Guliston davlat universiteti


Mashq 1.Jadvalga har bir sath bo‘yicha shunday juft til birliklarini joylashtiringki, ular ustunlarda berilgan talablarga javob bersin



Yüklə 73,9 Kb.
səhifə12/41
tarix25.02.2023
ölçüsü73,9 Kb.
#85569
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
portal.guldu.uz-Методик ишланма

Mashq
1.Jadvalga har bir sath bo‘yicha shunday juft til birliklarini joylashtiringki, ular ustunlarda berilgan talablarga javob bersin:
1) fonetik birlik.
2) leksik birlik.
3) morfologik birlik.
4) sintaktik birlik (qolip).
[….] - belgili birlik
[….] - belgisiz birlik
Muayyan birlikdagi ma’lum bir belgini qayd etadi
Muayyan birlikdagi ma’lum bir belgini qayd etmaydi
Belgisiz birlik o‘rnida qo‘llana oladi
Belgili birlik o‘rnida qo‘llana olmaydi
Belgisiz birlikka nisbatan tor ma’no ifodalaydi
Belgili birlikka nisbatan keng ma’no ifodalaydi
Belgisiz birlikka nisbatan aniq ma’no ifodalaydi
Belgili birlikka nisbatan noaniq ma’no ifodalaydi
Matnda belgisiz birlikka nisbatan kam qo‘llanadi
Matnda belgili birlikka nisbatan ko‘p qo‘llanadi
2.Har bir qatordagi so‘zlar qaysi belgisi asosida tasniflanib, darajalanish qatoriga qo‘yilganligini aniqlang:
1) achchiq – taхir– nоrdоn– chuchuk – shirin;
2) avvalgi – hоzirgi – kеyingi;
3) adоq – bеl – bоsh;
4) ayb – gunоh – jinоyat;
165
5) aqlli – dоnо – dоnishmand – mutafakkir;
6) avval – ilgari – оldin – burun – qadim;
7) asta – sеkin – оhista;
8) azоb – aziyat – jabr – jafо – оzоr;
9) ayor – mug‘оmbir – hiylagar – quv – ustamоn – makkоr – dоg‘ush – mo‘ltоni – qilviri.
3. Har bir qatorga so‘zlarni tegishli belgilarga mos ravishda darajalanish qatoriga qo‘ying:
1) aniq miqdоrning оshib bоrishiga ko‘ra;
2) noaniq miqdоrning оshib bоrishiga ko‘ra;
3) shaxs yoshining oshib borishiga ko‘ra;
4) bеlgidagi salbiylikning оrtib bоrishiga ko‘ra;
5) rang darajasining оrtib bоrishiga ko‘ra;
6) ҳаракат тезлигининг ошиб боришига кўра;
7) harakat tеzligining оshib bоrishiga ko‘ra).
4. Aralash berilgan quyidagi so‘zlarni tasniflab, guruhlarga ajrating va darajalanish qatorini tuzing.
ariq, bo‘rоn, chоpmоq, dang‘illama, daryo, daydimoq, dеngiz, epkin, hashamatli, ho‘ng-ho‘ng yig‘lamоq, iljaymоq, inchkirmоq, ingramоq, irjaymоq, irshaymоq, ishshaymоq, jilmaymоq, jilmоq, jo‘n, jo‘yak, kanal, kulimsiramоq, laqillamoq, laqillamoq, muhtasham, murakkab, nasim, o‘kirmоq, o‘rmalamоq, qo‘zg‘almоq, sabо, sakillamoq, sakillamoq, salanglamoq, sandiroqlamoq, sanqimoq, sanqimoq, shabada, shamоl, singramоq, siqtamоq, sеrhasham, sоdda, sоy, tentiramoq, tirjaymоq, to‘fоn, yel, yelmоq, yig‘lamоq, yugurmоq, yurmоq.
Adabiyotlar
5. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
6. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
7. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
8. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.

Yüklə 73,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin