatlarni ochish, sezgi a’zolarimiz ta’siriga berilmaydigan mohiyatni aniqlash orqali qo‘lga kiritiladi.
Nazariy bilishning eng muhim vazifasi obyektiv haqiqatga erishishdir. Buning uchun mavhumlashtirish, ideallashtirish, sintez, deduksiya singari bilish vosita va usullari keng qollaniladi. Ilmiy bilish jarayonida mavhumlashtirish narsalaming bir qator xossalari va munosabatlaridan uzish, ideallashtirish esa sof fikriy predmetlarni yaratish, sintez analiz yordamida olingan elementlarni sistema tarkibiga birlashtirish, deduksiya bilish harakatining umumiydan xususiyga, mavhumlikdan konkretlikka qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi.
Nazariy bilishning xarakterli xususiyati uning o‘ziga qarab yo‘nalishi, ya’ni bilish jarayonining o‘zini uning shakllarini, usul va metodlarini, tushunchalar apparatini tadqiq qilish hisoblanadi. Bu orqali ilmiy izohlash va aniqlangan qonunlarga tayanib, ilmiy bashorat qilish, kelajakni oldindan ko‘rishga erishiladi.
Nazariy bosqichda tafakkur orqali aniq o‘z ifodasini topgan ratsional bilish yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham nazariy bilish bosqichida tafakkurning o‘rni beqiyosdir.
Inson tafakkuri nutq bilan uzviy aloqada maydonga keladi. Uning natijasi tilda belgilar sistemasi orqali o‘z ifodasini topadi.
M.Born ilmiy bilishda tafakkurning muhim o‘rni haqida fikr yuritar ekan, inson ongi tafakkur yordamida tabiat va tafakkur qonunlari o‘rtasidagi garmoniya natijasida tabiat sirlariga yo“l topishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Ilmiy bilishda o‘rganilayotgan obyektni mavhumlashtirishda tafakkur shakllari - tushuncha, hukm, xulosalarga tayaniladi.
Shuni takidlash kerakki, ratsional bilish hissiy bilish bilangina emas, balki hissiy bolmagan bilim bilan ham munosabatda bo‘ladi.
Bunday bilish shakllariga tasawur qilish, fantaziya, intuitsiyalar kiradi. Yuqoridagi shakllar ichida ilmiy bilishda intuitsiya alohida rol o‘ynaydi.
Muayyan mantiqiy hukmlarsiz, tayyorgarliksiz birdaniga, kutilmaganda ilmiy haqiqatga erishish intuitsiya sanaladi.
Intuitsiya tadqiqotchining chuqur mushohadasi asosida tayyorgarliksiz haqiqatga erishishdir. Intuitiv xulosalar tilshunoslikda ham tez-tez ko‘zga tashlanadi. Masalan, F.de Sossyurning Hind-Ovrupo tillaridagi ilk unlilar tizimi haqidagi fikri uning intuitsiyasi natijasi edi. Yoki Ayyub G‘ulomning kesimning gap strukturasidagi o‘rni haqidagi fikri ham ana shu intuitsiyaga bog‘lanadi.
Nazariy (ilmiy) bilish bilishning oliy shakli sifatida muayyan qismlar munosabatidan tashkil topgan sistema sanaladi. Demak, u muayyan ichki strukturaga ega. Uning muhim struktur komponentlari sifatida muammo, taxmin(gipoteza) va nazariyalarniajratish mumkin. Bu komponentlar nazariy bosqichdagi bilimning tayanch nuqtalari sanaladi.