Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar Tezkor savol-javoblar 1.Fonema belgiga boymi, nutq tovushi? Sababi nimada?
2.Birlik oyinida zotidir oning, lek mingdin ko‘p sifotidir oning (Navoiy) hukmini fonemaga tatbiq qilish mumkinmi yoki nutq tovushiga?
3.Ixtilofi juzv ila kull mundadur, Kim taraqqiy-u tanazzul mundadur (Navoiy) hukmida fonema va tovushga nisbat berish mumkin bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
4.Urg‘u nutqiy hodisami yoki lisoniy?
167
5.Fonetik jarayonlarni fonetika o‘rganadimi yoki fonologiya?
6.Imlo uchun fonetika asos qilib olinadimi yoki fonologiya?
Mashq 1. Ilmga mashg‘ul bo‘lsang, o‘zdiradi, amalga mag‘rur bo‘lsang, to‘zdiradi (Maqol). 2. Xudo har bir bandasiga mana bundo-oq yashang deb chiziq tortib, ko‘rsatib qo‘yibdi (H.Davr.). 3. Saroyning ichki bezaklarini ko‘rib bolalarga xos soddalik bilan zavqlanib ketdi (J.Lon.). 4.–O‘, Bo‘ri polvon, belbog‘ingni yaxshilab boyla, bo‘shab ketyapti! - Abil tentak, ehtiyot bo‘l-ov!(Т.Мур.) 5.U kishiga ixlos qo‘ymagan odam kamdan-kam edi. Ona tomondan ham juda haqqa yetishgan odamlarmiz(G‘.G‘ul.). 6.Bir lahza ko‘zlari olayib tikilib turdi-da, ko‘ksidan shamol g‘uvurini ham, o‘z vujudini ham larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi(O‘.Hosh.).
Topshiriqlar.1.Gaplarni o‘qib, ajratilgan birliklardagi fonema va tovushlarni aniqlang. 2.Mavjud fonemalar turli o‘rinlarda qo‘llangan so‘zlar tuzib, qatorni boyiting. 3.Fonema va tovushning xususiyatlarini alohida-alohida bayon qiling. 4.a) fonemalarni o‘zaro qiyoslang; b) tovushlarni o‘zaro qiyoslang. 5.a) fonemalardagi umumiylikni aniqlang; b) tovushlardagi umumiylikni aniqlang. 6.a) fonemalardagi farqlarni toping; b) tovushlardagi farqlarni toping. 7.a) fonemalarni tasniflang; b) tovushlarni tasniflang. 8. a) fonemalarning zotiy tabiatini bayon qiling; b) tovushlarning zotiy mohiyati haqida hukm chiqaring. 9. Fonemalararo va tovushlar o‘rtasidagi lisoniy ziddiyat va munosabatlarni toping. 10.Fonemalarni qo‘llab mashq va test tuzing.
Adabiyotlar 1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.
5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015.